Kontent qismiga oʻtish

Tantalit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tantalit — murakkab oksidlar guruhiga mansub mineral; kolumbittantalit izomorf qatorining chekka aʼzosi (qarang Kolumbit). Kimyoviy tarkibi (Gʻe, Mp) (Ta, Nb)2O6. T.da tantal (�) 1CHdan koʻp boʻladi. Turlari: ferrotantalit (GʻeO:MpO>3:1, GʻeOning miqdori 14%gacha); manganotantalit (MnO:FeO>3:1, MpOning miqdori 14%gacha); Sa, Mg, Sn, Ti, kam hollarda W, U, Th va boshqa izomorf aralashmalar holida boʻladi. Rombik sistemada kristallanadi; kolumbitning struktura tipi. Kristallari ignasimon. Rangi qora, kulrang, qoʻngʻir, qizgʻishjigarrang. Shaffof emas yoki yarim shaffof. Yarim metallsimon yaltiraydi. Sinonimi — ildefonsit, qattiq tantal rudasi. Kolumbittantalit qatorida Ta2O5 miqdori ortishi bilan qonunga binoan fizik xususiyatlari oʻzgarib boradi. T.ning qattiqligi 6,5—7 va zichligi 6,2—8,2 g/sm³. Moʻrt. T. kolumbitdan spektrning infraqizil oblastidagi optik konstanta bilan farq qiladi. Genetik jihatdan granitlar, pegmatitlar (kamyob metalli, muskovitli, kvarsdala shpatli va boshqalar), karbonatitlar va ishqorli togʻ jinslari bilan bogʻliq; pegmatitlarda T. albit, lepidolit, berill va boshqalar bilan assotsiatsiyada boʻlib, kolumbitga nisbatan kechki bosqichda kristallanadi. T. asosiy massasining hosil boʻlishi albitizatsiya, manganotantalitniki — lepidolizatsiya jarayoni bilan bogʻliq. T. nurashga chidamli, faqat ellyuvial, kamroq allyuvial sochmalarda toʻplanadi va asosan shu yerning oʻzida qazib olinadi. T. tantalning asosiy rudali minerali (qarang Tantal rudalari). T.ning xorijdagi asosiy konlari Kanada, Braziliya, Gʻarbiy Avstraliya, Mozambik, Sharqiy Qozogʻiston va Uralda maʼlum. Oʻzbekistonda Markaziy Qizilqumning pegmatit tomirlarida (1931), Gʻarbiy Oʻzbekistonning ChatqolQurama regioni granitoidlarida va Choqadambuloqning pegmatitlarida kolumbittantalit minerallari uchraydi.