Suxe-bator
Qiyofa
Suxe-bator — Mongoliyaning shim. qismidagi shahar. Selenga aymogʻining maʼmuriy markazi. Aholisi 22,9 ming kishi (1999). Transmongoliya temir yoʻl magistrali boʻyidagi savdotransport tuguni, Orxon daryosini Selenga daryosiga kuyilish joyidagi pristan. Yogʻochsozlik kombinati, gugurt fabrikasi, qogʻoz, oziqovkat korxonalari, issiqlik elektr st-yasi bor. Shaharga 1940-yilda asos solingan va Mongoliyaning siyosiy va davlat arbobi Suxe-Bator nomi bilan atalgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |