Surabaya
Qiyofa
Surabaya — Indoneziyadagi shahar. Sharqiy Yava provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 2,7 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni (Madura orolga parom qatnaydi). KaliMac daryosi quyilish yeridagi port. Mashinasozlik (kemasozlik, tayyor qismlardan avtomobil yigʻish, elektrotexnika), neft kimyosi, oynashisha, sement, yengil sanoat korxonalari bor. Badiiy buyumlar ("batik" matosi toʻqish, yogʻoch oʻymakorligi va boshqalar) tayyorlanadi. universitet, muzey bor.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |