Kontent qismiga oʻtish

Su-27

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Su-27
Qiruvchi
Milliy kelib chiqishi SSSR
Birinchi parvoz 20-May 1977-yil
Xizmatga kirish 22-Iyun 1985-yil
Ishlab chiqarish yillari 1982-2010
Ishlab chiqarishdan birliklar 680[1]

Su-27 — „Suxoy“ konstruktorlik byurosi tomonidan ishlab chiqilgan va havo ustunligiga erishish uchun moʻljallangan toʻrtinchi avlod Sovet va Rossiyaning har qanday ob-havoga chidamli tovushdan tez, qiruvchi samolyoti[2]. Samolyot yerdagi nishonlarga raketa va bomba zarbalari berish uchun ham ishlatiladi. Prototipning birinchi parvozi 1977-yilda amalga oshirilgan. 1982-yilda samolyotlar aviatsiya boʻlinmalariga kela boshladi, ularning ekspluatatsiyasi 1985-yilda boshlandi, ular 1990-yil 23-avgustda foydalanishga topshirildi. Su-27 Rossiya Harbiy-havo kuchlarining asosiy samolyotlaridan biri boʻlib, uning modifikatsiyalari MDH mamlakatlari, Hindiston, Xitoy va boshqa mamlakatlarda xizmat qiladi.

Yaratilish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1960-yillarning oxirida bir qator mamlakatlarda istiqbolli 4-avlod qiruvchilarini ishlab chiqish boshlandi. 1972-yilda Suxoy, Yakovlev va Mikoyan „firmalari“ vakillari bilan ikkita ilmiy-texnik kengash oʻtkazildi, natijada Yak-45 va Yak-47 loyihalari tanlovdan chiqib ketdi. MIG konstruktorlik byurosi rahbariyati PFI dasturini boʻlish va ikkita parallel qiruvchini yaratish taklifi bilan chiqdi – ogʻir va engil, jihozlarni maksimal darajada birlashtirish bilan, bu ishlab chiqarish tannarxini kamaytiradi. Mamlakatning har biri oʻz vazifalariga yoʻnaltirilgan ikki turdagi samolyotlar parkiga ega boʻlishi kerak degan hulosaga kelinadi.

Armiya safiga qoʻshilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Su-27 1990-yil 23-avgustdagi hukumat qarori bilan rasman qurolli qoʻshinlar safiga kiritilgan, oʻshanda sinovlarda aniqlangan barcha asosiy kamchiliklar bartaraf etilgan. Bu davrgacha 1985-yildan beri Su-27 ekspluatatsiya davrini boshdan kechirgan. Havo kuchlari tomonidan qabul qilinganida, samolyot Su-27S, havo mudofaasi aviatsiyasida Su-27P nomini oladi. Ikkinchisi bortda jihozlarning biroz soddalashtirilgan tarkibiga ega edi va uni zarba beruvchi vosita sifatida ishlatish mumkin emas edi.

  1. Russia Air Force Handbook, World Strategic and Business Information Library. Washington, D.C.: International Business Publications USA, 2009 — 167-bet. ISBN 978-1-4387-4019-5. 
  2. Сергей Птичкин. «Пятёрка» авансом // Российская газета : № 23 (5102) от 4 февраля 2010. — Пермь, 2010. — С. 5. Архивировано 3 iyul 2020 года.