Kontent qismiga oʻtish

Standart

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Standart (ing. standard — meʼyor, namuna, oʻlcham) — keng maʼnoda — boshqa obʼyektlarni taqqoslash uchun dastlabki obʼyekt deb qabul qilingan namuna, etalon, model; standartlanadigan obʼyektga qoʻyiladigan va vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan meʼyorlar, qoidalar, talablarni belgilovchi meʼyoriytexnik hujjat. S. inson faoliyatining barcha sohalari: fan, texnika, sanoat, qishloq xoʻjaligi., ishlab chiqarish, qurilish, transport va boshqa ga taalluqli. Koʻllanish sohasiga qarab, davlat standarti (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi), tarmoq standartlari (tarmoklar vazirliklari tasdiqlaydi), korxona va birlashmalar standartlari (korxonalar va birlashmalar boshqaruvi tasdiqlaydi) kabi turlarga boʻlinadi. Xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlari boʻyicha respublika, viloyatlar va boshqa ga qarashli korxona, tashkilot va muassasalar uchun S.larni qoʻllash majburiy. Vazifasiga qarab, S. quyidagi turlarga boʻlinadi: umumtexnik va tashkiliymetodik qoida hamda meʼyorlar; mahsulotga qoʻyiladigan umumiy talablar, koʻrsatkichlar, sifat meʼyorlari, ekspluatatsion xossasi va texnik tafsiloti, tarmoklararo ishlatiladigan bir jinsli mahsulotlar guruxini nazorat qilish usuli; fizik kattalik birliklari va boshqa Bularni qoʻllash natijasida mahsulotlarning sifati oshadi, detallarni birxillashtirish va oʻzaro almashuvchanlik darajasini oshirishga imkon tugʻiladi, i. ch. jarayonlarini avtomatlashtirish osonlashadi, mahsulotlardan foydalanish va ularni taʼmirlash samaradorligi oshadi, mahsulot qaysi korxonada ishlab chiqarilganligidan qatʼiy nazar istalgan joyda ishlataveriladi va boshqa Oʻzbekistonda S.lar Oʻzbekiston Respublikasi "Uzstandart" agentligi (Respublika metrologiya xizmatlari koʻrsatish agentligi) tomonidan belgilanadi.