Kontent qismiga oʻtish

Sotsializm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sotsializm (lotincha: socialis — „ijtimoiy“) — xususiy mulkni ijtimoiy mulkka aylantirish orqali erkinlik va tenglik, baxt va farovonlikka erishish mumkin deb hisoblovchi taʼlimot. Sotsializm tarafdorlari ana shu yoʻl bilan qurilgan ijtimoiy tuzumni mukammal jamiyat deb hisoblaydilar...

Sotsializm bir qator iqtisodiy va ijtimoiy tizimlarni o'z ichiga olgan siyosiy falsafiy harakat bo'lib xususiy mulkdan farqli ravishda ishlab chiqarish vositalariga ijtimoiy mulkchilik bilan tavsiflanadi.U atama sifatida bunday tizimlarni amalga oshirish bilan bog'liq iqtisodiy , siyosiy va ijtimoiy nazariyalar va harakatlarni tavsiflaydi. Sotsializmning har xil turlari bozorlar va resurslarni taqsimlashda rejalashtirishning roli, tashkilotlardagi boshqaruv tuzilmasi va pastdan yoki yuqoridan yondashuvlarga qarab farqlanadi, ba'zi sotsialistlar partiya, davlat yoki texnokratik partiyani yo'qlaydi.

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Sotsializm“ atamasi Fransiyada XIX asrning 30-yillarida isteʼmolga kirgan.

Lekin ijtimoiy adolat jamiyati bilan bogʻliq tasavvurlar „oltin asr“ toʻgʻrisidagi qadimiy gʻoyalarga borib taqaladi. Bu gʻoyalarning asoschisi Platon hisoblanadi. U „Siyosat“, „Davlat“, „Qonunlar“ kabi asarlarida mohiyatan sotsializmga oʻxshash jamiyat toʻgʻrisidagi fikrlarni bayon etgan. Uning ijtimoiylik loyihasini oʻrgangan Aristotel oʻsha vaqtdayoq xususiy mulkchilikni yoʻqotishga asoslangan jamiyat taraqqiyot yoʻlining oxiri halokatli ekanligini taʼkidlagan. Umumiy tenglik, „oltin asr“ borasidagi gʻoyalar keyinchalik utopik (xayoliy) sotsializmning turlicha koʻrinishlarida oʻz ifodasini topdi.

K. Marks va F. Engels ishlab chiqqan ilmiy sotsializm deb atalmish nazariyaga koʻra, sotsializm kommunizmning quyi fazasi hisoblanadi. Sotsializmga ikki xil yoʻl bilan erishish mumkin deb qarovchilar boʻlgan. Masalan, T. Mor, T. Kampanella, G. Mabli, Morelli, N. Chernishevskiy, A. Bebel va boshqalar uni tinch yoʻl bilan amalga oshirish tarafdori boʻlgan. G. Babyof, M. Bakunin, K. Marks, Parij kommunarlari, V. Lenin va boshqalar qurolli qoʻzgʻolon yoʻlini ilgari surishgan.

Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

XX asrning 20-yillarining oxiri — 30-yillarining boshida SSRIda, Ikkinchi jahon urushidan keyin esa boshqa mamlakatlar (jahon sotsialistik tizimi)da ham totalitar tuzumning qaror topishi tufayli sotsializm toʻgʻrisidagi tasavvurlar dunyoning muayyan qismida yoyildi. Davlat mulkining monopoliyasi, direktivali markazlashgan rejalashtirish, shuningdek, qonunsizlikni, oʻzgacha fikrlovchilarga toqatsizlikni kuchaytirgan yuqori qatlamning diktaturasi sotsialistik (real sotsialistik, yetuk, rivojlangan sotsializm) deb atalgan bunday tuzumga xos belgilar edi. Totalitar rejimning hukmronligi iqtisodiy, siyosiy va maʼnaviy boʻhronga, dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan orqada qolib ketishga, jahon sivilizatsiyasidan ayri holda yashashga olib keldi. Oʻzbekiston ham shunday jarayondan chetda qolmadi. Bu yerda ham dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar, erkin kasb egalari tugata borildi. Zoʻrlik asosiga qurilgan quloq qilish (quloqlashtirish?), jamoalashtirish siyosati, boshqa koʻrinishdagi qatagʻonlarni sotsializm qurish yoʻlidagi qonuniy jarayon sifatida asoslashga urinildi. Ayrim mamlakatlarga, jumladan, Oʻzbekistonga nisbatan „kapitalizmni chetlab sotsializmga oʻtish“ mumkinligi toʻgʻrisidagi soxta taʼlimot ham oʻylab topildi.

XX asrning 80-yillari oxiri — 90-yillari boshida SSSRda va boshqa mamlakatlarda boshlangan oʻzgarishlar bozor iqtisodiyotiga va demokratik jamiyatga oʻtishga qaratildi. Mustaqillik jamiyat aʼzolari uchun yagona ijtimoiy mulkchilikni qaror toptirish yoʻlidagi barcha urinishlarga barham berdi.

Yoʻnalishlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sotsializm tushunchasining paydo boʻlishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Sotsializm“ atamasi Fransiyada XIX asrning 30-yillarida isteʼmolga kirgan.Lekin ijtimoiy adolat jamiyati bilan bogʻliq tasavvurlar „oltin asr“ toʻgʻrisidagi qadimiy gʻoyalarga borib taqaladi. Bu gʻoyalarning asoschisi Platon hisoblanadi. U „Siyosat“, „Davlat“, „Qonunlar“ kabi asarlarida mohiyatan sotsializmga oʻxshash jamiyat toʻgʻrisidagi fikrlarni bayon etgan. Uning ijtimoiylik loyihasini oʻrgangan Aristotel oʻsha vaqtdayoq xususiy mulkchilikni yoʻqotishga asoslangan jamiyat taraqqiyot yoʻlining oxiri halokatli ekanligini taʼkidlagan. Umumiy tenglik, „oltin asr“ borasidagi gʻoyalar keyinchalik utopik (xayoliy) sotsializmning turlicha koʻrinishlarida oʻz ifodasini topdi. K. Marks va F. Engels ishlab chiqqan ilmiy sotsializm deb atalmish nazariyaga koʻra, sotsializm kommunizmning quyi fazasi hisoblanadi. Sotsializmga ikki xil yoʻl bilan erishish mumkin deb qarovchilar boʻlgan. Masalan, T. Mor, T. Kampanella, G. Mabli, Morelli, N. Chernishevskiy, A. Bebel va boshqalar uni tinch yoʻl bilan amalga oshirish tarafdori boʻlgan. G. Babyof, M. Bakunin, K. Marks, Parij kommunarlari, V. Lenin va boshqalar qurolli qoʻzgʻolon yoʻlini ilgari surishgan. XX asrning 20-yillarining oxiri — 30-yillarining boshida SSRIda, Ikkinchi jahon urushidan keyin esa boshqa mamlakatlar (jahon sotsialistik tizimi)da ham totalitar tuzumning qaror topishi tufayli sotsializm toʻgʻrisidagi tasavvurlar dunyoning muayyan qismida yoyildi. Davlat mulkining monopoliyasi, direktivali markazlashgan rejalashtirish, shuningdek, qonunsizlikni, oʻzgacha fikrlovchilarga toqatsizlikni kuchaytirgan yuqori qatlamning diktaturasi sotsialistik (real sotsialistik, yetuk, rivojlangan sotsializm) deb atalgan bunday tuzumga xos belgilar edi. Totalitar rejimning hukmronligi iqtisodiy, siyosiy va maʼnaviy boʻhronga, dunyoning rivojlangan mamlakatlaridan orqada qolib ketishga, jahon sivilizatsiyasidan ayri holda yashashga olib keldi. Oʻzbekiston ham shunday jarayondan chetda qolmadi. Bu yerda ham dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar, erkin kasb egalari tugata borildi. Zoʻrlik asosiga qurilgan quloq qilish (quloqlashtirish?), jamoalashtirish siyosati, boshqa koʻrinishdagi qatagʻonlarni sotsializm qurish yoʻlidagi qonuniy jarayon sifatida asoslashga urinildi. Ayrim mamlakatlarga, jumladan, Oʻzbekistonga nisbatan „kapitalizmni chetlab sotsializmga oʻtish“ mumkinligi toʻgʻrisidagi soxta taʼlimot ham oʻylab topildi. XX asrning 80-yillari oxiri — 90-yillari boshida SSSRda va boshqa mamlakatlarda boshlangan oʻzgarishlar bozor iqtisodiyotiga va demokratik jamiyatga oʻtishga qaratildi. Mustaqillik jamiyat aʼzolari uchun yagona ijtimoiy mulkchilikni qaror toptirish yoʻlidagi barcha urinishlarga barham berdi. XX asrning oxirida yuz bergan buyuk voqea sifatida tarixga kirgan sotsializm sistemasining yemirilishi shubhasiz tarixchilarning diqqat markazida turishi tabiiydir. Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropadagi sotsialistik davlatlarda shuningdek, SSSRda yuz bergan oʻzgarishlar jarayonining kelib chiqish sabablari va oqibatlarini chuqur oʻrganish hamda tegishli xulosalar chiqarish, amalga oshirilayotgan islohotchilik harakatlarini qiyosiy ravishda tahlil qilish nihoyatda ahamiyatlidir.

Aftidan 1989-yil 1848-yilga oʻxshab tarixda ramziy yil boʻlib qoldi. Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropa koʻz oʻngimizda oʻzgarib ketdi, ommaning kuchli harakatlari natijasida avtoritar tuzumlar quladi, kommunistik partiyalarning yakka hukmronligiga chek qoʻyildi. Baʼzan fojiali va oldindan aytib boʻlmaydigan voqealar sodir boʻldi. Shuni ham aytib oʻtish kerakki, sobiq sovet kishilarining aksariyati uchun voqealarning bunday burilish olishi kutilmagan hol boʻldi va deyarli esankiratuvchi taʼsir koʻrsatdi. Buni shunday tushuntirsa boʻladi: Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropa davlatlarida va SSSRda keyingi yillarda yuz bergan real ichki jarayonlar, aytish mumkin, Vengriya va Polshani istisno qilganda, ular oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar va hamkorlikning murakkab muammolari sovet ommaviy axborot vositalarida aynan mushohada qilinmadi hamda yoritilmadi. Ular oʻtmishning ayanchli anʼanalariga mahliyo boʻlib, odatda bu mamlakatlardagi ishlarning haqiqiy ahvolini ancha boʻyab tasvirladilar, bunda yaqinda hokimiyatdan chetlashtirilgan doiralarning rasmiy nuqtai nazarini ifodaladilar. Shu bilan bir vaqtda u yerda sotsial keskinlik kuchaya bordi, oxiri 1989-yili oxirida boʻronga aylandi va totalitar hamda avtoritar boshqaruv rejimlariga chek qoʻyildi. Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropadagi, shuningdek, SSSRdagi muhim oʻzgarishlar jarayoni kontinentdagi muqitni tubdan oʻzgartirib yubordi. Sovuq munosabatlar urushiga chek qoʻyilib, /arb bilan Sharq oʻrtasida ishonch ruhi vujudga keldi, German davlatlarining birlashish jarayonini tezlashtirdi, mustaqil davlatlarning tashkil topishiga zamin tayyorladi. Avvalo shuni aytib oʻtish kerakki, sobiq sotsialistik mamlakatlardagi oʻzgarishlar jarayoni jamiyatdagi inqirozlar oqibatida, xalqlarning uzoq yillar davomida yetilib kelgan pinhoniy noroziliklari natijasida yuzaga keldi. Demak, 40-yillar oxirida „sotsialistik“ inqiloblar gʻalaba qilgan va forma jihatidan sotsialistik tuzum oʻrnatilgan davlatlarda ommaning antiavtoritar va antitotalitar chiqishlari bu tizimning taqidirini hal qildi. Bunday oʻzgarishlar Ruminiyadan tashqari boshqa sotsialistik davlatlarda qon toʻkishlarsiz amalga oshirildi. Demak, sotsialistik davlatlardagi oʻzgarishlar jarayoni birdaniga yuzaga kelgan yoʻq, buning boshlanishini oldingi 10 yilliklardan izlamoq kerak. Bu haqda mutaxassislarning bir necha marta bahslari va munozarali tortishuvlari boʻlib oʻtganligini eslash joizdir. Unda sotsialistik davlatlarda yuz berayotgan va yetilib kelayotgan krizisli jarayonlar muhokama qilingandi, undan qutulish yoʻllari qidirilgandi. Biroq olimlarning fikrlari maʼmuriy-buyruqbozlik apparati rahbarlari tomonidan inobatga olinmadi. Natijada 1989-yilning oxiridagi voqealarning shiddatli kechishi GDR, Ruminiya, Bolgariya, Chexoslovakiya, Polsha va Vengriyada mavjud boʻlgan sotsialistik tuzumni ostin-ustun qilib tashladi. Bu voqealar ushbu davlatlarda siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy krizislarning yuqori choʻqqisiga chiqqanligining oqibati boʻldi. Yana shuni taʼkidlash lozimki, ushbu jarayonlar yuz berishining asosiy sababi, 2-chi jahon urushidan keyingi yillarda asosan, 1947-48 yillarda sotsializm qurish sovetcha modelining ushbu davlatlarga aynan koʻchirilishi oqibatida boʻldi. Jamiyatni boshqarishning Stalincha maʼmuriy-buyruqbozlik usulining mahalliy va milliy xususiyatlarni hisobga olmay Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropadagi sotsialistik davlatlar hayotiga aynan koʻchirilishi notoʻgʻri ekanligini hayotning oʻzi koʻrsatdi. Toʻgʻri oʻsha paytda sotsializm qurishning sovetcha modelidan boshqa yoʻl yoʻq edi, bu yoʻl yagona, toʻgʻri yoʻl deb qabul qildirilgandi. Biroq, ushbu sovetcha yoʻlni qabul qildirishda xalqlarning koʻp ming yillik milliy anʼanalari, urf-odatlari va qadriyatlari, mahalliy sharoitlari va milliy xususiyatlari, diniy eʼtiqodi va chegaralari hisobga olinmadi.

Yevropada sotsializm yoʻliga oʻtgan davlatlarda mavjud sovet modelini koʻp partiyaviylik asosida milliy va mahalliy xususiyatlarga qarab oʻzgartirishga urinishlar darhol bugʻib tashlandi. Sovet modelidan boʻyin tovlash, yoki siyosiy va iqtisodiy reformalar qilishga boʻlgan har qanday urinishlar darrov davlatlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklarning kelib chiqishiga sabab boʻlardi. Masalan, 1948-yilgi Yugoslaviya bilan kelishmovchilik shunday kelib chiqqan edi. Oʻsha vaqtda deyarlik barcha kompartiyalar VKP (b) yoʻlini maʼqullab Yugoslaviya kompartiyasi faoliyatini dastlab, burjuacha millatchilikka burilishda, soʻngra fashizm tomon burilishda va keyinchalik toʻgʻridan-toʻgʻri Yugoslaviya xalqining milliy manfaatlariga xoinlik qilishda aybladilar.

Sotsialistik lager davlatlarining paydo poʻlishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1948-yil iyunida boʻlgan Kominformbyuro rezolyutsiyasida, xususan „Yugoslaviya kompartiyasidagi ahvolga doir“ degan xujjatda va 1949-yil noyabrda qabul qilingan „Yugoslaviya kompartiyasi qotillar va josuslar hokimiyati tepasida“ degan xujjatda oʻz aksini topdi.Jamiyatga begona boʻlgan modelning tiqishtirilishi, xalqlarning va mamlakatlarning tarixiy, milliy xususiyatlarini hisobga olmasak, uni oʻtmish qadriyatlari va anʼanalaridan, Yevropa va dunyo mamlakatlari bilan yuritib kelgan koʻp asrlik aloqalaridan ajratib qoʻyish siyosatidan noroziliklar Yugoslaviyadan tashqari boshqa mamlakatlarda ham sotsializm qurishning dastlabki yillaridanoq boshlangan edi. Maʼqul boʻlmagan sovetcha modeldan voz kechish yoki uni isloh qilish uchun boʻlgan urinishlarni biz 1953-yil Berlinda, 1956-yil Polsha va Vengriyada, 1968-yil Chexoslovakiyada, 1980-81 yillarda Polshada yuz bergan voqealar bilan izohlaymiz. Afsuski, bunday harakatlar turli xil yoʻllar bilan, jumladan: kuch ishlatish yoʻli bilan, SSSRning „harbiy yordami“ bilan mamlakat rahbarlarini almashtirish yoʻli bilan va „revizionizmga“ qarshi juda qattiq kurash olib borish yoʻli bilan bostirilardi. Markazga boʻysunishni susaytirmaslik, imperializmga qarshi kurashda sotsializm blokining birligini saqlab qolish, yagona mafkuraviy frontning birligi uchun kurash olib borish siyosati xalqlarning va davlatlarning tarixiy va milliy qiziqishlaridan ustun qoʻyildi. Masalan: Varshava Shartnomasi Mudofaa Tashkiloti aʼzolaridan 5 davlatning (SSSR, GDR, Vengriya, Polsha, Bolgariya) kollektiv „internatsional“ aktga birlashgan holda 1968-yil bahorida Chexoslovakiya davlati hududiga oʻz qoʻshinlarini kiritishlari mavjud tizimda boshlangan inqirozning oldini olib qolish uchun va kuch ishlatish yoʻli bilan jahon sotsializm sistemasining oʻzini ham saqlab qolishga boʻlgan urinish edi. Kommunistik harakatning zarbdor kuchlari va rahbarlari bunday holatning kelib chiqish sabablarini bilar edilar. Shuning uchun ham harbiy Yevropa davlatlari kompartiyalarining faol aʼzolari orasida munozarali diskussiyalar ham boʻldi, Yevropaning oʻz xususiyatlarini hisobga olib, ish yuritish tarafdorlari boʻlgan „Yevrokommunizm“ oqimi ham vujudga keldi. Biroq, 1969-yilgi Kommunistik va ishchi partiyalari vakillarining Xalqaro kengashidan keyin bunday holatlar aniq koʻrina boshlagan boʻlsa ham, masalani kollektiv boʻlib muhokama qilishdan, krizisli holatlarni bartaraf qilish yoʻllarini izlashdan koʻpincha chetlab oʻtildi. Kommunistik va ishchi partiyalari vakillarining kengashlari va uchrashuvlarida asosan „kommunistik birlik uchun“, „tinchlik va qurolsizlanish uchun“ kurash masalalari muhokama qilindi. „Sotsialistik hamkorlik“ ideologlari asosan, oʻzlarining saʼyi-harakatlarini kommunistik qurilishning „umumiy qonuniyatlari“ni ishlab chiqishga qaratdilar. Xususan, 1957-yilda boʻlgan kengashda ushbu mazmundagi bir qancha xujjatlar qabul qilindi. Voqeylikka va sotsializm qurish ishiga yangicha yondoshish harakatlari inkor qilib kelindi. Yetilib kelayotgan „kasallik“ sabablari oʻrganilish oʻrniga u yashirib kelindi. Shu yoʻl bilan sotsialistik hamjamiyatdagi portlash jarayonlari bir muncha orqaga surilgan edi. Bunday siyosat yuritish asosan, 60-yillar oxiri va 70-yillar boshlariga kelganida oʻzining nomaqbul siyosat ekanligini koʻrsata boshladi. Ayniqsa, qurollanish poygasini yuqori darajada olib borish orqali NATO bloki bilan Varshava Shartnomasi Harbiy Tashkiloti oʻrtasidagi kuchlar muvozanatini saqlab turishga urinish oʻta xavfli siyosat ekanligidan butun jahon tashvishga tusha boshladi. Bu oʻz navbatida sotsializmga ixlosi bor mamlakatlarning ham undan yuz oʻgirib ketishlariga sabab boʻldi. Toʻgʻri, bunday holatlar tashqi siyosat yuritish borasida sotsialistik mamlakatlarni maʼlum darajada ijobiy siljishlar qilishga majbur qildi. 70-yillar boshida Germaniya masalasini tinch yoʻl bilan hal qilishga urinish, 1970-yil 12-avgustda SSSR bilan GFR oʻrtasida davlat shartnomasining imzolanishi, 1975-yilda Xelsinkida Umumevropa Kengashining chaqirilishi, Yevropa kontinentida xalqaro keskinlikni yumshatishga erishish va boshqalar sotsialistik „hamdoʻstlik“ mamlakatlari bilan kapitalistik mamlakatlar oʻrtasidagi qarama-qarshiliklarni bir muncha yumshatganday boʻldi. Biroq, sotsialistik „hamdoʻstlik“ mamlakatlari iqtisodiy hayotidagi ilgarigi boshqarish usuli va markazdan qochuvchi kuchga qarshi kurash yoʻli saqlanib qolaverdi-ki, bu oʻz navbatida sotsialistik „hamdoʻstlik“ mamlakatlari xalq xoʻjaligining jahon mamlakatlari xalq xoʻjaligida boʻlayotgan buyuk oʻzgarishlardan orqada qolib, ilmiy-texnika inqilobi talablariga javob berolmay qolishiga olib keldi. Masalan: GDRni olaylik, u yerga xalq xoʻjaligini yuritishning sovetcha modeli aynan koʻchirilgandan keyin, urushdan oldin va urush yillarida GFR xalq xoʻjaligi bilan bir xil darajada turgan GDR xalq xoʻjaligi sotsializm qurilishi yillarida butunlay orqada qolib ketdi. 1989-yilga kelganda GDRdagi mehnat unumdorligi GFRdagidan 40 foiz past boʻldi. Soʻz bilan qurilayotgan sotsializm va kommunizm bilan amaldagi sotsializm oʻrtasidagi jarlik tobora chuqurlashib bordi. Shuni aytib oʻtish kerakki, SSSR da ham va sotsialistik hamdoʻstlik mamlakatlarining birontasida ham oʻtgan yillar mobaynida xalq ommasining turmush farovonligini taʼminlagan va taʼminlay oladigan, rivojlangan kapitalistik mamlakatlar xalq xoʻjaligiga yaqin boʻlgan mustahkam xalq xoʻjaligi tizimi yaratilmadi. Sotsialistik xalq xoʻjaligidagi krizisli holat yildan-yilga chuqurlashib bordi, ishlab chiqarish va milliy daromad koʻrsatkichlari pasayib bordi. Inflyatsiya kuchayib, davlatlarning tashqi qarzi oshib bordi. Qaror topgan sotsialistik jamiyat demokratiyaning eng oliy formasi sifatida atalsada, ammo qogʻozdagi deklaratsiya demokratiyasi haqiqiy hayotiy demokratik jamiyatdan juda yiroqda turar edi. Inson huquqlari masalasining eng oddiy elementlariga ham z’tibor berilmadi. SSSRdagi kabi hamdoʻstlik va Yevropadagi sotsialistik mamlakatlarda ham sotsialistik jamiyat nuqsonlarini, kompartiyalar siyosatidagi xatolarni tanqid qilish, kamchiliklarni ochib tashlash uchun urinish sotsializmga dushmanlik sifatida baholandi va tegishli jazo choralari qurildi. Sotsialistik jamiyatning xato va kamchiliklardan xoli boʻlgan jamiyat sifatida baholanishi va siyosat yuritilishi, xalq ommasi keng tabaqalarining fikri bilan hisoblashmaslik, amalda ularni jamiyatni boshqarish ishlaridan chetlashtirib, faqat topshiriqlar va buyruqlarni bajaruvchi passiv ijrochilarga aylantirib qoʻyish, fikrlash, novatorlik va kashfiyotlar qilish huquqidan mahrum qilib qoʻyish va hokazolar maʼmuriy — buyruqbozlik usulida ish yuritayotgan kompartiyalar rahbarlariga nisbatan norozilikni kuchaytirib bordi. SSSR hamda Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropadagi sotsialistik davlatlarning ichki ahvolini keskinlashtirgan, demokratiya mavjud boʻlmagan vaziyatda siyosiy-mafkuraviy nostabillik uchun shart-sharoit yaratgan boshqa muhim omillar ham bor edi. Avtoritar rejimlar jamiyatni demokratik asosda qurish bilan muvofiq kelmas edi. Xalq manfaatlari, uning xohish-istaklari hukmron doiralar uchun hech narsa emas edi. Fikrlar xilma-xilligi isyonkorlik deb hisoblanar va taʼqib qilinar edi. Zero, har qanday boshqacha fikrlashning oldini olish uchun repressiya mashinasi doimo tayyor turar edi. „Dissidentlar“ deb atalmish kishilar, koʻpincha shunday nom olgan taniqli yozuvchilar, masalan Chexoslovakiyaning oʻzgarishlar jarayonidan keyingi Prezidenti V.Gavel kabilar, shuningdek, madaniyat arboblari, olimlar qamoq va sudlarga duchor qilinar yoki mamlakatdan surgun qilinardi. GDR aholisining 1989-yil 2-chi yarmida mamlakatdan GFR tomon ommaviy ravishda oʻtib ketishga urinishlari, 1-chi navbatda iqtisodiy sabablar bilan emas, balki siyosiy erkinliklar yoʻqligi bilan bogʻliq ekanligini oʻtkazilgan sotsiologik soʻrovlar koʻrsatdi. Mintaqa mamlakatlarida qonunchilikni buzishlar, poraxoʻrlik, xazina oʻgʻirligi keng yoyildi. E.Xonekker va GBSPning boshqa rahbarlari yashagan uylarning aql bovar qilmaydigan darajada jihozlanishini GDR televideniyasi orqali xalqqa koʻrsatganda, bu narsa portlagan bomba singari taassurot qoldirdi. Yoki boshqa bir misol, T.Jivkovning davlat hisobidan shahar tashqarisida 40 dan ortiq qarorgoh, dala hovli va ovchilik uylari qurishi, ov qilish uchun maxsus qoʻriqxonalarning tashkil qilinishi, yoki boʻlmasa, N.Chaushesku choʻmiladigan vannaning jumragi oltindan, YE.Chaushesku choʻmiladigan vannaning jumragi kumushdan qilinishi, xullas bularning hammasi sotsialyastik mamlakatlar rahbarlarining barchasiga tekkan kasal boʻlib, umumdavlat manfaatlariga zid va yot boʻlgan hatti-harakatlar edi. Bular „real sotsializm“ga putur yetkazgan va uning inqirozga yuz tutishiga oʻz hissasini qoʻshgan omillardan boʻlib hisoblanardi.

Sotsial davlatlar olib borgan siyosiy faoliyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yevropadagi sobiq sotsialistik davlatlarning barchasi hokimiyat qoʻlidan tortib olinib, hukmronlik mavqeini yoʻqotgan kompartiyalarning takdiri ayanchli kechgan paytda bitta savol tugʻildi: ushbu partiyalarning dohiylari, ideologlari va nazariyotchilari partiya va hukumat faoliyatidagi halokatga olib boruvchi xatolarni nahotki koʻrmagan boʻlsa? Albatta, ularni koʻrmadi yoki sezmadi deb ayta olmaymiz, ular nimalarnidir hayotga qoʻllab koʻrgandek boʻlishdi. Xalq xoʻjaligini boshqarishda dunyo tajribasidan foydalanayotgan ham boʻlishdi, yangi-yangi partiya dasturlari, uzoq muddatli istiqbolli rejalarni ham qabul qilishdi, ushbu dasturlarda sotsializm juda katta yutuqlarga erishayotgan jamiyat qilib taʼriflandi. Mavjud sotsializmni qanday sotsializm deb atash kerakligi toʻgʻrisida koʻpgina munozara va diskusiyalar boʻldi. Uni rivojlangan sotsializmmi, rivojlanayotgan sotsializmmi, oʻtish davrida turgan sotsializmmi yoki umuman va uzil kesil gʻalaba qilgan sotsializmmi deb atash kerakligi toʻgʻrisidagi tortishuvlar boʻldi. Sotsializm afzalliklarini ilmiy-texnika inqilobi yutuqlari bilan bogʻlab olib borish kerakligi toʻgʻrisida bilagʻonliklar qilishdi. Biroq bularning hammasi kosmetika laboratoriyasi chegarasida qolib ketdi, amaliyotda qoʻllanmadi.Savol tugʻiladi, Yevropadagi sotsialistik mamlakatlarda hukmronlik mavqeini yoʻqotib, tarqatib yuborilgan va rahbarlari jinoiy javobgarlikka tortilgan kompartiyalarda islohotlar qilish mumkinmidi, shu partiyalar oʻz siyosatlarida ijobiy, xalqchil boʻlgan qayta qurish va yangilanishlarni amalga oshirib, oʻz hukmronliklarini saqlab qolishlari mumkinmidi? Shuni aytib oʻtish kerakki, har bir narsani oʻz vaqtida qilmasa, yoki vaqtidan kechiktiribroq qilsa ogʻir oqibatlarga olib kelishi turgan gap. Masalan: 1985-yilda SSSRda boshlangan qayta qurishni KPSS rahbariyati boshladi. Lekin bu qayta qurish juda kech boshlanganligi uchun, shu qayta qurishni boshlab bergan shaxs ham, uning partiyasi ham hokimiyatda qololmadi. Agar Chexoslovakiyani oladigan boʻlsak, mamlakatda reformani 1968-yil bahorida boshlash kerak edi, chunki CHKP faoliyatini ommaning katta qismi qoʻllab-quvvatlagan edi. CHKP shunday yoʻl tutganda omma orasida oʻz obroʻsini saqlab qolgan boʻlardi. Partiya rahbarlarining almashtirilishi bilan bu reformaning yoʻli toʻsib qoʻyildi va CHKPning omma orasida obroʻsining tushib ketishiga olib keldi. „Praga bahori“ mobaynida olgʻa surilgan, koʻp yillar davomida qattiq tanqid qilinib, „turgʻunlik“ ideologlari tomonidan sotsial-reformizm ramzi deb eʼlon qilingan „demokratik sotsializm“ davlatini bunyod etish gʻoyasi hozirda butunlay boshqacha qabul qilinayotganligini tushunib olish qiyin emas. Yangi ijtimoiy tuzum oʻz qiyofasini mehnatkashlar ommasi sari burmasa, bunday tuzumning umri qisqaligini hayotning oʻzi koʻrsatdi. Bizning nazarimizda, 1989-yilning 4-dekabrida SSSR va uning ittifoqchilari tomonidan qoralangan, Varshava Shartnomasi Harbiy Tashkiloti qoʻshinlarining 1968-yil Chexoslovakiyaga kiritilishi bilan Yevropadagi sotsialistik mamlakatlarda maʼmuriy-buyruqbozlik tizimining metindek mustahkamligini qaror toptirishga daʼvat etilgan edi. Sotsializmning „oliy maqsadlari“ bilan oqlanuvchi bu narsa teskari natija keltirdi — uning nufuziga jiddiy va halokatli zarba berdiki, yigirma yildan soʻng sodir boʻlgan „Praga kuzi“, goʻyo „Praga bahori“dan estafetani qabul qilib olayotganday boʻldi. Uning rahbarlaridan biri A.Dubchek yana siyosiy sahnada paydo boʻlib, milliy majlisning raisi boʻldi. GDRning baʼzi bir sobik, rahbarlarining fikricha, respublikada oʻzgarishlar jarayonini 1983-84 yillarda boshlash bilan mamlakatdagi normal holatni saqlab qolish mumkin edi. Bunday boʻlmagailigining sababi, Sharqiy Yevropadagi sotsialistik davlatlarning rahbarlari mavjud vaziyatga toʻgʻri baho bera olmadilar, tarixiy jarayonlar pallasi yetilib kelganligini va zoʻravonlik siyosati bilan eski boshqarish sistemasini saqlab qolish mumkin emasligini anglab yetmadilar. Tarix oʻz ishini qildi, rahbarlarning baʼzi birlarining taqdiri fojiali kechdi, baʼzi birlariniki qamoq va taʼqib ostida boʻldi. Natijada sotsialistik jamiyat qurish uchun qilingan 40 yillik urinishlar ostin-ustun boʻlib ketdi. Shunisi xarakterliki, qabul qilingan barcha deklaratsiya va konstitutsiyalarga, xujjatlar va dasturlarga qaramay Yevropadagi sotsialistik davlatlarda toʻlaqonli insonparvar jamiyat qurilmagan edi. Ushbu mamlakatlarda 60-yillarning oxirlarida sotsializm asoslarini qurish toʻgʻrisida gap borsa-da, biroq keyingi yillarda sotsializm qurish yoʻlidagi harakatlar qiyinchiliklar bilan siljidi, amalda turgʻunlik hukm surdi. Hozirda Yevropa mamlakatlarida yuz bergan voqealar SSSRdagi qayta qurishning bevosita oqibatidir, deyuvchi keng tarqalgan fikrni tez-tez eshitish mumkin. Jilovlar yechildi, oqibatda shunday boʻldi deyuvchilar qattiq adashadi. Albatta, SSSRdagi qayta qurish, „Brejnev doktrinasi“dan voz kechish Yevropa regionidagi inqilobiy jarayonlarga ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Aniqrogʻi ularni tezlashtirdi. Biroq biz koʻrsatayotgan ibratomuz oʻzgarishlarning chuqur ichki xarakterga ega ekanligini hamda stalincha va yangi stalincha tipdagi ijtimoiy tizimning inqirozi bilan chambarchas bogʻliqligini unutmaslik kerak. Sotsializmning buyruqbozlik-byurokratik modeli Yevropadagi sotsialistik mamlakatlarda ijtimoiy manfaatlarda bir necha marotaba toʻqnash kelganligini yuqorida aytib oʻtdik.1956-yil Vengriya voqeasining bostirilishini vengerlar hozirgi paytda kattagina miqyosdagi islohotlarni amalga oshirishga halaqit bergan „milliy fojia“ deb hisoblamokdalar.SSSRda boshlangan qayta qurishni demokratik qayta qurishlarni amalga oshirishga toʻsiq boʻlib kelgan gʻovning olib tashlanishi deb baholashimiz mumkin. Xoʻsh, gʻov olib — tashlanibdi, unda nima uchun Yevropadagi sotsialistik davlatlarda oʻzgarishlar jarayoni 1985-yildan boshlanmadi? Buni shunday izohlash mumkin: SSSRda boshlangan qayta qurishning dastlabki yillaridagi qiyinchiliklar bilan, shuningdek, 1956, 1968, 1980 — 81 yillardagi tarixiy jarayonlarning achchik, saboqlari Yevropadagi sotsialistik davlatlarni birmuncha oʻylantirib qoʻydi. Ular agar oʻzgarishlar jarayonini boshlasak boshimizga yana ogʻir kulfatlar tushmasmikan degan xadiksirash va qurquv bilan kutib turdilar. Buning ustiga 1981 yidda boshlangan Polshadagi tarixiy jarayonning inqirozli holatda choʻzilib ketishi, eski hokimiyatni saqlab qolish uchun hamma vositalar ishga solinib 1981-yilning dekabrida harbiy holatning eʼlon qilinishi ham qoʻshni sotsialistik davlatlarni birmuncha oʻylantirib qoʻygan edi. 1986-yilning noyabrida Moskvada sotsialistik davlatlar rahbarlarining uchrashuvida SSSR rahbari bundan buyon SSSR Yevropadagi sotsialistik davlatlarga nisbatan oʻz hukmini oʻtkazishdan voz kechganligini, ularning ichki ishlariga bundan buyon aralashmasligini maʼlum qildi. Shunda ham ular bu aldov emasmikan degan oʻyda kutib turishdi. Nihoyat 1989-yilning 15-fevralida Sovet qoʻshinlarning Afgʻonistondan olib chiqilishi va shu mamlakatga qoʻshin kiritishning xato boʻlganligini sovet hukumati tomonidan tan olinishi, 1956-yil Vengriyaga, 1968-yil Chexoslovakiyaga qoʻshinlar kiritilishining ham bu davlatlarning ichki ishlariga zoʻrlik bilan aralashish deb baholanishi va mazkur ishlar uchun bu davlatlardan kechirim soʻralishi sotsialistik hamdoʻstlik mamlakatlaridagi hadiksirashlarga chek qoʻydi.Shundan keyin oʻzgarishlar jarayoni shiddatli kechdi. SSSRning aralashmaslik pozitsiyasida turishi bir-biriga qarshi turuvchi kuchlarning birini afsuslantirsa, ikkinchisini kurashga otlantiradi. Natijada Chexoslovakiya, Bolgariya, GDRg Polsha, Vengriya va Ruminiya davlatlarida xalq ommasining shiddatli chiqishlari byurokratik boshqarish tizimining toʻgʻonini qoʻporib tashladi. Ruminiyada ahvol yanada fojiali kechdi, Yugoslaviyada kurashlar shu darajada keskinlashib ketdiki, uning parchalanib ketishi yetmaganday qirgʻinbarot fuqarolar urushi uzoq yillarga choʻzildi. SSSRda va Sharqiy Yevropadagi sotsialistik davlatlarda boʻlgan oʻzgarishlar jarayoni Sharq va /arb tarixchilari orasida ham, davlat arboblari orasida ham „Sotsializm — va kommunizmning tarixiy taqdiri halokatli tugadi“ degan xulosani tugʻdirdi. Masalan: AQShning sobiq davlat arboblaridan biri Z.Bjezinskiy oʻzining „Buyuk agʻdarilish, XX asrda kommunizmning tugʻilishi va oʻlishi“ degan kitobida: — „Kommunizm bugun mafkuraviy jihatdan ham, sifat jihatdan ham umumiy inqiroz holatidadir“ — deb yozgan edi. Professor Z.Bjezinskiy SSSRga alohida eʼtibor berib: „20-yillarda dunyo davlatlari SSSRdagi kommunistik qurilish tajribasini biron-bir natija beradi deb kutgandilar. Bu taxmin ayniqsa 2-chi jahon urushidan keyin 60-yillargacha ishonch qozonib kelajak takdiri kommunizm bilan bogʻliq boʻladi deyishga asos boʻlgan edi. Biroq keyingi yillarda SSSR kishilarni va davlatlarni oʻziga jalb qilmaydigan, xalq xoʻjaligi turgʻunlikka yuz tutgan davlatga aylanib qoldiki, bu kommunistik jamiyatning kelajagi yoʻqligini koʻrsatadi“,- degan edi.Sharqiy Yevropadagi sotsialistik davlatlarda yuz bergan oʻzgarishlar jarayoni tarixga zoʻravonlik hukmini oʻtkazishga urinishning yaroqsizligini, kuch ishlatish va gegemonlik yoʻli bilan siyosat yuritishning ogʻir oqibatlar bilan tutashligini koʻrsatdi. Koʻpgina partiyalar va siyosiy kuchlar shunday yoʻl tutishlari oqibatida tarix maydonidan magʻlub boʻlib chiqib ketdilar. Biroq, shuni aytish lozimki, jamiyatning mazmunini va partiyalarning yaxshi yoki yomonligini ularning qanday nom bilan atalishi belgilamaydi, aksincha, amalga oshirilgan ishlarning koʻlami va xalqparvarligi belgilaydi. Shu nuqtai nazardan oladigan boʻlsak, jamiyatning sotsializm deb siyosiy yetakchi kuchlarning kompartiyalar deb nomlanishini qoralash unchalik toʻgʻri emas. Faqat shunisi achinarliki, oʻzlarini xalq manfaati uchun xizmat qiluvchi, uning dardi va gʻami bilan yonuvchi kishilar qilib koʻrsatgan rahbar kommunistlargina aybdordirlar. Kommunistik partiya ham sotsializm jamiyati ham shuning uchun kishilar nazarida yomon koʻrinib qoldiki, yuqoridagi chinovnik-byurokratlar barcha qilgʻiliklarini sotsializm va kommunistik partiya nomidan qildilar. 1989-yilning oxiridagi anketa soʻrovlarning natijasi shuni koʻrsatdiki, Chexoslovakiyadagi oddiy kishilarning koʻpchiligi „Hokimiyat tepasida kommunistlar turadimi, demokratlar turadimi bizga baribir. Eng muhimi kishilarning yaxshi yashashi va mehnat qilishi uchun sharoit yaratib berilsa boʻldi, shunisi achinarliki, bizni uzoq yillar davomida kaltafahmlar boshqarib qeldi“,- deyishdi.Yevropadagi sobiq sotsialistik davlatlarda boʻlgan oʻzgarishlar jarayonidan keyin koʻplab partiyalar siyosiy maydonga keldi. Boʻlib oʻtgan demokratik parlament saylovlarida ular ishtirok etsalarda, bu partiyalarning qaysilari qancha vaqt yashab turishi mumkiiligi toʻgʻrisida biron narsa deyish qiyin boʻldi. Parlament saylovlaridan keyin hokimiyatga oʻng sentristlar bloki chiqib oldi, baʼzi bir mamlakatlarda hal qiluvchi rolni sinfiy partiyalar emas, balki yangidan tuzilgan Polshadagi „Birdamlik“ formasidagi xalq harakatlari oʻynadilar. Xususan, Slovakiyada „Zoʻravonlikka qarshi jamoatchilik harakati“, Bolgariyada „Demokratik kuchlar ittifoqi“ va hokazo. Bir qancha hukmron partiyalar Polsha BIPni hisobga olmaganda, jumladan VSIP, GBSP, RKP, YUKP va CHKP qayta qurishning dastlabki davridayoq oʻz faoliyatlarini toʻxtatdilar. Shuni ham aytib oʻtish kerakki, 1989-yildan boshlangan oʻzgarishlar jarayoni forma jihatidan Yevropa qitʼasida „orqaga qaytish“ protsessini boshlab berdi. Varshava Shartnomasi mudofaa tashkiloti oʻz faoliyatini toʻxtatdi. Oʻzaro Iqtisodiy Yordam Kengashi tugab ketdi, GDR GFR bilan qoʻshilib, yagona Germaniya davlati tashkil topdi. Chexoslovakiya Chexiya va Slovakiya davlatlariga, Yugoslaviya bir qancha mustaqil davlatlarga boʻlinib ketdi. SSSR qurolli kuchlari Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropa davlatlaridan olib chiqib ketildi. Rossiyaning soʻnggi qoʻshinlari ham Germaniya davlati hududidan 1994-yilning oxirida olib chiqib ketildi. Markaziy va Janubi-Sharqiy Yevropadagi sobiq sotsialistik davlatlarda ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda nishonlanib kelingan bayram kunlari ham oʻzgartirildi. Masalan; Bolgariyada 9-sentabr (1944-yil frontining tuzilishi) kuni oʻrniga 3 mart — (1878-yil San Stefano bitimi imzolanishi) kuni; Ruminiyada 23-avgust (1944-yil Antonesku diktaturasining agʻdarilgan) kuni oʻrniga 1-dekabr — (1918-yil Ruminiyaga Transilvaniyaning qoʻshilgan) kuni; Chexoslovakiyada 9-may (1945-yil Chexoslovakiyaning ozod qilingan) kuni oʻrniga 28-oktabr (1918-yil Chexoslovakiyaning mustaqilligi eʼlon qilingan) kuni; Polshada 22-iyul (1944-yil Polsha millatini ozod qilish komiteti eʼlon qilingan) kuni oʻrniga 11-noyabr — (1918-yil Polshaning mustaqilligi eʼlon qilingan) kuni; Vengriyada 4-aprel’ (1945-yil fashizmdan ozod qilingan) kun oʻrniga 23-oktabr (1956-yil Budapesht qoʻzgʻoloni boshlangan) kuni milliy bayram kunlari sifatida nishonlanadigan boʻldi.

Sotsializmda inson xususiy mulkdan tamoman ajratiladi. Oqibatda inson oʻz individual xususiyatlaridan ham mahrum etiladi. U „omma“ga aylanib, oʻz „meni“ni yoʻqotadi. Jamiyatda zoʻravonlik, tobelik kuchayadi.