Kontent qismiga oʻtish

Sofia Polgar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sofia Polgar
Sofia Polgar
Toʻliq ismi Polgár Zsófia
Mamlakat Vengriya
Tugʻilishi 2-noyabr 1974-yil
Budapesht, Vengriya
Saravha Xalqaro shaxmat ustasi, ayol grosstmeyster
FIDE reyting (2022-yil) (fevral 2024)
Yuqori reytingi 2505 (1998-yil)

Sofia Polgar ((veng.: Polgár Zsófia, pronounced [ˈpolɡaːr ˈʒoːfiɒ] talaffuzi: Safiya Polgar); 1974-yil 2-noyabrda tugʻilgan) — xalqaro miqyosda mashhur vengriyalik va isroillik shaxmatchi, oʻqituvchi va rassom. U sobiq shaxmat vunderkindi[1]. Sofia FIDE xalqaro magistr va ayol grossmeyster unvonlariga ega. Shuningdek, grossmeysterlar Syuzan va Judit Polgarning singlisi. U Isroilda yashaydi. Sofia Polgar va jamoasi 1988-yilgi shaxmat olimpiadasida oltin medalni qoʻlga kiritdi. U 1990-yilgi Shaxmat Olimpiadasida yakka tartibda oltin medalni qoʻlga kiritgan. Polgar 1994-yilgi Shaxmat Olimpiadasida ikkita oltin medali sovrindori boʻlgan. U shaxmat oʻqituvchisi va rassom boʻlib ishlagan.

Polgar Budapeshtda yahudiy oilasida tugʻilgan. U va uning ikki opasi otalari Laslo Polgar tomonidan oʻtkazilgan taʼlim eksperimentining bir qismi boʻlib, agar bolalar juda yoshligidan maxsus fanlarga oʻrgatilsa, ajoyib yutuqlarga erishish mumkinligini isbotlashga urinishi orqali, Lasloning „daholar yaratilgan, tugʻilmagan“ soʻzlari tasdigʻini topgan. Laslo Polgar rafiqasi Klara bilan uchta qizini uyda oʻqitadi, shaxmatga ixtisoslashgan holda taʼlim beradi.[2] Ular oʻz qizlariga xalqaro esperanto tilini ham oʻrgatishgan.

Sofiya Polgar (oʻngda) singlisi Judit bilan 1988-yilda

1986-yilgi 14 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Sofia Polgar Joel Lautierdan keyingi, ikkinchi oʻrinni egalladi va 14 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida jahon chempioni deb eʼlon qilindi[3].

1989-yilda, 14 yoshida, Sofia Rimdagi turnirda ishtirok etib, shaxmat olami vakillarini lol qoldirgan va bu turnir „Sack of Rome“ nomi bilan mashhur boʻlgan. U bir nechta kuchli grossmeysterlar ishtirok etgan turnirda 9 balldan 8½ ball bilan gʻolib boʻladi. New in Chess reytingiga koʻra uning ishlash reytingi 2879 boʻlib, bu tarixdagi eng yuqori koʻrsatkichlardan biri edi[4].

Polgar 1994-yilda Braziliyaning Matinyos shahrida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Xelgi Gretarssondan keyingi ikkinchi oʻrinni egalladi[5].

Bir muncha vaqt davomida Polgar dunyodagi eng kuchli oltinchi ayol shaxmatchi sifatida etirof etilgan. U 2003-yildan beri FIDE reytingiga koʻra juda kam shaxmat oʻynagan va (2020-yil yanvar holatiga koʻra) 2010-yildan beri bironta oʻyinda ishtirok etmagan shaxmatchi hisoblanadi[6]. Bir marotaba, u tezkor shaxmat oʻyinida Viktor Korchnoini magʻlub etgan[7].

1993-yilning yozida Bobby Fischer Vengriyaga Laslo Polgar va uning oilasi yashayotgan uyga tashrif buyurdi. Polgar opa-singillarining barchasi (Judit Polgar, Syuzan Polgar va Sofiya Polgar) Fischer bilan shaxmat oʻynashgan. Jarayon davomida Sofiya Fischerni ketma-ket uchta oʻyinda magʻlub etadi. 

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1999-yil 7-fevralda Polgar isroillik grossmeyster Yona Kosashviliga turmushga chiqdi va Isroilga koʻchib oʻtdi. Ularning Alon va Yoav ismli ikki farzandi bor. Polgarning ota-onasi keyinchalik Isroilda ular bilan birga yashay boshlashdi. U oilasi bilan bir muddat Kanadaning Ontario shtatidagi Toronto shahrida yashagan. Keyinchalik, 2012-yilda ular Isroilga qaytib, Tel-Aviv yaqinidagi hududga joylashdilar[8].

  1. As she uses the anglicized form of her name on her website we may assume this is the form she now prefers. In Hungarian she is sometimes known by the familiar form Zsófi.
  2. Shvidler. „All the right moves“. Haaretz (22-noyabr 2007-yil). 2007-yil 22-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. San Juan 1986 — 2° World Championship u14 (boys/girls) BrasilBase
  4. Polgar, Susan. Breaking Through: How the Polgar Sisters Changed the Game of Chess. Everyman Chess, 1-avgust 2005-yil. 
  5. Matinhos 1994 — 33° Campeonato Mundial Juvenil BrasilBase
  6. Rating Progress Chart — Sofia Polgar, FIDE
  7. https://www.youtube.com/watch?v=TxeiGipoFSE Video of Sofia Polgar defeating Victor Korchnoi
  8. This is according to her Facebook page.