Kontent qismiga oʻtish

Skvirtl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Skvirtl (inglizcha: Squirtle), Yaponiyada Dzenigame (yaponcha: ゼニガメ?) manga va anime seriyasidagi Pokémon nomi bilan tanilgan pokemon— Nintendo va Game Freakga tegishli Pokémon oʻyinlari jonzotidir. Skvirtl Ken Sugimori tomonidan Game Freak ishlab chiqish guruhi bilan birga yaratilgan va dastlab oʻyinlarida, keyin esa franshizaning turli xil tovarlari, spin-offlari, animatsion va bosma adaptatsiyalari, shu jumladan Pokémon Go oʻyinida paydo boʻlgan. Skvirtl Vartortlga aylanishi mumkin, u esa oʻz navbatida Blastoyzga aylanadi.

Munosabat va fikr-mulohazalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyinlarda birinchi marta paydo boʻlganidan beri Skvirtl odatda sinchilar (tanqidchilar) tomonidan ijobiy qabul qilindi. Tahlilchilar Skvirtl Pikachu, Bulbasaur va Charmander bilan birga pokemonlar bilan bogʻliq boʻlgan spin-offlarda yetakchilik qilishini bashorat qilishdi[1].

Time jurnali Skvirtlni birinchi avlodning „mashhur“ Pokemonlaridan biri deb atadi[2]. Dan Boysʻ Life jurnalining „eng zoʻr“ pokemonlari beshligida ikkinchi oʻrinni egalladi. Richmond Times-Dispatch muharriri Duglas Durden Skvirtl uning sevimli Pokemoni ekanligini yozgan[3]. „Matando monstruos: Por que los ninos necesitan fantasia“, "Super-heroes, y violencia imaginaria " kitobining muallifi Jerar Jons Skvirtl animeda „oʻsmir“dek oʻzini tutganini taʼkidladi[4]. San Antonio Express-News muharriri Syuzan Yerkes Skvirtlni „dahshatli yoqimtoy“ deb taʼrifladi[5].

IGN Skvirtl Bulbazavr va Charmanderdan ustun ekanligini yozdi va boshqa koʻplab Pokemonlar Skvirtl[6] bilan solishtirganda yetarlicha kuchli emasligini taʼkidladi. IGNʼning „Pokemon of the Day Chick“ muharriri, shuningdek, Squirtl-ni uchta boshlangʻich Pokemonning eng yaxshisi, deb tanladi va bu pokemonlarning soʻnggi evolyutsion shakligacha bir xil boʻlib qolgan uchta pokemondan yagonasi ekanligini taʼkidladi. Biroq, u Skvirtl zerikarli tuyuladi, deb ham yozgan, chunki faqat suv Pokemonlari koʻp[7]. Skvirtl haqidagi maqolada IGN u Mario seriyasidagi Kupa toshbaqalaridan koʻra yoqimliroq ekanligini aytdi[8]. GamesRadar veb-sayti muharriri Brett Alstonning taʼkidlashicha, oʻyinchilari Charizard va Bulbazavrni koʻproq yoqtiradi, Skvirtl esa muxlis boʻlmaganlar orasida koʻproq mashhur[9]. GamesRadar muharriri Kerolin Gadmadson Skvirtlni animedagi uchta boshlangʻich Pokémondan eng zoʻri deb atadi[10]. Allgame muharriri Jeyson Uayt Skvirtlning dumi shilliqqurt chigʻanogʻiga oʻxshashligini aytdi[11].

  1. „Pokemon The Quest for the Wild“. St. Louis Post-Dispatch (6-aprel 1999-yil). Qaraldi: 16-mart 2011-yil.
  2. "PokéMania, " Time Asia. URL accessed on May 7, 2006.
  3. „Enthusiasts keep Pokemon fighting on“. Qaraldi: 16-mart 2011-yil.[sayt ishlamaydi]
  4. Gerard Jones. Matando monstruos. Editorial Critica, 2002. 
  5. Yerkes, Susan. „Poke-mania in the air do you have it?“. Qaraldi: 16-mart 2011-yil.
  6. „Pokemon Strategy Guide — IGNguides“. IGN. 2010-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-mart 2011-yil.
  7. Pokémon of the Day Chick. „Pokemon Crystal Version Pokemon of the Day: Squirtle (#7) — IGN FAQs“. IGN (16-dekabr 2002-yil). 2012-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-mart 2011-yil.
  8. Staff. „Pokémon of the Day: Squirtle“. IGN. IGN Entertainment (4-noyabr 1999-yil). 7-iyun 2000-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-oktabr 2009-yil.
  9. Brett Elston. „The complete Pokemon RBY pokedex, part 1, Pokemon Diamond/Pearl DS Features“. GamesRadar. 2012-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-mart 2011-yil.
  10. Charlie Barratt. „The Top 7... gut-wrenching choices“. GamesRadar (4-may 2009-yil). 2012-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-mart 2011-yil.
  11. White, Jason „Squirtle — Overview“. allgame (3-oktabr 2010-yil). 2012-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-mart 2011-yil.