Siyosiy sotsiologiya
Siyosiy sotsiologiya - bu sotsiologiyaning maxsus boʻlimi hisoblanib, siyosatshunoslik va sotsiologiya sohalarini oʻz ichiga olgan tegishli fanlar majmuyidan iborat. Ushbu fan 20-asrning birinchi yarmida siyosatshunoslik va sotsiologiyaning oʻzaro aloqalari jarayonlaridan keyin shakllangan. Siyosiy sotsiologiya va ijtimoiy siyosatshunoslik oʻxshash tushunchalar hisoblanmaydi.
Shuningdek, siyosiy sotsiologiyada tadqiqotning toʻrt darajasi mavjud:
- xalqaro munosabatlar darajasida (siyosiy mojarolar va global siyosiy jarayonlar);
- davlat darajasida (davlatning tabiati va jamiyatdagi roli);
- jamoatchilik bilan aloqalar darajasida (siyosiy harakatlar, partiyalarning tabiati va tashkil etilishi);
- shaxsiy darajada (shaxslarning siyosatdagi ishtiroki).[1]
Siyosiy sotsiologiyaning predmeti va obyekti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1948-yilda boʻlib oʻtgan xalqaro siyosatshunoslik konferensiyasida siyosiy sotsiologiyani oʻrganish ob'ektlari sifatida belgilangan bir qator jihatlar tasdiqlandi:
- Siyosiy fikrlar tarixi, siyosat nazariyasi, siyosiy gʻoyalar rivojlanishining yangi tendentsiyalari;
- Siyosiy institutlar, ularning vazifalari va jamiyat hayotidagi oʻrni, oʻzaro taʼsiri;
- Shaxs va davlat oʻrtasidagi aloqa, fuqarolarning mamlakatni boshqarishda ishtirok etishi uchun yoʻnalishlar;
- Siyosiy sabablarga koʻra tuzilgan ijtimoiy guruhlar - partiyalar, jamiyatlar, uyushmalar, kasaba uyushmalari;
- Jahon siyosati, xalqaro munosabatlar, xalqaro munosabatlarni huquqiy tartibga solish va uning butun jamiyat bilan aloqasi.[2]
Siyosiy sotsilologiya kelajakda oʻrganiluvchi masalalar doirasiga ham kengayib, quyidagi fanlarni ham qamrab ola boshladi:
- hokimiyatning faoliyat koʻrsatishi va taqsimlanishi jarayonida siyosiy va ijtimoiy tizimlarning oʻzaro taʼsiri;
- turli ijtimoiy guruhlarga xos boʻlgan siyosiy meʼyorlar, qadriyatlar, siyosiy kutishlar, yoʻnalishlar va intilishlarning ishlashi.
Siyosiy sotsiologiyaning muammolari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu fanning predmeti sohasiga qoʻshimcha ravishda, uni shakllantirish yoʻlidagi zaruriy qadam qoʻyilayotganda, oʻrganilayotgan mavzularga muvofiq tadqiqot doirasida boʻlishi lozim boʻlgan muammolarni aniqlashdan iborat edi. Shunday qilib, 1957-yilda amerikalik siyosatshunoslar S.Lipset va R.Bendix quyidagi muammolarni aniqladi:
- Davlat boshqaruvining ijtimoiy masalalari, siyosiy elitaning oligarxizatsiya muammosi;
- Ijtimoiy omillarning saylovchilarning xulq-atvori va siyosiy ishtirokiga taʼsiri;
- Siyosiy qarorlarni qabul qilish jarayonlari;
- Mafkuraviy plyuralizm muammosi, siyosiy institutlar va elitalar oʻrtasidagi mafkuraviy ziddiyatlar.[2]
Siyosiy sotsiologiyaning rivojlanish tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu ilmiy fanning konturlari hatto T. Xobbs, J. Lokk, Sh. Monteskye va boshqa taniqli siyosiy faylasuflarning asarlarida ham aks eta boshladi. Ammo, bu mualliflar nafaqat siyosiy tizimlarning oʻzgarishi, balki ishlab chiqarish usullari, ularning evolyutsiyasi, shu bilan birga, bu rivojlanish jamiyatga qanday taʼsir qilganini tahlil qilishda ongli ravishda bugungi kunda siyosiy sotsiologiya bilan bogʻliq boʻlgan masalalarga toʻxtalib oʻtdilar.
Siyosiy sotsiologiyaning paydo boʻlishi odatda Maks Veber faoliyati bilan bevosita bogʻliq boʻlib, u birinchilardan boʻlib hokimiyat munosabatlarining ijtimoiy tahlilini oʻtkazgan va jamiyatda hukmronlik turlarining tasnifini siyosatga olib kirgan (xarizmatik, anʼanaviy va ratsional-huquqiy yetakchilik). M.Veber Byurokratiyaning davlatni boshqaruvchi tuzilma sifatida faoliyat yuritish jarayonini tahlil qilgan va bunda asosan sotsiologik kategoriyalarga tayangan. Shunday qilib, u mansabdor shaxslarning shaxsiy fazilatlari va ularning ijtimoiy guruh sifatidagi xususiyatlariga qarab byurokratiyani bir nechta turlarga ajratdi. M.Veberning fikricha, boshqaruvda byurokratiya ideal usul boʻlib, unga koʻra byurokratiya toʻlaqonli ijtimoiy guruh aʼzolari uchun yagona mafkuraga sifatida oʻrin hosil qila oladi. Ushbu mafkuraga koʻra unda odamlar umumiy qadriyatlarga ega hisoblanib, burchlarini aniq his qilgan holda oʻzlarining emas, balki jamiyat manfaatlarini koʻzlaydilar.[3]
Qoʻshimcha:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Siyosiy psixologiya
Eslatmalar:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Социологический словарь: Пер. с англ. / Н. Аберкромби, С. Хилл, Б. С. Тернер. — М.: ЗАО Издательство „Экономика“, 2004. — С. 332.
- ↑ 2,0 2,1 Н. Баранов. „Политическая социология как наука“. 27-mart 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-mart 2020-yil.
- ↑ Вебер, Макс. Хозяйство и общество. Очерки понимающей социологии., 2017. ISBN 978-5-7598-1514-3.
Adabiyotlar:
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Бурдьё П.. Социология политики, Пер. с фр./Сост., общ. ред. и предисл. Н. А. Шматко, М.: Socio-Logos, 1993 — 336-bet.
- Кола Д.. Политическая социология, Пер. с фр., М., 2001.