Shtift
Qiyofa
Shtift (nem. ip) (mashinasozlikda) — ikki detalni bir-biriga qoʻzgʻalmas qilib biriktirish uchun ishlatiladigan mahkamlash detali. Silindrik (dumaloq) yoki konussimon shakldagi uzunchoq sterjendan iborat. Mustahkam uglerodli poʻlatdan yasaladi. Sh. biriktiriladigan detallardagi teshiklar orqali tiqib quyiladi (koʻpincha, biriktiriladigan detallar joyiga qoʻyib boʻlinganidan soʻng teshiklar ikkala detalda bir yoʻla ochiladi).
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |