Shisha idish
Bardak yaʼni ichimlik ichish uchun moʻljallangan oshxona idishi boʻlib, odatda shishadan tayyorlanadi. Ichimliklarni isteʼmol qilish uchun qulay shaklda yaratilgan. Ichimlik turlariga monand ravishda ushbu idishni ham juda koʻp turlari mavjud. Distillangan ichimliklar isteʼmol qilishda ishlatiladigan turlari odatda qadah deb ataladi.
Qadah turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Suv stakani
[tahrir | manbasini tahrirlash]Suv stakani - silindrsimon koʻrinishga ega, 200-250 ml hajmli, odatda suv, gazlangan suv va ayron kabi sovuq ichimliklar isteʼmol qilish uchun moʻljallangan va yuqoridan pastga qarab biroz toraygan (diametri qisqargan) stakan shaklida ishlab chiqariladi.
Choy piyola
[tahrir | manbasini tahrirlash]Odatda choy ichish uchun moʻljallangan, koʻrinish jihatidan oʻrta sohasi toraygan (ingichka bel) silindr shaklida ishlab chiqarilgan kichik piyola.
Pivo ichish uchun moʻljallangan idish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pivo ichish uchun moʻljallangan idish odatda, taxminan, 1-2 litr hajmdan koʻp boʻlmagan suyuqlikni oʻziga sigʻdirish uchun ishlab chiqarilgan katta stakan. Undan asosan pivo va sidr kabi sovuq va alkogolsiz ichimliklarni isteʼmol qilishda keng foydalaniladi.
-
Choy ichish uchun mo'ljallangan idish
-
Pivo ichish uchun mo'ljallangan idish