Shimotsuke (Tochigi)
Shimotsuke 下野市 | |
---|---|
Shahar | |
36°23′41.5″N 139°51′6.5″E / 36.394861°N 139.851806°E | |
Mamlakat | Yaponiya |
{{{mintaqa_turi}}} | Kanto viloyati |
Asos solingan | 10-yanvar 2006-yil |
Maydon | 74.59 km2 (28.80 kv mi) |
Iqlim turi | nam kontinental iqlim |
Rasmiy til(lar)i | yapon |
Aholisi (2020-yil avgust) |
60 274 |
Zichligi | 810 kishi/km2 |
Vaqt mintaqasi | UTC 9:00 |
Telefon kodi | 0285-40-5551 |
|
Shimotsuke (yaponcha: 下野市 Shimotsuke-shi ) Yaponiyaning Tochigi prefekturasida joylashgan shahardir. 2020-yil 1-avgust holatiga koʻra, shaharda 24.654 ta xonadonda 60.274 nafar aholi istiqomat qilgan[1], aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 810 nafarni tashkil qiladi. Shaharning umumiy maydoni 74,59 kvadrat kilometr (28,80 mi²) ga teng.
Geografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shimotsuke Tochigi prefekturasining janubiy qismida joylashgan.
Atrofdagi munitsipalitetlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shimotsuke nam kontinental iqlimga ega (Köppen Cfa) boʻlib, yozi issiq va qishi qattiq qor yogʻishi bilan ajralib turadi. Shimotsukeda oʻrtacha yillik harorat 13,9 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻingarchilik 1373 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 26,2 °C, eng past harorati esa yanvarda, 2,4 °C atrofida boʻladi[2].
Demografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[3], Shimotsuke aholisi soni uzoq vaqt oʻsishdan soʻng yaqin yillarda yana pasyishni boshlagan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1920 | 20,526 | — |
1930 | 23,069 | 12.4% |
1940 | 24,691 | 7.0% |
1950 | 33,491 | 35.6% |
1960 | 32,401 | −3.3% |
1970 | 36,471 | 12.6% |
1980 | 43,641 | 19.7% |
1990 | 46,673 | 6.9% |
2000 | 57,447 | 23.1% |
2010 | 59,464 | 3.5% |
2020 | 59,507 | 0.1% |
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shimotsuke shahri 2006-yil 10-yanvarda Minamikavachi (Kavachi tumanidan) hamda Kokubunji va Ishibashi (ikkalasi ham Shimotsuga tumanidan) shaharlarining birlashishi natijasida tashkil etilgan.
Hukumat
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shimotsuke toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 18 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi kengashiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Shimotsuke shahrida Tochigi prefekturasi assambleyasiga bitta aʼzodan qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan shahar Yaponiya Dietining quyi palatasining Tochigi 1-okrugi va Tochigi 4-okrugi oʻrtasida boʻlib olingan.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qishloq xoʻjaligi va yengil sanoat mahalliy iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari hisoblanadi. Lekin soʻnggi yillarda shahar qoʻshni Utsunomiya uchun yotoqxona vazifasini oʻtovchi hududga aylanib bormoqda.
Taʼlim tizimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shimotsuke shahrida shahar hukumati tomonidan boshqariladigan oʻn ikkita davlat boshlangʻich maktabi va ikkita davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi. Shaharda Tochigi prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat yuqori maktabi mavjud. Prefekturada nogironlar uchun bitta maxsus taʼlim maktabi ham bunyod etilgan. Shuningdek, Jichi tibbiyot universitetining binosi ham shu yerda joylashgan
Transport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Temir yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]JR Sharqiy yoʻnalish — Tohoku magistral liniyasi (Utsunomiya liniyasi)
- Koganei — Jichiidai — Ishibashi
Magistral yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Milliy yoʻnalish 4
- Milliy yoʻnalish 352
Mahalliy diqqatga sazovor joylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Shimotsuke Kokubun-ji xarobalari, Milliy tarixiy joy
- Shimotsuke Kokubunni-ji xarobalari, Milliy tarixiy joy
- Shimotsuke Yakushi-ji ibodatxonasi va Dokyo qabri, Milliy tarixiy joy
- Kabutozuka Kofun, Milliy tarixiy joy
- Koganei Ichirizuka, Milliy tarixiy joy
Xalqaro munosabatlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- — Dietzhölztal, Hessen, Germaniya — doʻstlik shahri[4]
Shimotsukedan chiqqan taniqli odamlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Eiji Ochiai, professional beysbolchi
- Arisa Komiya, dublyaj aktrisasi
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Shimotsuke City official statistics“ (Japanese).
- ↑ Shimotsuke climate data
- ↑ Shimotsuke population statistics
- ↑ [1] Germany Embassy in Japan
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Veb[sayt ishlamaydi] -sayt (yaponcha)