Sharafkhan Bidlisi
Sharafkhan Bidlisi | |||||
---|---|---|---|---|---|
Emir, Mir and Khan | |||||
Emir of Bitlis | |||||
Oʻtmishdoshi |
| ||||
Davomchisi | Shamsaddin Beg Abulmalik | ||||
Farzandlari | Shamsaddin Beg Abulmalik | ||||
| |||||
Sulola | Rojki | ||||
Otasi | Shamsaddin Beg | ||||
Onasi | A daughter of Emîr Han Musullu[2] | ||||
Dini | Sunni Islam |
Sharaf al-Din Khan b. Shams al-Din b. Sharaf Beg Bedlisi-tarixchi, yozuvchi va shu bilan birga shoir ham edi. U faqat fors tilida yozgan. Eronning markaziy qismidagi Arak va Qum oʻrtasidagi Qora Rud qishlogʻida tugʻilgan. Yoshligida Safaviylar saroyiga yuboriladi va shu yerda taʼlim oladi.
U 1597-yilda yozilgan oʻrta asrlar kurd tarixiga oid eng muhim asarlardan biri boʻlgan “Sharafnoma”ning muallifi hisoblanadi. U inson o‘z asarlarida 16-asrdagi kurdlar hayoti va kurd sulolalari haqida yaxshi tasvir yarata olgan. Asarlari Eron va kurdzabon mamlakatlardan tashqari Sharaf Beg Bedlisi oʻz asarlarini boshqa olimlar tomonidan tarjima qilish orqali kurd adabiyoti va jamiyatlariga taʼsir oʻtkazgan.
U shuningdek, iqtidorli rassom, ziyoli, o'qimishli odam bo'lgan. Tarixda bo'lgani kabi matematika va harbiy strategiya bo'yicha ham yuqori natijalarga erishgan.
Hayotining boshlang'ich davri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sharafxon Bidlisiy 1543-yil 25-fevralda Eronning Markazidagi viloyatda Garmrood qishlog‘ida, otasi surgunda yurgan paytida tug‘ilgan. Uning otasi kurd begi Shamsheddin[3].
Sharaf Khan oʻsha paytda Bitlis amirligini [4] boshqaruvchi Roja qabilasining aʼzosi boʻlgan va kamida 9 asrdan beri mustaqil amirlik sifatida vaqti-vaqti bilan hukmronlik qilgan. Shuning uchun Sharafxon hech qachon "xon" degan umumiy qabila unvonini qabul qilmagan, uning o'rniga esa amir yoki mir, "shahzoda" kabi qirollik unvonini afzal ko'rgan hisoblanadi. U ko'proq Mir Sharaf (Shahzoda Sharaf) nomi bilan mashhur bo'lgan.
Keyinchalik esa uning oilasi Safaviylar sulolasi himoyasiga olingan[5]. U Tahmasb saroyida tahsil olgan va 1596-yilda shunday yozgan:
Bedlisiy o'zining Qur'on ta'limotlarini, shariat, taqvo va poklik asoslarini o'qishni o'z ichiga olgan tarbiyasi haqida gapirdi. Shoh Tahmaspning diniy fe'l-atvori tufayli Bidlisiyni diniy ulamolar tanishgan, ular uni yovuz odamlardan ogohlantiradilar, va aksincha, yaxshilar bilan do'stlikka da'vat etgan. Bidlisiy kamolotga erishgach, jang san’ati (sipahigira), kamondan o‘q otish, polo, poyga, qilichbozlik, ritsarlik o‘gitlari – insonparvarlik va saxovatpeshalikni o‘rgatadi[6].
1576-yilda Safaviylardan bo'lganTahmasb unga Mirs Mir unvonini berib, Eronning barcha kurd qabilalariga boshliq etib tayinlaydi.1578-yilda Usmonlilar sultoni Sulton Murod III Sharafxonga amir unvonini beradi va Bitlis amirligining Miri boʻladi[7].1578-1588-yillar orasida Sharafxon deyarli barcha Usmonlilarning forslarga qarshi o'tkazgan urushlarini boshqargan[8]. 1597-yilda Sharafxon oʻz sulolasi hokimiyatini oʻgʻli Sams-ad-Dinga beradi[9].
- ↑ Kemal H. Karpat. Ottoman Borderlands: Issues, Personalities, and Political Changes. Center of Turkish Studies, University of Wisconsin, 2003 — 150-bet.
- ↑ Osman Gazi Özgüdenli (1988–2016). "ŞEREF HAN (ö. 1012/1603-1604) Şerefnâme adlı tarihiyle meşhur olan Bitlis hâkimi." (Turkish). TDV Encyclopedia of Islam (44 2 vols.). Istanbul: Turkiye Diyanet Foundation, Centre for Islamic Studies. https://islamansiklopedisi.org.tr/seref-han.
- ↑ Gunter, Michael M.. The A to Z of the Kurds (en). Scarecrow Press, 22 June 2009. ISBN 978-0-8108-6334-7.
- ↑ Aktürk, Ahmet Serdar (2018). "Family, Empire, and Nation: Kurdish Bedirkhanis and the Politics of Origins in a Changing Era" (en). Journal of Global South Studies 35 (2): 393. doi:10.1353/gss.2018.0032. ISSN 2476-1419. http://journals.upress.ufl.edu/JGSS/article/view/729.
- ↑ Singh, NK. Encyclopaedic Historiography of the Muslim World. Global Vision Publishing House, 2004. ISBN 9788187746546.
- ↑ R. Babaie, Sussan. Slaves of the Shah: new elites of Safavid Iran. Bloomsbury Academic, 2004. ISBN 9781860647215.
- ↑ Eppel, Michael „The Kurdish emirates“, . Routledge Handbook on the Kurds (en). Routledge Handbooks Online, 8 August 2018 — 35–47-bet. DOI:10.4324/9781315627427-4. ISBN 978-1-138-64664-3.
- ↑ N. S. Sellers, Mortimer. The New world order: sovereignty, human rights, and the self-determination. Berg Publishers, 1996. ISBN 9781859730645.
- ↑ Glassen, Erika. "BEDLĪSĪ, ŠARAF-AL-DĪN KHAN". Encyclopædia Iranica. http://www.iranicaonline.org/articles/bedlisi-saraf-al-din-khan-b. Qaraldi: 31 March 2015.