Kontent qismiga oʻtish

Shahobiddin Qirg‘izov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shahobiddin Qirg‘izov
Tavalludi 26-oktyabr 1950-yil (1950-10-26) (74 yosh)
Andijon, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Andijon davlat universiteti
Taʼlimi Andijon davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi kimyo fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Shahobiddin Mirzaraimovich Qirgʻizov (1950-yil 26-oktyabr, Andijon, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, kimyo fanlari doktori, professor.

Shahobiddin Qirgʻizov 1950-yil 26-oktyabr Andijon shahrida tugʻilgan[1][2]. 1968—1973-yillarda Andijon davlat pedagogika instituti kimyo-biologiya fakultetida oʻqigan. 1973—1975-yillarda Shahrixon tumanidagi oʻrta maktabda kimyo-biologia fani oʻqituvchisi, 1975—1978-yillarda Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi oʻrta maktabda kimyo-biologiya fani oʻqituvchisi, 1978—1986-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutining biokimyo kafedirasida katta laborant, assistent, 1986— 1993-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti markaziy ilmiy tekshirish laboratoriasida kichik ilmiy xodim boʻlib ishlagan. 1989-yilda ustozi Asqarov Ibrohimjon Rahmonovich birgalikda qilingan ixtiro uchun SSSR ixtirochilar va ratsionalizator jamiyati tomonidan „SSSR ixtirochisi“ unvoniga sazovor boʻlgan. 1993-yildan Andijon davlat universiteti kimyo fakulteti organik va umumiy kimyo kafedrasida assistent boʻlib ishlagan. 1995—2003-yillarda Andijon viloyati bojxona boshqarmasida viloyatlararo bojxona ekspertiza laboratoriyasida laboratoriya boshligʻi[2] boʻlib ishlagan hamda bojxona xizmati mayori unvoniga ega boʻlgan. 2003-yildan Andijon davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti kimyo kafedrasida katta oʻqituvchi, dotsent, professor lavozimida ishlab kelmoqda[1].

Oilali, 4 nafar farzandi bor[1].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahobiddin Qirgʻizov ilmiy faoliyati davomida 3 ta mualliflik guvohnomasi, 6 ta patent, 2 ta darslik, 5 ta oʻquv qoʻllanma, 2 oʻquv uslubiy qoʻllanma, 2 ta monografiya, 360 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. 2016-yilda Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi esdalik koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet. 
  2. 2,0 2,1 „JONKUYAR MURABBIY, MEHNATKASH OLIM SHAXOBIDDIN KIRGIZOV 70 YOSHDA!“ (2020-yil 26-oktyabr).