Saturn (xudo)
Qiyofa
Saturn — Qad. Rim mifologiyasida ekinlar xudosi, dehqonchilik homiysi. S. Italiyaning juda qad. podshosi hisoblangan, u xalqni dehqonchilikka, sohibkorlikka oʻrgatgan. Uning davri yalpi tenglik, maʼmurchilik va tinchlik barqaror boʻlgan "oltin asr" zamonasi edi. S. sharafiga har yili dekabr oyida dabdabali va quvnoq saturnaliya bayrami oʻtkazilgan. S. uzun soqolli va qoʻlida oʻrogʻi boʻlgan odam shaklida tasvirlangan. Mil. av. 3asr oxiri va 2-asr boshidan S.ga sigʻinish yunonlar xudosi Kronosga sigʻinish bilan qoʻshilib ketdi. [1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |