Kontent qismiga oʻtish

Sarboz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sarboz (fors. — bosh va oʻynamoq) — harbiy askar, hukmdor qoʻshinining oddiy askari. Eronda va Oʻzbek xonliklarida muntazam qoʻshin askari.

Markaziy Osiyoda

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Buxoro amirligi hukmdori Nasrullaxon (1827—1860) 1837-yilda Sarbozlar batalonini — Markaziy Osiyoda oʻqotar qurol bilan qurollangan va kazarmalarda joylashgan ilk muntazam qoʻshinni tuzgan[1].

Xorazmda sarbozlar urush vaqtida toʻplangan va ularning soni 30—100 ming oraligʻida boʻlgan. Sarbozlar, asosan, piyoda qoʻshinlarni tashkil etgan[2].

  1. Бабаев Б. / Из истории организации регулярного войска в Бухарском эмирате при эмире Насрулле (1827—1860)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil