Kontent qismiga oʻtish

Saramas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Saramas

Erysipelas
Umumiy maʼlumotlar
Qoʻzgʻatuvchisi streptokokk A
 
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar
Ixtisos infectious diseases[*]
DiseasesDB 4428
MedlinePlus 000618
MeSH D004886


Saramas (arabcha: حمرة, polyakcha: róża, lotincha: erysipelas, grekcha: ἐρυσίπελας „qizil teri“)— terining, baʼzan esa shilliq qavatlarining rivoj oluvchi o‘tkir yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, uning ko‘zg‘atuvchisi A guruh beta-gemolitik streptokokk hisoblanadi. Saramasning klinik manzarasi. Birdaniga boshlanishi, tana haroratining ko‘tarilib, titroq tutishi, bosh og‘rishi, „olov tilchalari“ ko‘rinishida teri qizarishi, terining shishishi va og‘riqliligi[1].

Etiologiyasi va patogenezi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saramas yalligʻlanishining qoʻzgʻatuvchisi streptokokk A dir. Terining ifloslanishi va kichik jarohatlar kasallikning avj olishi uchun qulay omillar hisoblanadi. Organizmning streptokokk infeksiyaga (allergiyaga) taʼsirchanligining oshishi ham muhim rol oʻynaydi. Antiseptik davrga qadar jarohatlanganlar va tugʻuvchi ayollarda ommaviy saramas epidemiyasi kuzatilgan. Agar organizm streptokokk infeksiyasiga taʼsirchanligi yuqoriligi bilan ajralib tursa, saramas qaytalanadi, buning ustiga ushbu jarayon koʻpincha bir yerda — oʻsha avval chiqqan joyida paydo boʻladi. Infeksiya teriga toʻgʻridan-toʻgʻri yoki limfogen yoʻllar bilan oʻtadi. Mikroblar uchun ochiq darvoza, odatda, jarohatlar, shilingan joylar, yaralar, terining yorilishi, shilliq pardaning shikastlanishi hisoblanadi.

Patologoanatornik manzarasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Terida shish avj oladi, chegaralari aniq koʻrinib turgan qip-qizargan joylar (eritema) paydo boʻladi. Gistologik manzarasi seroz-gemorragik yalligʻlanishga mos keladi. Jarayonning keyingi rivojlanishiga shishnmg kattalashishi va epidermisni qatlamlantiruvchi ekssudat paydo boʻladi, natijada suyuqlikka toʻla pufakchalar paydo boʻladi. Agar infeksiya teri osti kletchatkasiga oʻtsa, u holda flegmona va toʻqima gangrenasi rivojlanadi. Saramas limfa tomirlari boʻylab tarqaladi.

Klinik manzarasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Saramas

Kasallik toʻsatdan boshlanib, yuqori harorat va et uvishishi, bosh ogʻrigʻi, baʼzan qayt qilish bilan kechadi. Kasallikning kechishi toksikoz bilan ifodalangan oʻtkir infeksiyali jarayonni eslatadi. Terida hajman tez kattalashuvchi yalligʻlanish („alanga tilchalari“ koʻrinishida) paydo boʻladi. Sogʻlom va yalligʻlangan toʻqimalar oʻrtasidagi chegara aniq bilinib turadi, qizarib shishgan joylar sogʻlom teri ustidan koʻtarilib turadi. Kasallik oʻrta hisobda 5-10 kun davom etadi. Saramas yalligianishi baʼzan bosh va boʻyin sohasida paydo boʻladi. Bunday hollarda yalligʻlanish tez tarqalib, terining anchagina qismini qamrab olishi mumkin. Saramas tromboflebit, shuningdek nefrit va septik holat bilan yanada ogʻirlashishi mumkin. Kasallikning takror qoʻzib turishi fil oyoq kasalligi („elephanthiasis“) boshlanishiga olib kelishi mumkin. Saramasning klinik turlari xilma-xildir. Avvalo, jarayon soʻnib boʻlishi bilan yoʻqolib ketadigan, terida qizargan joy bilan shish paydo boʻladi. Bu eritematoz saramas deb ataladi. Jarayon terida sargʻish, xira yoki gemorragik ekssudat bilan, toʻla pufakchalar paydo boʻlishi bilan kechishi mumkin. Bu saramasning pufakli yoki bullez turlariga xosdir. Bordiyu yalligʻlanish jarayoniga yiringli infeksiya qoʻshilib, teri nekrozi paydo boʻlsa, bu flegmonoz yoki angrenoz saramas deyiladi. Saramas yalligʻlanish yoʻqolib, keyin boshqa joyda qaytadan paydo boʻlishi esa koʻchma saramas yalligianishi deyiladi.

Differensial diagnozi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Saramasni teri osti yogʻ qavati flegmonasidan, sirt tromboflebiti va kuchayib boruvchi limfangitdan, shuningdek, oʻtkir dermatitdan farq qilish zarur.

Sulfanilamidlarni (streptotsid) sepma dori holida qoʻllanish, shikastlangan joyga koʻk dori surkash mahalliy davo qilishga kiradi. Saramas tarqalmasligi uchun sogʻlom toʻqima chegarasi yod, yodopiron preparatlari bilan surtib, chegaralanadi. Shuningdek, kvars nuri bilan davo qilishdan ham foydalaniladi. Vanna qabul qilish va hoʻl kompresslarni qoʻllash toʻgʻri kelmaydi. Umumiy davo oʻz ichiga bir : kecha-kunduzda 3-5 g dozalardagi sulfanilamid preparatlarni (streptotsid, -etazol, sulfadimetoksin va b.), antibiotiklar emoksid furatsillin eritmasi, metrid va ogʻriq qoldiruvchi moddalarni qoʻllash bilan davolashni oladi. Passiv immunlash-streptokokka qarshi 10-20 ml li vaksina, vitaminoterapiya, rentgen va lazer nuri bilan nurlantirish, desensibilizatsiya qiluvchi moddalar (dimedrol, kalsiy xlor) qoʻllanadi. Shuningdek, toʻyimli ovqatlarni yeyish va koʻp miqdorda suyuqlik ichishni buyurish

ham muhimdir. Soʻnggi yillarda qoʻ1-oyoqdagi jarayonning avj olishiga yoʻl qoʻymaslik uchun limfotrop antibiotiklarni endolimfatik yuborishni qoʻllash tufayli saramas yalligʻlanishining ogʻir turlarini davolashda muayyan muvaffaqiyatlarga erishildi. Toʻqima flegmonasi yoki gangrenasi paydo boʻlgan hollarda yiring oʻchogʻini yorish va jarohatni drenaj qilish, shuningdek, uni sterptotsid mazi yoki sintomitsin emulsiyasi shimdirilgan bogʻlov bilan bogʻlash zarur[2].

  1. Ergashev U.Y.. Xirurgik kasalliklar 210-bet. ToshTA 2020. 
  2. Oripov O.. Umumiy xirurgiya 377-bet. Yangi asr avlodi 2008.