Sapar Xushnazarov
Qiyofa
Sapar Xushnazarov (1906, hozirgi Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon shahri, Ingichka shaharchasi — 1943.7.10, Chernigov viloyati, Semaki qishlogʻi) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1942 yildan armiyada. Markaziy frontning 61-armiyasi, 81-oʻqchi diviziyasi, 467-oʻqchi polkining oddiy askari. 1943 yil 2 oktabrda Gomel oblastning Goyev rayoni, Glushets qishlogʻi yaqinida Dnepr daryosini kechib oʻtishda jasorat koʻrsatgan va 7 oktabrda jarohatdan vafot etgan. 1944 yil 15 noyabrda Qahramon unvoni berilgan. Semaki qishlogʻida dafn etilgan. Kattaqoʻrgʻon shahri va Ingichka shaharchasidagi koʻchalarga nomi berilgan. Oqtosh, Kattaqoʻrgʻon shahrilarida byusti oʻrnatilgan.[1][2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Указ Президиума Верховного Совета СССР «О присвоении звания Героя Советского Союза генералам, офицерскому, сержантскому и рядовому составу Красной Армии» от 15 января 1944 года // Ведомости Верховного Совета Союза Советских Социалистических Республик : газета. — 1944. — 23 января (№ 4 (264)). — С. 1.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |