Samara
Samara | |
---|---|
Shahar | |
53°11′0″N 50°07′0″E / 53.18333°N 50.11667°E | |
Mamlakat | Rossiya |
viloyat | Samara viloyati |
Hukumat | |
• Mer | Dmitriy Azarov |
Asos solingan | 1586-yil |
Avvalgi nomlari |
1935-yilgacha "Samara" 1991-yilgacha "Kuybishev" |
Maydon | 541.382 km2 (209.029 kv mi) |
Markazi balandligi | 100 m |
Iqlim turi | oʻrtacha-kontinental |
Aholisi (2013) |
↗ 1,171,598 kishi |
Milliy tarkib |
Ruslar - 89,5 % Tatarlar - 3,6 % Mordvalar - 1,1 % Ukrainlar - 1,0 % Boshqa millatlar - 6,1 % |
Vaqt mintaqasi | UTCUTC 4 |
Telefon kodi | 7 846 |
Pochta indeks(lar)i | 443xxx |
Avtomobil kodi | 63, 163 |
|
Samara (1936—91-yillarda Kuybishev "Куйбышев") — Samara (rus. Самара) Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Samara viloyati markazi. Volga daryosining chap sohilidagi port shahar. Volgaga Samara daryosi quyilgan joyda joylashgan. Temir yoʻl tuguni markazi hisoblanadi. Aholisi 1.171.000 kishi (2013). Mashinasozlik va metallsozlik (aviakosmik texnika, neft sanoati jihozlari, motorsozlik, radioelektronika, priborsozlik va boshqa podshipnik, avtotraktor elektr jihozlari, elektrotexnika va boshqa jihozlar ishlab chiqariladi), neftni qayta ishlash va neft kimyosi, kimyo, metallurgiya, oziq-ovqat (goʻsht va yogʻ mahsulotlari, "Rossiya" shokolad fabrikasi, Jiguli Pivo zavodi va boshqa korxonalar mavjud), yengil sanoat sohalari mavjud. GES va issiklik elektro stansiyalari ishlab turibdi. Shaharda Metropoliten "Samara Metropoliteni" (1987-yildan), 10 ta Oliy oʻquv yurti (shu jumladan: Samara Davlat Universiteti), 4 ta teatr (shu jumladan: Opera va Balet teatri, Filarmoniya), 5 ta muzey (shu jumladan: Oʻlkashunoslik va Badiiy muzeylar) bor.
Shahar 1586-yilda sharq va janubga tobora kengayib borayotgan Rossiyaning chegara istehkomi sifatida bunyod etilgan. 19-asrda don hamda choʻchqa yogʻi, jun, teri savdosining yirik markazi hisoblangan. 1851-yildan Samara Gubernyasi, 1928—29-yillarda Oʻrta Volga viloyati, 1929—35-yillarda Oʻrta Volga oʻlkasi markazi, 1935-1991-yillarda Kuybishev viloyati, 1992-yildan Samara viloyati markazi hisoblanadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |