Salerno Trota
Salerno Trota – XII asrda Janubiy Itliyadagi Salerno shahrida yashagan mashhur shifokor olima. U ayollar salomatligi va tibbiyotiga bagʻishlangan asarlar yozib qoldirgan. Trota ning nomi oʻz davrida katta shuhrat qozonib, uning tibbiyotga bagʻishlangan asarlari Fransiya va Angliya kabi mamlakatlarga ham mashhurlikka erishadi[1].
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Trota tomonidan yaratilgan asarlar ayollar salomatligi, ayniqsa ginekologiya va akusherlikka oid boʻlib, uning ilmiy yondashuvlari oʻsha davr tibbiyotida yangi qirralarni ochgan. Trotaning asarlari „Trotula“ nomi bilan mashhur boʻlgan risolalar toʻplamiga kiritiladi[2]. Biroq, bu toʻplam aslida uchta muallifning ishlarini oʻz ichiga olgan boʻlib, vaqt oʻtishi bilan „Trotula“ nomi xato bilan bitta shaxsning ismi sifatida qabul qilingan[3]. „Trotula“ deb atalgan risolalar toʻplami XII asrdagi Salerno shifokorlarining asarlarini oʻz ichiga olgan[4]. Shunga qaramay, vaqt oʻtishi bilan „Trotula“ nomi bir muallifning ismi sifatida notoʻgʻri tushuncha paydo boʻlgan va Trota ismli shifokorning asarlari bilan chalkashtirilgan[5]. Bu notoʻgʻri tushuncha Trotaning ismini, jinsini, ilmiy merosini notoʻgʻri talqin qilishga sabab boʻlgan[6].
Ilmiy yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Trota oʻz davrida va undan keyingi asrlarda ham katta mashhur olimalaridan biri sifatida qaraladi. Uning tibbiyotga qoʻshgan hissasi, ayollar salomatligi sohasidagi yangi yondashuvlari, oʻziga xos davolash usullari tufayli lotin tilida yozilgan asarlari shifokorlar uchun muxim manbaga aylanadi[7]. Bu asarlar keyinchalik turli mahalliy tillarga tarjima qilinib, 140 ga yaqin lotin tilidagi qoʻlyozma va 60 ga yaqin tarjima nusxalari saqlanib qolgan[8]. Trota ning oʻziga xos ilmiy ishlari – „De curis mulierum“ („Ayollar uchun davolashlar“) va „Practica secundum Trotam“ („Trotaga koʻra amaliy tibbiyot“) – oʻz davrida va keyingi davrlarda tibbiyotda katta ahamiyatga ega boʻlgan[9]. Bu asarlarda ayollar salomatligi, ayollarga xos kasalliklarni davolash usullari haqida qimmatli maʼlumotlar beriladi.[10].
Trotaning Ilmiy Merosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Trotaning ilmiy merosi faqat Salerno shahrida emas, balki butun Yevropada keng tarqalgan[11]. Uning asarlari tibbiyotda ayollarga oid masalalarni chuqur oʻrganish va davolash usullarini rivojlantirishda muhim rol oʻynagan. Uning nomini notoʻgʻri talqin qilinishi tufayli paydo boʻlgan bahslar XVI asrda boshlangan va XX asrning oxirigacha davom etgan. Trotaning haqiqiy ishi va „Trotula“ risolalari toʻplami filologik tahlillar yordamida qayta baholangan[12]. Shu orqali Trotaning tarixiy shaxsi va uning ilmiy ishlari isbotlanib, zamonaviy ilm-fanda oʻz oʻrnini topgan[13].
Shuningdek, qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Monica H. Green (1996). "The Development of the Trotula". Revue d'Histoire des Textes 26 (1996): 119–203. doi:10.3406/rht.1996.1441.
- ↑ „Trota of Salerno“. BBC History (2024-yil 9-avgust).
- ↑ Green, Monica H. (1999). "In search of an "Authentic" women's medicine: the strange fates of Trota of Salerno and Hildegard of Bingen.". Dynamis Acta Hispanica Ad Medicinae Scientiarumque Historiam Illustrandam (Granada, Spain) 19: 25–54. PMID 11624264. and Monica H. Green (2008) Making Womenʼs Medicine Masculine: The Rise of Male Authority in Premodern Gynaecology (Oxford: Oxford University Press) ISBN 9780191549526 esp. chapters 1, 5, and 6.
- ↑ Monica H. Green (2007) "Reconstructing the Oeuvre of Trota of Salerno, " in La Scuola medica Salernitana: Gli autori e i testi, ed. Danielle Jacquart and Agostino Paravicini Bagliani, Edizione Nazionale 'La Scuola medica Salernitanaʼ, 1 (Florence: SISMEL/Edizioni del Galluzzo) ISBN 9788884502322, pp. 200-7; and Monica H. Green (2008) Making Womenʼs Medicine Masculine: The Rise of Male Authority in Pre-Modern Gynaecology (Oxford: Oxford University Press) ISBN 9780191549526, especially chap. 1.
- ↑ Green, M. H. (1999). "In search of an "Authentic" women's medicine: the strange fates of Trota of Salerno and Hildegard of Bingen". Dynamis (Granada, Spain) 19: 25–54. ISSN 0211-9536. PMID 11624264.
- ↑ „The Problem of Trota and Trotula“. SpringerLink (2024-yil 9-avgust).
- ↑ Montserrat Cabré i Pairet, „Trota, Tròtula i Tròtula: Autoria i autoritat femenina en la medicina medieval en català“ [Trota, Trotula and Tròtula: Female Authorship and Authority in Medieval Medicine in Catalan], in: Els Manuscrits, el saber i les lletres a la Corona d’Aragó, 1250-1500, ed. Lola Badia, Lluís Cifuentes, Sadurní Martí, Josep Pujol (Montserrat: Publicacions de l’Abadia de Montserrat, 2016), pp. 77-102 and 249-50 (abstract).
- ↑ „Medieval Medical Manuscripts: The Spread of Trota's Work“. Persée (2024-yil 9-avgust).[sayt ishlamaydi]
- ↑ Monica H. Green (2008) Making Womenʼs Medicine Masculine: The Rise of Male Authority in Pre-Modern Gynaecology (Oxford: Oxford University Press) ISBN 9780191549526, chap. 6.
- ↑ „The Rediscovery of Trota's Medical Texts“. Wiley Online Library (2024-yil 9-avgust).
- ↑ Pierre Ruelle, ed., L’Ornement des Dames (Ornatus mulierum): Texte anglo-normande du XIIIe siècle. Le plus ancien recueil en français de recettes médicales pour les soins du visage, publié avec une introduction, une traduction, des notes et un glossaire (Brussels: Presses Universitaires de Bruxelles, 1967; and Monica H. Green (2007) "Reconstructing the Oeuvre of Trota of Salerno, " in La Scuola medica Salernitana: Gli autori e i testi, ed. Danielle Jacquart and Agostino Paravicini Bagliani, Edizione Nazionale 'La Scuola medica Salernitanaʼ, 1 (Florence: SISMEL/Edizioni del Galluzzo) ISBN 9788884502322, pp. 189-90 and 214-18.
- ↑ Monica H. Green, ed. and trans. (2001) The 'Trotulaʼ: A Medieval Compendium of Womenʼs Medicine (Philadelphia: University of Pennsylvania Press) ISBN 9780812204698 (ebook) ISBN 9780812235890 (print), pp. 48-49.
- ↑ Monica H. Green (2008) Making Womenʼs Medicine Masculine: The Rise of Male Authority in Pre-Modern Gynaecology (Oxford: Oxford University Press) ISBN 9780191549526 p. 62.