Rovno
Rovno | |
---|---|
50°37′11″N 26°15′5″E / 50.61972°N 26.25139°E | |
Mamlakat | Ukraina |
|
Rovno — Ukrainaning Rovno viloyatidati shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1939-yildan). Ustye daryosi (Pripyat havzasi) boʻyida. Transport yoʻli va shosse yoʻllar tuguni. Aeroport bor. Aholisi 243 ming kishi (2022). Shahar 1282-yildan maʼlum. 14-asrning 2-yarmidan Litva va Polsha, 1793-yildan Rossiya imperiyasi, 1921–39 yillarda Polsha tarkibida. 1939-yilda Gʻarbiy Ukraina tarkibida USSR bilan birlashtirildi. 1941–44 yillar nemis fashistlari qoʻlida, 1944-yil 2 fevralda ozod etildi. R. kustar tipidagi korxonalari boʻlgan uyezd shahardan Ukrainaning sanoat markazlaridan biriga aylandi. Mashinasozlik va metallsozlik (yuqori voltli elektron apparatura, traktor ehtiyot qismlari, stanoklar va boshqalar), kimyo ("Azot" ishlab chiqarish birlashmasi), yengil (zigʻir tola kombinati, tikuvchilik fabrikasi), oziq-ovqat (sabzavot quritishkonserva, goʻsht kombinatlari, sut zavodi) sanoatlari korxonalari bor. Mebel, qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Pedagogika, suv xoʻjaligi muhandislari institutlari, Kiyev Madaniyat institutining madaniyatmaʼrifat fakulteti, 2 teatr (shu jumladan, musiqali drama teatri), filarmoniya, 2 muzey (shu jumladan, tarixoʻlkashunoslik muzeyi) bor.[1]
Uspeniye cherkovi (1756), klassitsizm uslubidagi gimnaziya binosi (1839) kabi meʼmoriy yodgorliklar, fashizm qurbonlari xotirasiga bagishlangan yodgorlik (1968), Jangovar shonshuhrat memoriali (1975) mavjud.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |