Roald Hoffmann
Roald Hoffmann | |
---|---|
Tavalludi |
18-iyul 1937 Zlochev, Polsha |
Fuqaroligi | Second Polish Republic[1][2] va AQSh[3][4] |
Sohasi | Kimyo |
Taʼlimi |
Kolumbiya universiteti Garvard universiteti |
Mukofotlari | Nobel mukofoti |
Roald Hoffmann (1937.18.7, Zlochev, Polsha) — amerikalik kimyogar. AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1972). Kolumbiya universitetini tugatgan (1958). 1965-yilgacha Garvard universitetida ishlagan, 1965-yildan Kornell universitetida ishlaydi (1968-yildan professor). Asosiy ilmiy tadqiqotlari kimyoviy kinetika va kimyoviy reaksiyalar mexanizmini oʻrganishga oid. R.B.Vudvord bilan hamkorlikda moslashgan reaksiyalar uchun orbital simmetriyaning saqlanish qoidasini (Vudvord—Xofman qoidasi) taklif qilgan (1965). Kimyoviy oʻzgarishlar yoʻlidagi energetik gʻovlar shakllanishining fizik mohiyatini aniqlagan (1970). Stereokimyo va kompleks birikmalar sohasidagi tadqiqotlarni rivojlantirgan (1978— 80). Nobel mukofoti laureati (1981; K. Fukui bilan hamkorlikda)[5][6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |