Kontent qismiga oʻtish

Ricchi e Poveri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Ricchi e Poveri
Kelib chiqishi Genuya, Italiya
Janrlar popular music, Disko va Pop rock
Aʼzolar
  • Angela Brambati
  • Angelo Sotgiu
Sobiq aʼzolar
  • Franco Gatti
  • Marina Occhiena
Veb-sayt Ricchi e Poveri Booking webpage

Ricchi e Poveri (talaffuzi: ’rikki e poveri' (tarjimasi: „Boylar va kambagʻallar“) – 1967-yili Genuyada tashkil etilgan italyan pop guruhi boʻlib, dastlab guruh Anjela Brambati, Anjelo Sotgiu, Franko Gatti va Marina Occhiena kabi ijodkorlardan iborat boʻlgan. Guruh 1960-yillarning oxiridan hozirgi kunga qadar faol ijod bilan shugʻullangan boʻlib, ularning albomlari dunyo boʻylab 20 million nusxadan ortiq sotilgan[1].

1967–1969: shakllanishi va dastlabki yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guruh 1967-yilda Anjela Brambati,Anjelo Sotjiu,Franko Gatti va Marina Okkiena kabi qoʻshiqchilar tomonidan polifonik-kvartet toʻrtligi sifatida tashkil etilgan. Guruh oʻz nomini Rimlik qoʻshiqchi Franko Kalifanoning „maʼnaviy boy va moliyaviy kambagʻal“ deb hazil tariqasida aytgan gapidan olishgan. Guruh toʻrt xil ovozning oʻzaro bogʻlanishiga asoslangan oʻziga xos vokal uslubiga ega boʻlib: bas (Gatti), tenor (Sotgiu), alto (Occhiena) va soprano (Brambati)lardan iboratdir.

Ularning birinchi marta omma oldida chiqishi 1968-yil Cantagiro shahrida boʻlib, „Abadiy sevgi(L’ultimo amore)“qoʻshiqi bilan chiqishgan. Ricchi e Poveri 1970- yildan buyon Sanremo musiqa festivalida bir necha bor qatnashishgan boʻlib, 1971-yili festivalda ular Xose Felisiano tominidan kuylanib, Jimmi Fontana tomonidan bastalangan „Che sarà (Nima bo'ladi)“ qoʻshiqini kuylashgan. 1971-yil Sanremo festivalining soʻnggi yili boʻlib, unda har bir qoʻshiq ikki marta, har xil sanʼatkor tomonidan ijro etilgan. Ricchi e Poveri oxirgi festivalda qoʻshiqlari italyan, ispan va ingliz tillarida butun dunyo boʻylab xit boʻlgan Felisianoning „Che sarà“ qo'shiqini Felisianodan keyin ikkinchi bor ijro etishgan.

Ricchi e Poveri 1978-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovida, „Questo amore(Bu sevgi)“ qoʻshigʻi bilan 53 ballni qoʻlga kiritib Italiya hisobini 12-oʻringa chiqarishgan. 1981-yilda Marina Occhiena yakkaxon karerasini davom ettirish uchun guruhni tark etgan.

Ricchi e Poveri Italyan va Ispan tillarida 1980 va 1990-yillar oralig’idagi xit asarlarini, jumladan „Mamma Mariya(Mariya Ona)“, „Made in Italy(Italiyada ishlab chiqarilgan“, „M“, „M'innamoro di te(Seni sevib qoldim)“ va "Se m'innamoro(Agar sevib qolsam) qoʻshiqlarini yozishgan.

Sarà perché ti amo (Balki seni sevganim uchundir)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1981-yilda guruh „Sarà perché ti amo“ qoʻshiqining ispancha versiyasini yozishgan. „Será porque te amo“ deb nomlangan qoʻshiq Meksika, Karib dengizi, Markaziy va Janubiy Amerikada xitga aylangan.

Bir nechta guruhlar qoʻshiqni turli janrlarga, jumladan tropik raqs va Grupera deb nomlanuvchi Meksika xalq musiqasining turli shakllariga moslashtirishgan.

Qoʻshiq „L’Effrontée“ (1985), „Spike of Bensonhurst (Bensonhast boshoqi)“ (1988), „High Tension (Yuqori kuch)“ (2003) va „Unmade Beds(Tayyorlanmagan toʻshaklar)“ (2009) filmlari uchun sauntrek sifatida ham foydalanilgan.

2007-yilgi holatiga koʻra, qoʻshiq hali ham barcha janrlarda solib kuylanib kelinmoqda va u bir qancha ispan tilida soʻzlashuvchi mamlakatlarda yangi avlod ramzi sifatida nostalgiya maqomiga ega boʻldi. Qoʻshiq 2008-yilda nemis tilida Diana Sorbello tomonidan „Das ist, weil ich dich liebe“ va 2011-yilda golland tilida Monik Smit va Tim Douwsma tomonidan „Eén zomeravond met jou“ nomlari bilan qayta ishlanib, ijro etilgan.

Soʻnggi yillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ricchi e Poveri 2009-yil 12-13-iyun kunlari Oʻrtayer dengizida joylashgan Malta orolida ikkita yirik kontsert berdi. 2010-yil 6-noyabrda Maltada yana bir bor guruhning konserti bo'lib o'tdi. Ricchi e Poveri 2012-yilda Italiya va Sloveniya boʻylab gastrol safarini yakunlab, 2013-yil boshida Moskvadagi Diskoteka 80 kontsertida uchta qoʻshiq ijro etishgan.

2016-yilda guruh asoschisi Franko Gatti 74 yoshida guruhdan nafaqaga chiqqan. 2013-yilda uning oʻgʻli Alessio 23 yoshida vafot etgani uning hayotini juda oʻzgartirib yuborgan[2][3].

2020-yilda guruh Sanremo Music Festival debyutining 50 yilligini nishonlash uchun qayta birlashdi.

2022-yil 18-oktyabrda guruh aʼzosi hisoblangan Gatti 80 yoshida vafot etdi[4]. 2023-yilda Ricchi e Poveri Avstraliyaning Sidney, Melburn va Adelaida kabi shaharlarida gastrol safarlari qildi.

Guruh aʼzolari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Ricchi e Poveri (1970)
  • Amici miei (1971)
  • Penso sorrido e canto (1974)
  • RP2 (1975)
  • Ricchi & Poveri (1976)
  • I musicanti (1976)
  • Questo amore (1978)
  • La stagione dell’amore (1980)
  • E penso a te (1981)[5]
  • Mamma Maria (1982)
  • Voulez-vous danser (1983)
  • Dimmi quando (1985)
  • Pubblicità (1987)
  • Buona giornata e… (1990)
  • Allegro italiano (1992)
  • Parla col cuore (1999)
  • Perdutamente amore (2012)
  • ReuniON (2021)
  • 1972 – Un diadema di successi
  • 1978 – Ricchi & Poveri
  • 1982 – Come eravamo
  • 1982 – Profili musicali
  • 1983 – Made in Italy
  • 1984 – Ieri e Oggi
  • 1990 – Canzoni d’amore
  • 1990 – Una domenica con te
  • 1993 – Anche tu…
  • 1994 – I più grandi successi
  • 1997 – Piccolo Amore
  • 1998 – BMG Collection
  • 2000 – I grandi successi originali
  • 2008 – Greatest Hits
  • 2011 – Le canzoni, la nostra storia

Ingliz tilidagi qoʻshiqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 1981 – „Make It With Me“/"Sarà perché ti amo"


Qoʻshimcha havolalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. „Sanremo, i Ricchi e Poveri tornano al completo“. ilGiornale.it (2020-yil 26-yanvar).
  2. „"La morte di mio figlio e i Ricchi e Poveri": Franco Gatti vuota il sacco, tutta la verità sull'addio - Sfoglio - Libero Quotidiano“. 2016-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Parla "Il baffo" - l'Addio ai Ricchi e Poveri, Gatti: «Ora mi godo quello che ho» | Liguria | cultura | Il Secolo XIX“. 2016-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Morto Franco Gatti dei Ricchi e Poveri“. la Repubblica (2022-yil 18-oktyabr).
  5. Billboard – 8 Aug 1981 „Now the Ricchi e Poveri act is set for an album release in Germany“