René Thom
René Thom | |
---|---|
Tavalludi |
2-sentyabr 1923-yil Montbéliard, Fransiya |
Vafoti |
25-oktyabr 2002-yil (79 yoshda) Bures-sur-Yvette, Fransiya |
Fuqaroligi | Fransiya |
Sohasi | Matematika |
Ish joylari |
Strasbourg universiteti Joseph Fourier universiteti Ilmiy tadqiqot oliy instituti, |
Taʼlimi |
|
Akademik rahbarlari | Henri Cartan |
Mashhur shogirdlari |
Daniel Bennequin Bernard Morin David Trotman |
Mashhur ishlari |
Dold–Thom teoremasi Pontryagin-Thom konstruksiyasi Thom–Porteous formulasi |
Mukofotlari | Fields medali (1958) |
René Frédéric Thom (talaffuzi: Rene Frederik Tom) (2-sentyabr 1923-yil — 25-oktyabr 2002-yil) — fransiyalik matematik. Parij Fanlar akademiyasining aʼzosi (1976).
Thom Ecole oliy maktabini (École Normale Supérieure) tamomlagan. Henri Cartanning shogirdi boʻlgan. Strasbourg va Grenoble universitetlarida dars bergan. 1964-yildan Ilmiy tadqiqot oliy institutida ishlagan[1].
Thomning asosiy asarlari algebraik va differensial topologiya sohasidadir. Thom oʻz dissertatsiyasidayoq keyinchalik kobordizmlar teoriyasi asosiga aylangan gʻoyalarni taklif qilgan. Thom kobordizmlar teoriyasi uchun 1958-yilda Fields medali bilan taqdirlangan.
Thom, shuningdek, xususiyatlar nazariyasini oʻrgangan, ushbu sohaning eng taniqli boʻlimini — ommabop kitoblar orqali koʻpchilikka yaxshi maʼlum boʻlgan katastrofalar teoriyasini oʻrtaga tashlagan. Thom ushbu teoriyasini tilshunoslikdan tortib gullar shaklini tushuntirishgacha boʻlgan sohalarga tatbiq qilishga harakat qilgan[2][3][4][5][6].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Dougnac, Sophie „René Thom: le fils d'épiciers devient prix Nobel“ [René Thom: the grocers' son becomes Nobel prize] (FR-fr). L'Est Républicain (2015-yil 30-iyul). Qaraldi: 2022-yil 10-aprel.
- ↑ O'Connor, John J.; Robertson, Edmund F., „René Thom“, MacTutor History of Mathematics archive, St Andrews universiteti.
- ↑ Wright, Pearce. „Obituary: René Thom“ (en). The Guardian (2002-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-aprel. also available at „René Thom - Guardian obituary“ (en). MacTutor History of Mathematics archive. University of St Andrews. Qaraldi: 2022-yil 10-aprel.
- ↑ „René Frédéric Thom“. encyclopedia.com. Qaraldi: 2022-yil 10-aprel.
- ↑ Alberganti, Michel. „René Thom“ (fr). Le Monde (2002-yil 31-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 10-aprel.
- ↑ „Thom René Frédéric“. serge.mehl.free.fr. Qaraldi: 2022-yil 10-aprel.