Reformizm
Qiyofa
Reformizm — kapitalizm doirasida reforma (islohot)lar oʻtkazish yordamida sotsializmga oʻtish uchun asos yaratishga intiluvchi siyosiy oqim. XIX asrning soʻnggi choragida vujudga kelgan (E. Bernshteyn, G. Folmar, A. Milyeran va boshqalar). Sotsial-demokratik partiyalar orasida tarqalgan. Oktyabr toʻntarishi va Birinchi jahon urushidan keyin siyosiy oqimga aylanib, demokratik sotsializm tamoyillarini eʼlon qilgan, kommunistik partiyalarga qarshi turgan.[1] Https://t.me/UzGlobeTv
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |