Quokka
Quokka (/ˈkwɒkə/) (Setonix brachyurus) — uy mushuklari oʻlchamida boʻlgan kichik makropod. Quokka setonix jins vakillarining yagona aʼzosi hisoblanadi. Makropodlar oilasining boshqa marsupallari (kenguru va wallabilar) singari, quokka oʻsimlik bilan oziqlanadi va asosan tunda faol boʻluvchi hayvonlar sirasiga kiradi[1].
Quokkalar Avstraliyaning janubi-gʻarbiy qismidagi kichik hududlarda istiqomat qiladi. Ular asosan Gʻarbiy Avstraliya qirgʻogʻida joylashgan kichik orollarda, ayniqsa, Pert va Albaniya yaqinidagi orollarida koʻp uchraydi. Pert va Albany oʻrtasidagi oʻrmon va qirgʻoqlarda quokkalarning alohida boʻlib yashaydigan turlari mavjud. Kichik kolonalarda boʻlsa jonivorlarni himoya qilish hududlarida saqlanuvchi, yoʻq boʻlib ketishi ehtimoli boʻlgan, Gilbert potoroo hayvoni bilan birgalikda yashaydi[2].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quokka 2,5 dan 5,0 kilogrammgacha ogʻirlikda va 40 dan 54 smgacha uzunlikda, dumi 25 dan 30 smgacha (9,8 dan 12 inch) boʻladi, bu koʻrsatkichlar makropodlar uchun juda qisqa va kam hisoblanadi. Quokkalar jussasi ixcham, orqa oyoqlari yaxshi rivojlangan va spiral quloqli hayvondir. Hozirgi kundagi quokkalar oʻzining oʻtmishdagi ajdodlaridan farq qiladi, tarixda ular koʻpincha daraxtlarga tirmashib yashagan. Hozigi kunga kelib esa asosan yerning quruqlik qismida istiqomat qiladi[3]. Jussasining kichikligi sabab quokkalar 1,5 metrgacha boʻlgan kichik daraxtlarga tirmashib chiqishlari mumkin[4]. Ularning yungi qalin va toʻq jigarrang koʻrinishda boʻladi. Quokkalar oʻrtacha 10 yil yashaydi[5]. Kun davomida esa Akanthocarpus preissiida uxlaydi[6].
Quokkalar jinsiy aloqa tizimiga ega boʻlib, homiladorlik davridan bir oy oʻtgach, bitta joey (bola) tugʻadi[7]. Urgʻochilar yiliga ikki marta va umri davomida 17 ga yaqin joey tugʻishi mumkin[5]. Joey onasining xaltasida olti oy yashaydi. Xaltadan chiqqanidan soʻng joeylar ikki oy davomida ona suti bilan oziqlanadi va tugʻilganiga 8 oy boʻlganida sutdan chiqadi[5]. Urgʻochi quokkalar 18 oy ichida jinsiy tomonlama yetuk boʻladi[8]. Urgʻochi quokkalar xaltasida joey bor holida yirtqich hujumiga uchrasa bolasini yerga tashlab qochadi, joey boʻlsa yirtqich eʼtiborini tortish uchun ovoz chiqaradi[9].
Nomlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Quokka“ soʻzi aslida Noongar tilidan kelib chiqqan boʻlib, asil koʻrinishi gwaga boʻlganligi haqida ehtimollar mavjud[10]. Bugungi kunda Noongar xalqlari ularni ban-gup, bungeup va quak -a deb atashadi[11][12].
1658-yili Gollandiyalik dengizchi Samuel Volkertszoon orolda „yovvoyi mushuk“ni koʻrgani haqida yozgan[13]. 1696-yilda Gollandiyalik tadqiqotchi Villem de Vlaming ularni yirik kalamushlar deb atagan va shundan keyin Vadjemup oroli nomini 't Eylandtʼt Rottenestga oʻzgartirgan, yangi nom golland tilida „kalamush uyasi“ degan maʼnoni anglatgan[14][15]. Vlamingx dastlab ularni „juda katta kalamushlar“ sifatida tasvirlagan edi[16].
Ekologiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pleystotsen davrida quokklar koʻproq boʻlgan va ochiq landshaftlarda yashagan. Yevropaliklar Avstraliyaga kelishganida ekipajdagi baʼzi yoʻlovchilar quokkalarni ovlashni boshlashgan. Oxir-oqibat quokkalar oʻz turar joylarini oʻzgartirishga majbur boʻlgan. Asosan yirtqichlar kam, oʻsimliklar koʻp boʻlgan orollar, oʻrmonlarga joylashishgan[17]. Keyinchalik Quokkalar Gʻarbiy Avstraliyaning janubi-gʻarbiy qismida kichik jamoalarda tarqoq holda yashashni boshlashgan. Rotnesstda yovvoyi mushuklar va qizil tulkilar kam boʻlganligi uchun quokkalar shu hududda koʻproq uchraydi[18]. Odamlar va nisbatan katta hayvonlardan himoyalanish uchun tikanli Acanthocarpus oʻsimliklari uxlash uchun Quokkalar uchun sevimli boshpana boʻlib xizmat qiladi[19]. Bundan tashqari Quokkalar daraxtlarga chiqish qobiliyatiga ham ega[20].
Oziqlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Koʻpgina makropodlar singari, quokalar oʻsimliklar bilan oziqlanadi, jumladan oʻtlar, barglar bilan. Tadqiqotlarda gulxayridoshlar oilasining kichik buta turlaridan boʻlgan Gichenotia ledifolia oʻsimligi quokkalarning sevimli ozuqalaridan biri ekanligini aniqlangan[21]. Rottnest orolining tashrif buyuruvchilariga quokkalarga hech nima bermasliklari taʼkidlanadi, chunki inson tanavvul qiluvchi ovqatlarning koʻp qismi quokka sogʻligʻi uchun jiddiy xavf keltirib chiqarishi mumkin[22]. Rottnest orolida chuchuk suv juda tanqis boʻlganligi sabab quokkalar chanqoqni asosan oʻsimliklarni yeyish bilan qondirishadi. Quokalar asosan yiliga 600 mm (24 in) yoki undan ortiq yomgʻir yogʻadigan joylarda yashaydi[23].
Tarqalishi va soni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mustamlakachilar oʻrnashib olish davrida quokka juda keng tarqalgan va koʻp boʻlgan, uning tarqalishi Gʻarbiy Avstraliyaning janubi-gʻarbiy qismidagi taxminan 41.200 km2 (15.900 kvadrat milya) maydonni, shu jumladan ikkita dengiz orollari, Bald va Rottnestlarni qamrab olgan. 1992-yilga kelib, 20-asrda quokkalar soni keskin kamayib ketganidan soʻng, ularning materikdagi tarqalishi 50% dan koʻproqqa qisqarib, taxminan 17,800 km2 (6,900 m²) maydonni tashkil qilgan[24].
Kichik okean orollarida son jihatidan koʻp boʻlishiga qaramay, quokkalar himoyaga muhtoj boʻlgan. Hududlarda qizil tulki, mushuk, it kabi hayvonlar koʻp boʻlganligi quokkalar hayotini xavf ostida qoldirgan. Qishloq xoʻjaligi va turar joylar qurilishining koʻpayishi quokkalar yashashi uchun toʻgʻri keladigan maydonlarning qisqarishiga olib kelgan[25].
Materikda taxminan 4000 ta quokka istiqomat qiladi. Ularning deyarli barchasi 50 tadan boʻlib jamoa hosil qilgan holda turli hududlarda yashaydi. Faqatgina bitta guruhdagina 700 tadan ortiq quokka birga istiqomat qiladi, ularning yashash joylari Nappan va Daniya oʻrtasidagi oʻrmonlar hisoblanadi[26][27]. 2015-yilda Northcliffe yaqinidagi oʻrmonda kuchli yongʻin sodir boʻlagan va natijada 500 ta quokka zarar koʻrgan. Tadqiqotlarga koʻra ularning 90% halok boʻlgan[28].
2007-yilda Rottnest orolidagi quokkalar soni 8000 dan 12000 gacha boʻlgan. Ilonlar – Rottest orolida quokkalarga xavf tugʻdiradigan yagona yirtqich hisoblanadi. Kichik Bal orolida boʻlsa quokkalar uchun zarar yetkazadigan hech qanday yirtqich hayvon yoʻq va hududdagi quokkalar soni 600-1000 tani tashkil qiladi. Yoz faslining oxirlariga kelib Rottestda quokkalar soni kamayishni boshlaydi, bunga sabab esa oʻsimliklar barglari qurishi va suv miqdorining keskin pasayishidir.
Quokkalar soni 1930-yildan 1990-yilgacha boʻlgan davrda keskin kamayib ketgan. Natijada ularning tarqalish tezligi keskin tushib ketgan va bu tendensiya bugungi kunga qadar davom etib kelmoqda[29]. Hozirgi kunda ularning soni juda kamligi hisobiga faqatgina Pert oroli oʻrmonlaridagina quokkalarni uchratish mumkin.
Muhofaza qilish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Toʻliq yoʻq boʻlib ketish ehtimoli past boʻlishiga qaramay quokkalar himoyaga muhtoj hayvonlar sirasiga kiradi. Avstraliyada iqlim oʻzgarishiga qarab landshaft ham oʻzgaradi, ammo quokka uchun maʼlum oʻsimliklar saqlanib qolishi ularning oziqlanishi va himoyalanishi uchun juda muhim. Quokkalar uchun gulxayridoshlar oʻsimligi turi asosiy ozuqa manbai hisoblanadi. Kunning eng issiq paytlarida boʻlsa quokkalar ushbu oʻsimlikdan boshpana sifatida foydalanishadi[30]. Hududda yirtqich hayvonlar boʻlmagani sababli quokkalar uchun asosiy tahdid iqlim oʻzgarishi boʻladi. Tadqiqotlarda quokkalarning 700mm dan 1000mm gacha yomgʻir yogʻadigan hududlarda yashashi aniqlangan, ammo hududlardagi bu koʻrsatkichlar vaqt oʻtgani sayin kamayib bormoqda va u yerlarda yashash quokka uchun bir muncha qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin[31][31][32].
Insonlar bilan aloqasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quokkalar odamlardan deyarli qoʻrqmaydi, ayniqsa Rottnest orolidagilari insonlar bilan doʻstona muomalada yashaydi. Quokkalar beozor boʻlishiga qaramay, har yili 10 tacha insonni tishlash holatlari uchrab turadi[33]. Ularga ovqat berish man qilingan. Quokkalar inson tanavvul qiladigan narsalarni yeganida juda tez kasallanib qoladi. Shu sababdan ularga ovqat berishga nisbatan qattiq choralar koʻriladi. Rottnest orolida quokkalarga ovqat berish jinoyatini sodir etganligi uchun 300 dollar miqdorida jarima joriy qilingan[34]. Quokkalarga shavqatsizlarcha muomalada boʻlish ularni oʻldirishga nisbatan 50 ming aqsh dollari yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan[35][36][37].
Avstraliyaning ayrim hayvonot bogʻlarida quokkalarni uchratish mumkin. Shu jumladan Perth hayvonot bogʻi, Taronga hayvonot bogʻi, Sidney hayvonot bogʻi, Adelaida hayvonot bogʻi va Kaversham hayvonot bogʻlaridai[38][39][40][41][42][43].
Quokka bilan suratlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010-yillarning oʻrtalarida quokalar „dunyoning eng baxtli hayvonlari“ va ijobiylikning ramzi sifatida internetda mashhur boʻlgan, chunki ular bilan suratga tushish uchun oldilariga kamera bilan kelsangiz tabassum qiladi[44]. Oʻshandan beri koʻplab tabassum qilayotgan quokka fotosuratlari mashhur boʻlgan[45] va „quokka selfie“ ijtimoiy tarmoqlarda mashhur tendentsiyaga aylandi. Chris Hemsworth, Shawn Mendes, Margot Robbie, Roge Federer va Kim Donghyuk kabi mashhurlar ham quokka bilan suratga tushgan[46]. Bu voqeadan soʻng Rottnest orollariga tashrif buyuradigan sayyohlar soni keyinchalik oshgan[45].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „the happiest animals on earth Quokkas“. Rottnest Island Wildlife. Qaraldi: 2021-yil 7-fevral.
- ↑ Sinclair, Elizabeth. „Australian endangered species: Gilbert's Potoroo“ (en). The Conversation. Qaraldi: 2017-yil 20-oktyabr.
- ↑ Warburton, Natalie M.; Yakovleff, Maud; Malric, Auréline (2012). "Anatomical adaptations of the hind limb musculature of tree-kangaroos for arboreal locomotion (Marsupialia : Macropodinae)". Australian Journal of Zoology 60 (4): 246–158. doi:10.1071/ZO12059. https://researchrepository.murdoch.edu.au/id/eprint/13061/.
- ↑ „Quokka videos, photos and facts - Setonix brachyurus“ (en-GB). Arkive.org. 2018-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-mart.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 Burrell. „Animal Species: Quokka“. australian.museum (2015-yil 30-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 18-mart.
- ↑ Giaimo, Cara. „5 Strange Facts About Quokkas“ (en-US). The New York Times (2020-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 28-oktyabr.
- ↑ McLean, Ian G.; Schmitt, Natalie T. (1999). "Copulation and associated behavior in the quokka, Setonix brachyurus". Australian Mammalogy 21: 139–142. doi:10.1071/AM99139. https://www.researchgate.net/publication/260798976.
- ↑ „Quokka Facts | Quokkas | Australian Marsupials“. animalfactguide.com. Qaraldi: 2016-yil 25-avgust.
- ↑ Hayward, Matt W.; de Tores, Paul J.; Augee, Michael L. et al. (2005). "Mortality and survivorship of the quokka (Setonix brachyurus)(Macropodidae: Marsupialia) in the northern jarrah forest of Western Australia". Wildlife Research 32 (8): 715–722. doi:10.1071/WR04111. Archived from the original on 7 March 2019. https://web.archive.org/web/20190307173734/https://ibs.bialowieza.pl/g2/pdf/1617.pdf.
- ↑ Dixon, R. M. W.. Australian Aboriginal Words in English: Their Origin and Meaning, 2nd, Oxford: Oxford University Press, 2006. ISBN 0-19-554073-5.
- ↑ „Quokka - WWF-Australia“. www.wwf.org.au. Qaraldi: 2022-yil 2-noyabr.
- ↑ „Meet the Quokka | The Nature Conservancy Australia“ (en-AU). The Nature Conservancy Australia. Qaraldi: 2022-yil 2-noyabr.
- ↑ Flannery, Tim. Chasing Kangaroos: A Continent, a Scientist, and a Search for the World's Most Extraordinary Creature (en). Open Road Grove/Atlantic, 2008 — 30-bet. ISBN 9781555848217.
- ↑ Van Keulen, Joannes „Het Westelykste Gedeelte van 't Land vande Eendragt of Nova Hollandia Strekkende van het Eyland Rottenest lot voorby de Willems Rivier“. National Library of Australia (1753). Qaraldi: 2021-yil 17-mart.
- ↑ „Quokka“. Australian Museum. Qaraldi: 2016-yil 25-avgust.
- ↑ Burrell, Sue „Quokka“ (en). The Australian Museum. The Australian Museum. Qaraldi: 2024-yil 16-sentyabr.
- ↑ Scholtz, E. J.; DeSantis, L. R. G. (21 February 2020). "Invasive species, not environmental changes, restrict the population and geographical range of the quokka (Setonix brachyurus)". Journal of Zoology 311 (2): 106–115. doi:10.1111/jzo.12765. ISSN 0952-8369. https://doi.org/10.1111/jzo.12765.
- ↑ „A close encounter of the furry kind“. Australian Geographic (2010). 2013-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 22-aprel.
- ↑ Poole, H. L.; Mukaromah, L.; Kobryn, H. T.; Fleming, P. A. (2015). "Spatial analysis of limiting resources on an island: diet and shelter use reveal sites of conservation importance for the Rottnest Island quokka". Wildlife Research 41 (6): 510–521. doi:10.1071/WR14083.
- ↑ Burrell, Sue „Animal Species: Quokka“. australian.museum (2015-yil 30-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 18-mart.
- ↑ Poole, H. L.; Mukaromah, L.; Kobryn, H. T.; Fleming, P. A. (2015). "Spatial analysis of limiting resources on an island: diet and shelter use reveal sites of conservation importance for the Rottnest Island quokka". Wildlife Research 41 (6): 510–521. doi:10.1071/WR14083.
- ↑ „Quokkas and Wildlife“. Rottnest Island. 2016-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 25-avgust.
- ↑ Jones, Ann. „Quokka smiles mask pain on Rottnest Island“. Radio National. Australian Broadcasting Corporation (2016-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 14-dekabr.
- ↑ de Tores, Paul; Williams, Richard; Podesta, Mia; Pryde, Jill „Quokka (Setonix brachyurus) Recovery Plan“. Bentley, WA: Department of Environment and Conservation, Government of Western Australia (2013-yil yanvar). Qaraldi: 2017-yil 3-may.
- ↑ Nocon. „Sentonix Brachyurus“. Quokka. University of Michigan. Qaraldi: 2013-yil 30-sentyabr.
- ↑ de Tores. „Quokka (Setonix brachyurus) Recovery Plan“. Department of Environment and Conservation, Government of Western Australia (2013-yil yanvar). Qaraldi: 2017-yil 3-may.
- ↑ Bain. „The ecology of the quokka (Setonix brachyurus)in the southern forests of Western Australia“. University of Western Australia. School of Animal Biology (2015-yil iyun). Qaraldi: 2017-yil 3-may.
- ↑ Mainland quokka population decimated after 2015 bushfire near Northcliffe – ABC News (Australian Broadcasting Corporation).
- ↑ de Tores, Paul; Matt W., Hayward; Dillon, Michael J.; Brazell, Robert I. (2007). "Review of the distribution, causes for the decline and recommendations for management of the quokka, Setonix brachyurus (Macropodidae: Marsupialia), an endemic macropodid marsupial from south-west Western Australia.". Conservation Science Western Australia 6 (1): 13–73. ISSN 1447-3682. https://www.researchgate.net/publication/232957252.
- ↑ Poole, Holly L.; Mukaromah, Laily; Kobryn, Halina T.; Fleming, Patricia A. (4 March 2015). "Spatial analysis of limiting resources on an island: diet and shelter use reveal sites of conservation importance for the Rottnest Island quokka" (en). Wildlife Research 41 (6): 510–521. doi:10.1071/WR14083. ISSN 1448-5494. https://www.publish.csiro.au/wr/WR14083.
- ↑ 31,0 31,1 Gibson, Lesley; McNeill, Asha; Tores, Paul de; Wayne, Adrian; Yates, Colin (1 November 2010). "Will future climate change threaten a range restricted endemic species, the quokka (Setonix brachyurus), in south west Australia?" (en). Biological Conservation 143 (11): 2453–2461. doi:10.1016/j.biocon.2010.06.011. ISSN 0006-3207. https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S0006320710002776.
- ↑ to 15,000 mature individuals worldwide. „Quokka | San Diego Zoo Animals & Plants“. animals.sandiegozoo.org. Qaraldi: 2023-yil 23-mart.
- ↑ „Quokka“. rove.me. Qaraldi: 2019-yil 6-mart.
- ↑ Rottnest Island Regulations 1988 (WA), rr
- ↑ „Quokka cruelty: French tourists fined after pleading guilty to burning animal on Rottnest Island - ABC News (Australian Broadcasting Corporation)“. Abc.net.au (2015-yil 17-aprel). Qaraldi: 2016-yil 25-avgust.
- ↑ Rottnest Island Regulations 2007 (WA), r 40
- ↑ Squires, Nick (12 January 2003).
- ↑ „Quokka - Perth Zoo“. perthzoo.wa.gov.au.
- ↑ „Quokka“. taronga.org.au (2010-yil 10-iyul). 2018-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 24-aprel.
- ↑ „Our Quokkas Have Arrived (1)“. www.wildlifesydney.com.au.
- ↑ „Quokka Fact Sheet - Adelaide Zoo“. adelaidezoo.com.au.
- ↑ „Baby Quokka Makes Debut at Adelaide Zoo“. Northern Territory News (2022-yil 15-mart). Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Caversham Wildlife Park“. Whiteman Park.
- ↑ „Wildlife photographer Suzana Paravac's photo of a quokka nibbling leaf into heart captivates Instagrammers“. The West Australian (2019-yil 2-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 3-iyul.
- ↑ 45,0 45,1 Jones. „Quokka smiles mask pain on Rottnest Island“. ABC (2016-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 3-iyul.
- ↑ Rintoul. „Shawn Mendes becomes latest celeb to rack up Instagram likes with quokka selfie at Rottnest“. The West Australian (2019-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 3-iyul.