Qunduz Joʻldubayeva
Qunduz Joʻldubayeva (qirgʻizcha: Жолдубаева Кундуз Асылбековна) (1984. 06. 27. Norin viloyati, Norin shari) Qirgʻiziston SDP siyosiy partiyasi raisi oʻrinbosari, partiya siyosiy kengashi aʼzosi[1]. Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning maslahatchisi[2]. 2001-2005-yillarda Mahmud Qoshg‘ariy-Barskoniy nomidagi Sharq universiteti (sobiq Qirg‘iziston-Quvayt universiteti) jurnalistika fakultetida tahsil olgan. 2012-yilda Ichki ishlar vazirligining Ergash Aliyev nomidagi akademiyasini huquqshunoslik yo'nalishini imtiyozli diplom bilan tamomlagan[3].
Umrbayoni
[tahrir | manbasini tahrirlash]2005-yildan 2010-yilgacha – Milliy teleradioeshittirish korporatsiyasi (KTRK) “Ala-Too” dasturining maxsus muxbir-siyosiy kuzatuvchisi.
2010-2015 – 5-kanalning maxsus muxbiri. Bu davrda u 2010-yildagi aprel va iyun voqealari haqida bir qator maxsus surishtiruv reportajlarini tayyorladi.
2011-yil - BMTTDning Janubiy mintaqani qayta tiklash loyihasi rasmiy veb-saytining kontentni boshqarish boʻyicha milliy eksperti (Inqirozdan keyingi davrda "Oʻsh va Jalolobod shaharlarini tez orada qayta tiklash, rekonstruktsiya qilish uchun ehtiyojlarni baholash bo'yicha davlat salohiyatini oshirish direksiyasi).