Quidditch
Quidditch /ˈkwɪdɪtʃ/ yozuvchi Rowling tomonidan "Harry Potter" asari uchun oʻylab topilgan hayoliy sport turi. Oʻyin birinchi marta "Harry Potter va hikmatlar toshi" (1997) asarida paydo boʻlgan. Bu afsungarlar va afsungarlar uchadigan supurgi minib oʻynaydigan xavfli, ammo mashhur sport turi.
Oʻyinlar katta oval maydonda oʻtkaziladi. Har bir tomonida turli balandlikdagi uchta halqa hamda har birida yettita oʻyinchidan iborat ikkita qarama-qarshi jamoa oʻrtasida oʻtkaziladi. Jamoa tarkibi quyidagicha: uchta himoyachi, ikkita ovchi (hujumchi), qoʻriqchi (darvozabon) va izlovchilardan iborat. Ovchi va qoʻriqchi mos ravishda Quaffle bilan gol urishadi va gollarni himoya qilishadi. Himoyachilar raqibni jamoadoshlaridan uzoqda saqlashadi va raqiblari tomon zarba berishdi. Izlovchi Oltin Snitchni topadi va ushlaydi. Oltin Snitchning qoʻlga olinishi bir vaqtning oʻzida Izlovchining jamoasiga 150 ochko olib keladi va oʻyinni yakunlanadi. Oʻyin soʻngida eng koʻp ochko toʻplagan jamoa gʻalaba qozonadi.
Harry Potter Hogwartsdagi uy jamoasida Izlovchi rolida oʻynaydi. Seriya davomida mintaqaviy va xalqaro Quidditch musobaqalari tilga olinadi. Ushbu sportning tarixiy jihatlari Rowling tomonidan 2001-yilda nashr etilgan "Quidditch Through the Ages" kitobida ochib berilgan.
Oʻyinning real hayotdagi turi ham ishlab chiqildi. Unda oʻyinchilar supurgidan foydalanadilar. Ammo uchish oʻrniga yuguradilar.
Oʻyin tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rowling oʻsha paytdagi Manchesterda yashash vaqtida bu sport turini oʻylab topdi. U shunday deb tushuntirdi: „Men jamiyatni birlashtirishni oʻylardim va menga sport kerakligini bilardim“[1]. Roulingning taʼkidlashicha, „Quidditch“ soʻzi biron bir etimologik ildizdan olingan emas, balki daftarning besh sahifasidagi ilk soʻzlarning bosh harflari jamlanmasi[2].
Kitoblardagi soʻnggi Quidditch sahnasi "Garry Potter va tilsim shahzodasi"da paydo boʻladi. Rowling Luna Lavgdning esda qolarli soʻzlarini ushbu sahnada ishlatadi.
Quidditch "Harry Potter va hikmatlar toshi"da tilga olingan va keyingi beshta kitobda muntazam takrorlanib kelgan. U professionallar va havaskorlar tomonidan oʻynaladigan oʻyin tarzida tasvirlangan. Harri Potter haqidagi beshta kitobning asosiy shiddatli voqeasi har oʻquv yilida Quidditch kubogi uchun toʻrtta Hogwarts guruhlari oʻrtasidagi raqobatdir. Xususan, Gryffindor va Slytherin oʻrtasidagi raqobat.
2014-yilda Rowling Pottermoredagi Quidditch Jahon Kubogi finali haqida soʻz ochadi. Voqealar rivojida Harry, Ron, Hermionalarning katta yoshda qaytishi va Quidditch oʻyinlarida ishtirok etishi tasvirlanadi. Bu bir nechta ommaviy axborot vositalarida qiziqish uygʻotdi. Chunki bu Harry Potter qahramonlari haqidagi 2007-yildagi yakuniy qismdan soʻng yozilgan edi[3][4][5].
Oʻyinning rivojlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Supurgilar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Supurgilar sehrgarlar va jodugarlar uchun transport turlaridan biri boʻladi. Shuningdek, Quidditch oʻynash uchun ishlatiladi. Kitoblardagi eng koʻzga koʻringan uchta supurgi – bu „Nimbus 2000“, „Nimbus 2001“ va „Firebolt“. Supurgilar Warner Bros tomonidan mahsulot sifatida ishlab chiqarilgan[6].
Nimbus sehrgarlar olamidagi eng yaxshi supurgilardan biri sifatida taqdim etilgan. Harry Gryffindor guruhida oʻynashi uchun „Nimbus 2000“ beriladi. "Sirlar palatasi" filmida Lucius Malfoy Slytherin jamosiga yordam sifatida yanada ilgʻor „Nimbus 2001“ toʻliq toʻplamini sotib oladi. Shuning uchun ular oʻsha yili uning oʻgʻli Draconi izlovchi sifatida tanlashadi.
„Firebolt“ keyinchalik mavjud boʻlgan eng tezkor va eng qimmat poyga supurgilaridan biri sifatida 'Nimbus 2001"ni ham ortda qoldiradi. Harry oʻzining 'Nimbus 2000" supurgisiga shikast yetganidan keyin choʻqintirgan otasi Sirius Blackan „Firebolt“ modelini oladi.
Quidditch Snitchni ushlashga urgʻu bergani uchun tanqid qilingan[7]. Snitchga urgʻu berilganligi sababli, huquqshunos olim William Baude Quidditchni „haqiqatan ham ahmoqona oʻyin“ deb atagan[8].
Shu nomdagi joylar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Haqiqiy dunyoda Harry Potterdan ancha oldin boʻlgan „Quidditch“ soʻzi baʼzi ingliz joy nomlarida uchraydi. Yana bir manbada „loy-xandaq“ soʻzidan kelib chiqqanligi aytiladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Furness. „JK Rowling invented Quidditch after a row with her boyfriend“. The Telegraph. 2022-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-may.
- ↑ „J.K. Rowling on The Diane Rehm Show“. WAMU. Qaraldi: 2017-yil 29-may.
- ↑ Tobar, Hector. „J.K. Rowling covers the '2014 Quidditch World Cup'“. LA Times (2014-yil 17-aprel). Qaraldi: 2017-yil 7-may.
- ↑ Flood. „Harry Potter makes first appearance for seven years as he turns 34“. The Guardian (2014-yil 8-iyul). Qaraldi: 2017-yil 7-may.
- ↑ Gibson, Megan. „J.K. Rowling Just Published a New Harry Potter Story“. Time. Qaraldi: 7 May 2017.
- ↑ MacDonald, Brady. „Let's go on a virtual shopping spree at Universal's new Wizarding World“. LA Times (2016-yil 24-mart). Qaraldi: 2017-yil 29-may.
- ↑ Manfred. „Sorry Harry Potter Fans, Quidditch Is The Dumbest Sport Ever“. Business Insider. Qaraldi: 2017-yil 10-sentyabr.
- ↑ Baude, Will. „The Volokh Conspiracy: More thoughts on the rules of Quidditch“. The Washington Post (2014-yil 14-may). Qaraldi: 2021-yil 3-iyul.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |