Kontent qismiga oʻtish

Qayladon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Berlindagi Qirollik chinni fabrikasida ishlab chiqarilgan qayladon

Qayladon — bu sous yaʼni qaylani dasturxonga tortishga moʻljallangan, tutqichli ogʻzi ochiq idish. Uning hajmi 35 ml dan 450 ml gacha boʻlishi mumkin. Baʼzan tegida likopcha bilan birgalikda qoʻyiladi[1].

Qaylalar saqlanadigan maxsus idishlar antik davrlardan buyon ishlatib kelingan. Biroq, zamonaviy koʻrinishdagi qayladonlardan foydalanish 17-asrning ikkinchi yarmida, fransuz bogʻida ommalashgan. Bizgacha yetib kelgan qadimgi qayladonlar taxminan 1690-yilga toʻgʻri keladi. Ular kumushdan yasalgan. Ikkita tutqichi va suyuqlikni quyishga moʻljallangan ikkita burunchasi boʻlgan. Ushbu qayladonlar oʻsha davrda urfda boʻlgan Nuvel oshxonasiga(fransuzcha: nouvelle cuisine, „yangi oshxona“) javoban ixtiro qilingan degan fikrlar mavjud. U yerda xoʻrrandalar uchun yengil taomlar tortilgan. 18-asrda, Fransiyaning taʼsiri ostida, bu turdagi oshxona anjomlari Angliyada paydo boʻldi. U yerda ham dastlab kumushdan, 1740-yilldan boshlab esa chinnidan yasalgan. Xitoy chinnisiga boʻlgan qiziqish susayganligi sababli, qayladonlarni ishlab chiqarish ingliz sanoatining muhim qismiga aylandi. Ularning aksariyatining mahsulot assortimentida bu turdagi oshxona buyumi bor edi.

Ilgari faqat badavlat kishilar foydalanishi mumkin boʻlgan qayladonlar 18-asrning ikkinchi yarmidan oʻrta sinf vakillari orasida ham ommalasha boshladi. Ularning dizayni soddalashtirildi, shakllarning xilma-xilligi ortdi, kumushdan foydalanishga boʻlgan talab kamaydi. Avvallari ishlab chiqaruvchilarning bir nechtasigina toʻliq serviz toʻplamlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullangan. 1754-yilda Vejvud ingliz kompaniyasi tomonidan qaymoq rangdagi yumshoq chinnining ixtiro qilinishi ilgari ogʻir mehnatni talab qilgan katta hajmdagi idishlarni tayyorlash jarayonini sezilarli darajada soddalashtirib berdi. Oʻsha vaqtdan beri qayladonlar oshxona serviz toʻplamlarining ajralmas qismiga aylandi.

  1. Товарный словарь 1960.