Kontent qismiga oʻtish

Qattiqlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qattiqlik jismlarning bir-biriga botish darajasi bilan aniqlanadigan qiymat boʻlib, bir jismning ikkinchi jismni botishiga qarshilik koʻrsatish xususiyatidir.

Qattiqlik — 1) metallurgiyada — biror jism (mas, metall)ning qattiq jismning botishiga koʻrsatadigan qarshiligi; jismning mustahkamlik va plastiklik xossalariga hamda oʻlchash usuliga bogʻliq murakkab xossa. Koʻpincha, qattiqlikni oʻlchash uchun botirish usulidan foydalaniladi. Bunda qattiqlikning qiymati botirish kuchining botirilgan jism sinalayotgan namuna sirtida qoldirgan iziga nisbati bilan ifodalanadi. Jismlarning qattiqlikligi, odatda, Brinell usuli (toblangan poʻlat sharcha botirish yoʻli bilan), Rokvell usuli (toblangan sharcha yoki olmos konus botirish yoʻli bilan) va Vikkers usuli (olmos piramida botirish yoʻli bilan)da aniqlanadi. Qattiqlikni aniqlashning Shor usuli ham bor (poʻlat sharchaning sinalayotgan namunaga urilishidan keyin qaytish balandligini oʻlchashga asoslangan). Qattiqlik ultratovush tebranishlar yordamida ham aniqlanadi. Qattiqlik Brinell usulida NV, Rokvell usulida NK, Vikkers usulida esa NU bilan ifodalanadi. Qattiqlikni aniqlash usuli sinalayotgan materialning qattiqlikligi, uning oʻlchami va shakliga qarab tanlanadi; 2) materialshunoslikda — bino, inshoot va mashinalar konstruksiyalarining deformatsiya (egilish, choʻzilish, buralish va boshqalar) ga qarshilik koʻrsatish xususiyati. Konstruksiyaning geometrik kesimiga va materialning fizik xossalariga bogʻliq boʻladi. Bino, inshoot va mashinalar tayyorlashda qattiqlik hisobga olinadi; 3) qattiqlik Suvning qattiqligi.