Kontent qismiga oʻtish

Qamariddin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qamariddin (14-asr) - Moʻgʻuliston xoni (1365 — taxminan 1390-yil boshi). Dugʻlat qabilasidan. Moʻgʻuliston davlati asoschilaridan amir Poʻlodchining ukasi. Ilyosxojani oʻldirib taxtni egallab olgan. Tugʻluq Temur avlodlarini qatl ettirgan. Amir Temur davlati hududiga doimiy xavf tugʻdirib turgani tufayli Sohibqiron unga qarshi 1370-1371, 1375, 1376, 1377, 1383, 1389-yillarda Moʻgʻulistonga qoʻshin tortgan va har gal raqibini tormor qilgan. 1375-yildagi yurishda Qamariddinning qizini oʻz nikohiga olgan. 1390-yil Sohibqiron Qamariddinni butunlay tormor keltirish uchun Moʻgʻulistonga yurish qilgan, u Irtish daryosi tomon chekingan. Amir Temur qoʻshini Irtishga yetib kelganda Qamariddin shimolga qochgan. Muhammad Haydarning "Tarixi Rashidiy" asarida keltirilgan moʻgʻul rivoyatiga koʻra, Qamariddin umrining oxirida istisqo kasali bilan ogʻrib shimoldagi oʻrmonlarga bedarak ketgan.