Protorenessans
Protorenessans (yun. protos - bi-rinchi, frans. Renaissance — uygʻonish) — Uygʻonish davri sanʼatiga zamin yaratgan Italiya madaniyatining ilk bosqichi (13—14-asr boshlari). "P." atamasi shveysariyalik tarixchi Ya. Burkhard tomonidan ilk bor qoʻllangan. P. erkin shaharlarning jadal rivojlanib kengayishi, ishlab chikaruvchi kuchlar va savdosotiqning oʻsishi bilan bogʻliq. Sanoat va madaniyat gurkirab taraqqiy eta boshladi, dunyoviy fanlarga qiziqish va antik merosga eʼti-bor ortdi. Bu oʻzgarishlar Florensiya, Piza, Siyena, Genuya, Milanda, ayniqsa, Venetsiyada juda sezilarli boʻldi. Yangi davr sanʼatining ilk belgilari adabiyot (Dante, Petrarka, Bokachcho), meʼmorlik (Arnolfo di Kambio va boshqalar), xaykaltaroshlik (N. Pizano va boshqalar), rassomlik (P. Kavallini, Jotto) sanʼa-tida namoyon boʻla boshladi. Jumladan, Kavallini gotika shakllariga xotir-jamlik va muvozanat kiritsa, Jotto di-niy mavzularni hayotiy aks ettira boshladi, fazoviy kenglikni oʻzlashtirib tasvirlanuvchilarning salobatli va ulugʻvor qiyofalarini yaratdi, insoniy munosabatlar — xudbinlik va olijanoblikni ishonarli aks ettirdi (Jottoning Paduyadagi del Arena kapellasiga ishlagan devoriy rasmi, 1303—1305).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |