Kontent qismiga oʻtish

Portal:Matematika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Matematika portali

Matematika (qadimgi yunoncha: μᾰθημᾰτικά; μάθημα — „bilim“, „fan“) — aniq mantiqiy mushohadalarga asoslangan bilimlar haqidagi fan. Dastlabki obyekti sanoq boʻlgani uchun koʻpincha unga „hisob-kitob haqidagi fan“ deb qaralgan (bugungi matematikada hisoblashlar, hatto formulalar ustidagi amallar juda kichik oʻrin egallaydi). Matematika eng qadimiy fanlardan biri boʻlib, uzoq rivojlanish tarixini bosib oʻtgan va buning barobarida „matematika nima?“ degan savolga javob ham oʻzgarib, chuqurlashib borgan. Yunonistonda matematika deganda geometriya tushunilgan. IX—XIII asrlarda matematika tushunchasini algebra va trigonometriya kengaytirgan. (Davomi...)

Yaxshi maqola

Tenglama — ikki yoki undan oshiq ifodalarning oʻzaro bogʻlanganini koʻrsatuvchi matematik tenglik. Tenglamalardan matematikaning barcha nazariy va amaliy sohalarida hamda fizika, biologiya va boshqa ijtimoiy fanlarda foydalaniladi. Tenglamada bir yoki undan koʻp nomaʼlum qiymat boʻladi va ular oʻzgaruvchilar yoki nomaʼlumlar deb ataladi. Nomaʼlumlar odatda harflar yoki boshqa belgilar bilan ifodalanadi. Tenglamalar ulardagi oʻzgaruvchilar soniga qarab nomlanadi. Masalan, bir oʻzgaruvchili tenglama, ikki oʻzgaruvchili tenglama va hokazo. Tenglamada ifodalar odatda tenglik belgisining (=) ikki tomoniga yoziladi. Masalan, x 3 = 5 tenglamasi x 3 ifodasi 5 ga teng ekanligini taʼkidlaydi. Tenglik belgisini (=) uelslik matematik Robert Recorde oʻylab topgan. U ikki bir xil uzunlikdagi parallel toʻgʻri chiziqlardan tengroq narsa boʻlmaydi deb hisoblagan. (Davomi...)

Tanlangan tasvir

Eratosfen elagi — butun son gacha boʻlgan barcha tub sonlarni topish algoritmi boʻlib, qadimiy grek matematigi Eratosfen Kireniyga bagʻishlab nomlangan. Eratosfen elagi algoritmi kichik (odatda, 10 milliondan kichik boʻlgan) tub sonlar topishning eng tez uslub hisoblanadi.

Matematikaga doir maqolalar
Algebra
Algebra
Algebra
Geometriya
Geometriya
Geometriya
Analiz
Analiz
Matematik analiz


son
son
Sonlar nazariyasi
Topologiya
Topologiya
Topologiya
Ehtimollik nazariyasi va matematik statistika
Ehtimollik nazariyasi va matematik statistika
Ehtimollik nazariyasi va matematik statistika
Kalkulator
Kalkulator
Amaliy matematika


Mantiq
Toʻplamlar nazariyasi
Toʻplamlar nazariyasi
Toʻplamlar nazariyasi
Diskret matematika
Diskret matematika
Diskret matematika
? Tadqiqotlar va boshq.

Loyiha

VikiLoyihalar Matematika loyihasi doirasida Vikipediyada matematika bilan bogʻliq mavzularda maqolalar yozishni taklif etamiz.

Boshqa portallar

Portallar yordamida Vikipediyani kashf eting.