Polimenorreya
Polimenorreya (tez-tez hayz koʻrish) – menstrual sikllar oraligʻi 21 kundan qisqa boʻlgan hayz davrining buzilishidir[1][2][3]. Polimenorreyada sikllar muntazam va hayz siklidagi qon miqdori normal boʻladi[3]. Normal holda, hayz koʻrish davri 25 kundan 30 kungacha, oʻrtacha davomiyligi 28 kunni tashkil etadi[2].
Polimenorreya odatda anovulyatsiya (ovulyatsiyaning amalga oshmasligi), luteal fazaning yetarli emasligi yoki qisqaligi va/yoki qisqa follikulyar faza tufayli yuzaga keladi[4][5]. Polimenorreya balogʻat va oʻsmirlik davrida gipotalamo-gipofizar-gonadal oʻqning yaxshi rivojlanmaganligi tufayli kuzatiladi[4]. Qisqa hayz davrlari erta perimenopauzada (menopauzaga oʻtish) davrida ham koʻp uchraydi[6][7]. Giperprolaktinemiya, gipotireoz, gipertireoz, Kushing sindromi va akromegaliya kabi baʼzi endokrin kasalliklar polimenorreyaga olib kelishi mumkin[8][9]. Klassik simptom hisoblanmasa-da, polimenorreya bachadon miomasi natijasida paydo boʻlishi ham mumkin[10]. Polimenorreya, qon yoʻqotish tufayli anemiya va temir tanqisligiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, luteal fazaning yetarli emasligi va shuning uchun progesteron yetishmovchiligi tufayli polimenorreya endometriy saratoni xavfining ortishiga sabab boʻlishi mumkin[11].
Polimenorreya odatda vaqtinchalik yuzaga kelib, oʻz-oʻzidan oʻtib ketadi, shuning uchun maxsus davolanishni talab qilmaydi. Agar bu holat uzoq davom etsa yoki tez-tez hayz koʻrish tufayli sezilarli qon yoʻqotish boʻlsa, davo choralari koʻrsatilishi mumkin[4]. Davolashning asosiy yoʻnalishlari ovarial siklning luteal bosqichida progestogen yoki kombinatsiyalangan ogʻiz kontratseptiv tabletkalaridan foydalanishdan iborat[4].
Polimenorreya baʼzan metrorragiya (menstrual sikllar orasidagi hayzli qon ketish) bilan adashtirilishi mumkin[3]. Uni muntazamligi bilan metrorragiyadan ajratish mumkin[3][12]. Ushbu holatni polimenorreya va menorragiyaning kombinatsiyasi boʻlgan polimenorragiyadan ham farqlay bilish lozim.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Review of the confusion in current and historical terminology and definitions for disturbances of menstrual bleeding". Fertil Steril 90 (6): 2269–80. December 2008. doi:10.1016/j.fertnstert.2007.10.060. PMID 18258230.
- ↑ 2,0 2,1 "The Normal Menstrual Cycle and the Control of Ovulation". Endotext. 5 August 2018. PMID 25905282. https://www.ncbi.nlm.nih.gov/books/NBK279054/.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 Tamara Callahan. Blueprints Obstetrics and Gynecology. Lippincott Williams & Wilkins, 28 January 2013 — 296–-bet. ISBN 978-1-4511-1702-8. OCLC 1023316161.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 "Menstrual irregularities. Evidence-based clinical practice". Endocr Dev 7: 129–39. 2004. doi:10.1159/000077081. PMID 15045790.
- ↑ "Abnormal uterine bleeding". Am Fam Physician 60 (5): 1371–80; discussion 1381–2. October 1999. PMID 10524483. https://www.aafp.org/pubs/afp/issues/1999/1001/p1371.html.
- ↑ "Menorrhagia and abnormal bleeding before the menopause". Best Pract Res Clin Obstet Gynaecol 18 (1): 59–69. February 2004. doi:10.1016/j.bpobgyn.2003.10.003. PMID 15123058.
- ↑ „The ageing female reproductive axis II: Ovulatory changes with perimenopause“, Endocrine Facets of Ageing, Novartis Foundation Symposia, 2002 — 172–86; discussion 186–92-bet. DOI:10.1002/0470846542.ch11. ISBN 9780471486367.
- ↑ Unuane, David; Tournaye, Herman; Velkeniers, Brigitte; Poppe, Kris (December 2011). "Endocrine disorders & female infertility". Best Practice & Research Clinical Endocrinology & Metabolism 25 (6): 861–873. doi:10.1016/j.beem.2011.08.001. ISSN 1521-690X. PMID 22115162.
- ↑ Kalro, Brinda N (September 2003). "Impaired fertility caused by endocrine dysfunction in women". Endocrinology and Metabolism Clinics of North America 32 (3): 573–592. doi:10.1016/S0889-8529(03)00041-0. ISSN 0889-8529. PMID 14575026. https://archive.org/details/sim_endocrinology-and-metabolism-clinics-of-north-america_2003-09_32_3/page/573.
- ↑ Swaraj Batra. Case Discussions in Obstetrics and Gynecology. Jaypee Brothers Medical Publishers Pvt. Ltd., 2011 — 231–-bet. ISBN 9789350258484. OCLC 856017557.
- ↑ "Progestogen deficiency and endometrial cancer risk". Maturitas 62 (4): 334–7. April 2009. doi:10.1016/j.maturitas.2008.12.018. PMID 19231117.
- ↑ Abnormal Vaginal Bleeding. Butterworths, 1990. ISBN 9780409900774.