Piti
Piti (ozarbayjoncha: Piti) — koʻmir ustida sopol qozonda tayyorlanadigan Ozarbayjon milliy qoʻy goʻshti (koʻkrak qismi) dan tayyorlangan shoʻrva. Tayyorlash uchun odatda maxsus pitishnitsa qozoni[1] ishlatiladi — taxminan bir litr hajmli ichkari qismi loydan yasalgan idish. Piti — Ozarbayjonning asosiy milliy taomlaridan biri[2]. Ushbu taom arman oshxonasida „putuk“ nomi bilan ham tanilgan (armancha: պուտուկ)[2].
Masalliqlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tayyorlangan (oldindan pishirilgan) kashtan, noʻxat, qora qalampir, piyoz, sarimsoq, qoʻy goʻshti pitiga joylashtiriladi. Xozirda kashtanlarni kartoshka bilan almashtira boshladilar, tugʻralgan hushboʻy koʻkatlar qoshiladi. Piti kamida bir soat davomida pishiriladi, har bir qismi alohida idishda boʻladi, u yerga barcha mahsulotlar joylashtiriladi, qaynoq suv quyilib va qopqoq bilan mahkam yopiladi.
Sheki piti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Piti — Bokudan 370 km uzoqlikda joylashgan Sheki shahrining ramzi. Cennet Bagi restorani egasi Zamir Salaxovning soʻzlariga koʻra, taomni mahalliy dehqonlar ixtiro qilgan[3]. Shekiliklar taom toʻyimli boʻlgani uchun pitini bir taom ichida ikkita taom deyishadi[4]. Shekida bu shoʻrva 8 soat davomida pechda, loydan yasalgan qozonlarda pishiriladi.
Tayyorlash katta sariq Sheki noʻxatlarini taxminan uch soat davomida suvda tindirish bilan boshlanadi, soʻngra 300 ml hajmli qozonlarning pastki qismiga joylashtiriladi. Noʻxat qozon hajmining uchdan bir qismini egallashi kerak. Noʻxat ustiga mayda boʻlaklarga boʻlingan qoʻy goʻshti — taxminan 100 gramm, soʻngra masalliqlar ustini qoplash uchun ustiga qoʻy yogʻining bir qismi qoʻyiladi, dasturxonga tortishda bir necha daqiqa avval har bir idishga shafran qoʻshiladi. Pitiga anʼanaviy pita noni, tuzlangan bodring va qon uchun foydali deb hisoblangan sumak qoʻshiladi. Pitining oʻziga xos xususiyati, shuningdek, uning dasturxonga maxsus usulda tortilishidir, shoʻrva va goʻshtni ajratish uchun yaqinroq qilib likobchalar ham marxamat qilinadi. Fevral oyi piti tayyorlash uchun mukammal oy hisoblanadi[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Титюнник А. И., Новоженов Ю. М. „Азербайджанская кухня“, . Советская национальная и зарубежная кухня, 2-е 100000 экз, М.: «Высшая школа», 1981 — 138-bet.100000 экз&rft.pub=«Высшая школа»&rft.place=М.&rft.pages=138">
- ↑ 2,0 2,1 Похлебкин 1978.
- ↑ Sergio Cantone. „Piti, a rich taste of Azerbaijan“ (en). euronews (2018-yil 27-avgust). 2020-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-noyabr.
- ↑ Jeyran Bayramova. „Magic Pot of Piti“ (en). Visions of Azerbaijan (2013-yil 1-avgust). 2019-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-noyabr.
- ↑ Emil Eyyubov. „A tasty journey through Azerbaijan: Sheki and Ganja cuisine“ (en). AZERTAC (2018-yil 26-sentyabr). 2019-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-noyabr.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- В. В. Похлебкин „Азербайджанская кухня“, . Национальные кухни наших народов, 600000 экз, М.: Легкая и пищевая промышленность, 1978.600000 экз&rft.pub=Легкая и пищевая промышленность&rft.place=М.">
- Poxlyobkin V. V. Piti // Kulinarniy slovar. — M.: Izdatelstvo „E“, 2015. — S. 289—290. — 456 s. — 4000 ekz. — ISBN 978-5-699-75127-3.
- Piti // Kultura pitaniya. Ensiklopedicheskiy spravochnik / Pod red. I. A. Chaxovskogo. — 3-e izdanie. — Mn.: „Belorusskaya ensiklopediya imeni Petrusya Brovki“, 1993. — S. 266. — 540 s. — ISBN 5-85700-122-6.