Kontent qismiga oʻtish

Panjob madrasasi

Koordinatalari: 39°38′37.00″N 66°55′45.01″E / 39.6436111°N 66.9291694°E / 39.6436111; 66.9291694
Vikipediya, erkin ensiklopediya

Madrasa

2018-yil sentabr oyida Panjob madrasasining koʻrinishi. Orqa fonda Panjob masjidining minorasi.
Koordinatalari 39/38/37/N/66/55/45/E
Joylashuv Shahar
Binokor Xo'ja Abdurayim
Turi Shia masxabi
Meʼmoriy uslubi O'rta Osiyo arab me'morchiligi
Ochilish sanasi 1889-yil
Xarita
Koordinatalari 39°38′37.00″N 66°55′45.01″E / 39.6436111°N 66.9291694°E / 39.6436111; 66.9291694
Madrasaning sharqiy tomondan ko'rinishi

Panjob madrasasi, shuningdek, panjiob variantini ham uchreatish mumkin - hozirda faoliyat ko'rsatmayotgan shia musulmon madrasasi Samarqand shahrida, Firdavsiy ko'chasida, 1889-yilda qurilgan. U Samarqandning sharqiy qismida, Panjob deb atalmish tarixiy-geografik shahar hududining markazida joylashgan boʻlib, u yerda Markaziy Osiyo eronliklarining katta diasporasi ixcham yashaydi, ular Samarqandning boshqa hududlarida ham, undan tashqarida ham yashaydilar. Panjob nomi fors va tojik tillaridan kelib chiqqan va besh suv yoki besh daryo ( panj - besh ob - suv / daryo) deb tarjima qilingan. Madrasa shia Juma masjidi Panjobga tutash joylashgan. Madrasadan bir necha metr sharqda xuddi shu nomdagi katta Eron shia qabristoni joylashgan. O'z davridagi sanoqli shia masjid-madrasalardan biri hisoblanadi.

Panjob madrasasi 1889-yilda mahalliy arxitektor va savdogar Xo‘ja Abdurayim tomonidan qurilgan. Madrasa qurilganidan to o'tgan asrning 1920-yillarigacha islomiy ilmlar bilan bir qatorda dunyoviy ilmlar ham o‘qitilgan. Xo'ja Abdurayim madrasa bilan bir vaqtda eski masjid oʻrniga Panjob masjidini ham qurdirdi. Shunday qilib, Xo'ja Abdurayim butun bir majmua qurib, uni Panjob deb atagan. Xuddi shu majmua Dovuti Panjob hamamini ham o'z ichiga olgan bo'lib, u ham Xo'ja Abdurayim tomonidan Eronning Mashhad, Nishopur, Isfahon, Sheroz, Yazd va Qum shaharlariga ziyoratdan qaytganidan keyin qurilgan. Bu majmuaning chizma va rejasini Mashhaddan olib keldi. Majmua choyxona va hauz bilan ham bezatilgan. Uzoq vaqt mobaynida qurilgan va o'z davridagi muhtasham masjid-madrasalaridan biriga aylangan

Madrasa fors uslubdagi bir qavatli bino bo‘lib, to‘rtburchak hovli atrofida ayvon va yotoqxonalar joylashgan. Madrasa ichkarisiga ko'plab daraxtlar o'tkazilgan hovli, hovli markazida hovuz va hovli markazida esa ulug‘ fors shoiri Firdavsiy haykali ham o‘rnatilgan.

Sovet davrida madrasa ishlamay, ayanchli ahvolga kelib qolgan. 1990-yillar boshida madrasa va masjid hukumatning saʼy-harakatlari bilan islomning shia mazhabiga eʼtiqod qiluvchi markaziy osiyolik eronliklarning mahalliy hamjamiyati tashabbusi bilan toʻliq tiklandi. Keyingi yillarda masjidda kichik restavratsiya ishlari ham olib borildi. Qayta tiklash ishlarida Erondan taklif etilgan ustalar ham ishtirok etishdi. Masjid tiklanishida mahalliy aholi ham qatnashgan. Keyinchalik, shia musulmonlariga topshirilgan.

Samarqandning boshqa meʼmoriy, arxeologik, diniy va madaniy yodgorliklari bilan birgalikda “Samarqand – madaniyatlar chorrahasi” nomi bilan YuNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

  • М. А. Якунин. Общины Средней Азии. Ташкент: Кутубхона, 2003 — 138-bet. 
  • Институт "Открытое Общество" — Фонд содействия — Узбекистан „Среднеазиатские иранцы“, . Этнический атлас Узбекистана, Институт "Открытое Общество" — Фонд содействия — Узбекистан, Ташкент, 2001 — 101—106-bet. ISBN 5-862800-10-7.