Kontent qismiga oʻtish

Panjob (viloyat)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Panjob – Pokistonning shimoliy-sharqiy qismidagi viloyat. Hind daryosining Chinob va boshqa irmoqlari havzasida. Maydoni 205,3 ming km². Aholisi 72,6 mln. kishi (1998). Maʼmuriy markazi – Lohur shahri Yer usti allyuviy jinslardan tuzilgan. Daryolar yozgi musson davrida toshib, oʻzanini oʻzgartirib turadi. Relyefi bir oz qiya, jarlar bor. Iqlimi quruq tropik iqlim. Oʻrtacha temperatura yanvarda 13—16°, mayniki 35°. Yillik yogʻin 150 mm.

Panjob – mamlakatning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan qismi. Xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi sugʻorma dehqonchilik. Mamlakat hududining 1/4 qismi, aholisining yarmidan ortigʻi Panjob hissasiga toʻgʻri keladi. Panjob Pokistonda yetishtirilayotgan bugʻdoy, sholi, paxta va shakarqamishning asosiy qismini, sanoat mahsulotining deyarli yarmisini beradi. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari – bugʻdoy, grem, bajra, sholi, jovar, makkajoʻxori, paxta, shakarqamish va moyli ekinlar. Chorvachilik bilan viloyatning shimoliy. va gʻarbiy rayonlarida shugʻullaniladi, asosan, qoʻy, echki boqiladi. Koʻmir, surma, toshtuz, tabiiy gaz, neft qazib chiqariladi. Layalpur va Moʻlton shaharlarida ip gazlama sanoatining nisbatan yirik korxonalari joylashgan. Oziq-ovqat, koʻnteri, mashinasozlik, metallsozlik, kimyo, qogʻoz, sement, paxta tozalash korxonalari bor. Hunarmandchiliqsa metall va sopoldan uy roʻzgʻor buyumlari, fil suyagidan badiiy buyumlar tayyorlanadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil