Kontent qismiga oʻtish

Oyim Kamolova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oyim Kamolova
Tavalludi 1931-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi mexanizator
Partiyasi KPSS
Unvoni
Mukofotlari

Oyim Kamolova (1931-yil, Amudaryo tumani, Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, Oʻzbekiston SSR) — sovet jamoat, davlat va siyosat arbobi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni[1][2].1994-yilda "Do‘stlik" ordeni sohibasi[3].

Oyim Kamolova 1931-yilda Amudaryo tumani Krupskaya nomidagi ovul sovetida tugʻilgan[1]. Millati oʻzbek. 1959-yilda KPSS aʼzoligiga qabul qilingan, maʼlumoti oʻrta. 8-sinfni tugatgach, mehnat faoliyatini 1947-yilda Krupskaya nomidagi (keyinchalik „Leninizm“) kolxozning paxta plantatsiyasida boshlagan. Kolxozda ish boshlaganidanoq komsomolchi Oyim Kamolova har kuni smenada 120—150 kilogrammdan paxta terib, staxanovchilarning yetakchisi boʻlgan. Kolxoz raisi Reyimboy Abdullayev uni hammaning koʻz oʻngida qizil roʻmol bilan taqdirlagan. 1959-yilda Amudaryo tumanidagi „Mangʻit“ sovxozida tashkil etilgan 5 oylik traktorchi-mexanizatorlar kursiga oʻqishga kiradi va uni 1959-yilning may oyida tugatadi[4]. Paxta terimini mexanizatsiyalash boshlanishi bilan Oyim Kamolova kolxozda birinchilardan boʻlib paxta terish mashinasini boshqarishni puxta egallaydi va tez orada komsomol-yoshlar zvenosiga rahbarlik qila boshlagan. Oyim Kamolovaning mexanizatsiyalashgan zevonosi oʻn yil davomida „oq oltin“ hosili terimini oshirib borishgan, Oyim Kamolova oʻzi tugʻilib oʻsgan kolxozda sotsialistik musobaqada doimo gʻolib boʻlgan, ilgʻor zveno nomi Amudaryo tumanidan (1957 yildan) tashqarida ham keng tanilgan. 1956-yilda yuqori hosil – gektariga 60 sentner paxta yetishtirgani uchun zvenochi Oyim Kamolova Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan[1].

SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1960-yil 7-martdagi Farmoni bilan Xalqaro xotin-qizlar kunining 50 yilligi munosabati bilan mehnatdagi va ayniqsa samarali jamiyat faoliyatidagi yuksak yutuqlari uchun Oyim Kamolova Lenin ordeni, Oʻroq va Bolgʻa oltin medali bilan Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvoni taqdirlangan[1].

1963-yil yanvar oyida hamqishloqlari Oyim Kamolovani oʻzi tugʻilib oʻsgan „Leninizm“ kolxoziga rais etib sayladilar, 1964-yilda beshta boshqa kolxozlar bilan birlashgandan soʻng Oyim Kamolova Amudaryo tumanidagi Krupskaya nomidagi yiriklashtirilgan kolxozga rahbarlik qilishni davom ettirgan. Kolxoz mehnatkashlari har yili Qoraqalpoq Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining boshqa paxtakor xoʻjaliklariga qaraganda koʻproq paxta hosili olganlar[1].

SSSR Oliy Sovetining 5, 9 va 10-chaqiriq (19581962, 19741984)[5][6][7], Oʻzbekiston SSR Oliy Sovetining 6—8-chaqiriq (19641975) deputati etib saylangan. KPSS XXII[2] va XXIV syezdlari delegati (1961, 1971)[1].

Lenin ordeni (03.07.1960), ikki marta Mehnat Qizil Bayroq ordeni (01.11.1957; 12.10.1973), medallar, shu jumladan „Mehnatda oʻrnak koʻrsatganlik uchun“ medali (03.01.1965) bilan taqdirlangan[1].