Omar Elabdellaoui
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Omar Elabdellaoui[1] | ||
Tavallud sanasi | 5-dekabr 1991-yil | ||
Tavallud joyi | Oslo, Norvegiya | ||
Boʻyi | 1.79 m[2] | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Sagene IF[3] | |||
Skeid | |||
2008—2011 | Manchester City | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2011—2013 | Manchester City | 0 | (0) |
2011 | → Strømsgodset (ijara) | 10 | (0) |
2012 | → Feyenoord (ijara) | 5 | (0) |
2013 | → Eintracht Braunschweig (ijara) | 14 | (0) |
2013—2014 | Eintracht Braunschweig | 29 | (1) |
2014—2020 | Olympiacos | 116 | (10) |
2017 | → Hull City (ijara) | 8 | (0) |
2020—2022 | Galatasaray | 17 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2008 | Norvegiya U17 | 8 | (1) |
2009—2010 | Norvegiya U19 | 11 | (1) |
2010—2013 | Norvegiya U21 | 13 | (1) |
2012—2013 | Norvegiya U23 | 1 | (1) |
2013- | Norvegiya[4] | 49 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (1-may uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (15-noyabr uchun) |
Omar Elabdellaoui (talaffuzi: Omar Elabdellaui; 1991-yil 5-dekabrda tugʻilgan) — norvegiyalik professional futbolchi, Norvegiya milliy futbol jamoasida oʻng qanot himoyachisi va oʻng qanot yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klublardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manchester City
[tahrir | manbasini tahrirlash]Norvegiyaning „Skeid“ klubida oʻynagach, 16 yoshida Angliyaning „Manchester City“ klubiga oʻtgan[5]. Scott Sellars, shaharning U18 jamoasi murabbiyi, 2010-yil yanvar oyida Norvegiya TV 2 telekanaliga bergan intervyusida Elabdellauining „katta kelajagi“ borligini aytdi[6]. Elabdellaui akademiyada ajoyib harakat qildi[7]. Biroq 2010-yil 16-dekabrda „City“ning Yuventus ga qarshi Yevropa Ligasi oʻyinida zaxira oʻrindigʻida oʻtirdi[8].
Strømsgodset
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yilning 31-martida Norvegiyaning „Strømsgodset“ klubiga ijaraga berildi. Strømsgodsetda „City“dagi jamoadoshlari Mohammed Abu va Razak Nuhu bilan oʻynadi[9]. 2011-yil 28-may kuni Fredrikstadga qarshi liga oʻyinida oyogʻini sindirib oldi va operatsiya uchun Manchesterga qaytdi[10]. 1-sentabr kuni Strømsgodsetga qaytdi va u yerda 2011—2012-yillgi mavsum oxirigacha jami 12 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi[11].
Feyenoord
[tahrir | manbasini tahrirlash]2012-yil iyun oyida Elabdellaui „City“ bilan ikki yillik shartnoma imzoladi va 2012—2013-yilgi mavsum uchun Gollandiyaning „Feyenoord“ klubiga ijaraga berildi[12][13].
Eintracht Braunschweig
[tahrir | manbasini tahrirlash]2013-yilning yanvarida Elabdellaui Germaniyaning „Eintracht Braunschweig“ klubiga 2012—2013-yilgi 2. Bundesliga mavsumining ikkinchi yarmi uchun ijaraga berildi[14]. Jamoasi bilan Bundesligaga koʻtarildi. 10-may kuni klub ijara shartnomasi doimiy tuzilganini eʼlon qildi[15].
2013-yilning 10-avgustida „Werder“ga qarshi oliy ligada debyut qildi[16]. Mavsumning dastlabki uchta oʻyinini oʻng qanot himoyachisi sifatida boshladi[17]. Hamburgga qarshi keyingi oʻyinda zaxirada oʻtirdi[18].
Olympiacos
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yilning 17-iyunida Gretsiyaning „Olympiacos“ klubi unga shartnoma taklif qildi[19]. Ertasi kuni klub bilan shartnoma imzoladi va klub aʼzosi boʻlishidan juda xursand ekanligini aytdi[20].
Hull Cityga ijara
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yil 20-yanvarda Elabdellaui „Hull City“ bilan ijara shartnomasi imzoladi. „Hull“ga mavsum oxirida shartnomani doimiy qilish imkoniyati berildi[21]. Ikki kundan soʻng „Chelsea“ga qarshi safarda debyut qildi[22].
Galatasaray
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Olympiacos“dan ketganidan soʻng Elabdellaui Turkiyaning „Galatasaray“ klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi[23][24][25].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Elabdellaui Norvegiya terma jamoasidagi debyutini 2006-yil 8-avgustda Polsha U15ga qarshi oʻyinda qilgan[26]. Elabdellaoui 15 yoshgacha boʻlganlar jamoasida yana bitta oʻyin oʻtkazdi. Keyinchalik 17 yoshgacha boʻlganlar jamoasida sakkizta oʻyinda bitta gol urdi. 18 yoshgacha boʻlganlar jamoasida oltita va 19 yoshgacha boʻlganlar jamoasida oʻn bir oʻyinda maydonga tushdi va bitta gol urdi[27].
Elabdellaui ilk bor Norvegiya terma jamoasiga 2013-yilning avgustida Shvetsiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyiniga chaqirilgan[26] va oʻsha oʻyinda debyut qilgan[28].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Elabdellaui kelib chiqishi marokashlik[29]. Mohammed Abdellaoue va Mustafo Abdellaouening amakivachchasi[30].
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klubda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1-may, 2022-yil[31]
Klub | Mavsum | Liga | Kubok | Yevropa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Strømsgodset (ijara) | 2011 | Eliteserien | 10 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 11 | 0 |
Feyenoord (ijara) | 2012—2013 | Eredivisie | 5 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 7 | 0 |
Eintracht Braunschweig (ijara) | 2012—2013 | 2. Bundesliga | 14 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 14 | 0 |
2013—2014 | Bundesliga | 29 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 30 | 1 | |
Jami | 43 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 44 | 1 | ||
Olympiacos | 2014—2015 | Gretsiya Superligasi | 24 | 1 | 0 | 0 | 8 | 0 | 32 | 1 |
2015—2016 | 20 | 2 | 2 | 0 | 7 | 0 | 29 | 2 | ||
2016—2017 | 2 | 0 | 1 | 1 | 1 | 0 | 4 | 1 | ||
2017—2018 | 19 | 1 | 2 | 0 | 6 | 0 | 27 | 1 | ||
2018—2019 | 23 | 5 | 0 | 0 | 8 | 0 | 31 | 5 | ||
2019—2020 | 28 | 1 | 3 | 0 | 16 | 0 | 47 | 1 | ||
Jami | 116 | 10 | 8 | 1 | 46 | 0 | 170 | 11 | ||
Hull City (ijara) | 2016—2017 | Premier League | 8 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 9 | 0 |
Galatasaray | 2020—2021 | Süper Lig | 10 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | 13 | 0 |
2021—2022 | 7 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 7 | 0 | ||
Jami | 17 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | 20 | 0 | ||
Jami faoliyati | 199 | 11 | 13 | 1 | 49 | 0 | 261 | 12 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 22-yanvar, 2021-yilgi holat boʻyicha.[31]
Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Norvegiya | 2013 | 6 | 0 |
2014 | 7 | 0 | |
2015 | 8 | 0 | |
2016 | 2 | 0 | |
2017 | 5 | 0 | |
2018 | 7 | 0 | |
2019 | 9 | 0 | |
2020 | 5 | 0 | |
Jami | 49 | 0 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olympiacos
- Gretsiya Superligasi: 2014—2015, 2015—2016, 2016—2017, 2019—2020[25][24]
Norvegiya U21
Individual
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gretsiya Superligasining eng yaxshi jamoasi: 2014—2015[33], 2018—2019[34], 2019—2020[35]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Elabdellaoui“. 21-yanvar 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-yanvar 2019-yil.
- ↑ „Hull City Player Profiles“. 2-may 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-aprel 2017-yil.
- ↑ Erlend Nesje. „Aldri før har det vært flere Oslo-gutter på landslaget“ (norvegcha). Aftenposten (14-noyabr 2014-yil). 1-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-aprel 2019-yil.
- ↑ Omar Elabdellaoui National-Football-Teams.com saytida
- ↑ „Disse 17 ungguttene lever proffdrømmen“ (no). vg.no. Verdens Gang (29-yanvar 2009-yil). 2012-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2012-yil.
- ↑ „City-trener hyller norsk unggutt“ (no). tv2.no. TV 2 (11-yanvar 2010-yil). 2014-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyun 2012-yil.
- ↑ „Enda et City-talent til Godset“ (no). dt.no. Drammens Tidende (31-mart 2011-yil). 2011-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2012-yil.
- ↑ „Ny norsk unggutt kan debutere for Manchester City“ (no). vg.no. Verdens Gang (14-dekabr 2010-yil). 2010-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2012-yil.
- ↑ „Godset henter enda et City-talent“ (no). dagbladet.no. Dagbladet (31-mart 2011-yil). 2011-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2012-yil.
- ↑ „Omar på vent“ (no). dt.no. Drammens Tidende (29-iyun 2011-yil). 2011-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2012-yil.
- ↑ „Omar Elabdellaoui“ (norvegcha). Strømsgodset IF official website. 2012-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyun 2012-yil.
- ↑ „Akkoord over komst Elabdellaoui naar Feyenoord“ (niderlandcha). FR 12 (20-iyun 2012-yil). 24-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-iyun 2012-yil.
- ↑ „Norsk unggutt takket ja til Manchester City“ (norvegcha). vg.no. Verdens Gang (16-iyun 2012-yil). 2013-yil 23-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyun 2012-yil.
- ↑ „Eintracht verpflichtet Omar Elabdellaoui“ (olmoncha). eintracht.com (19-yanvar 2013-yil). 22-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-yanvar 2013-yil.
- ↑ „Eintracht zieht Kaufoption“ (olmoncha). eintracht.com (10-may 2013-yil). 8-iyun 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-may 2013-yil.
- ↑ „Elabdellaoui debuterte i Bundesliga“ (norvegcha). Dagbladet. Norwegian News Agency (10-avgust 2013-yil). 25-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-sentabr 2013-yil.
- ↑ Larsen, Anders Bakkerud. „Føler jeg har mer å gå på“ (norvegcha). Nettavisen (25-avgust 2013-yil). 29-avgust 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-sentabr 2013-yil.
- ↑ Botnen, Sverre Olav. „– Vi er den lille pissklubben som aldri får gehør hos dommeren“ (norvegcha). TV 2 (31-avgust 2013-yil). 3-sentabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-sentabr 2013-yil.
- ↑ „Norsk landslagsback nærmer seg Olympiakos“ (norvegcha). NRK.no (17-iyun 2014-yil). 2014-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyun 2014-yil.
- ↑ „Elabdellaoui klar for Olympiakos“ (norvegcha). Dagbladet (18-iyun 2014-yil). 2014-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyun 2014-yil.
- ↑ „Omar Elabdellaoui: Hull City sign right-back on loan from Olympiakos“. BBC Sport. BBC (20-yanvar 2017-yil). 20-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-yanvar 2017-yil.
- ↑ „Chelsea 2–0 Hull City“. BBC Sport. BBC (22-yanvar 2017-yil). 22-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-yanvar 2017-yil.
- ↑ „Transfer Haberleri: Omar Elabdellaoui resmen Galatasaray'da“. NTVSpor.net. Qaraldi: 18-avgust 2020-yil.
- ↑ 24,0 24,1 „Galatasaray complete Omar Elabdellaoui transfer from Olympiacos“. Turkish Football (18-avgust 2020-yil).
- ↑ 25,0 25,1 „Galatasaray signs Norwegian right back Elabdellaoui on free transfer“. Daily Sabah (17-avgust 2020-yil).
- ↑ 26,0 26,1 Hoel, Yasmin Sunde. „- Johansen var stjernen, Elabdellaoui var best“ (norvegcha). NRK (12-avgust 2013-yil). 15-avgust 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-sentabr 2013-yil.
- ↑ „Omar Elabdellaoui's profile“ (no). fotball.no. Football Association of Norway. 2012-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyun 2012-yil.
- ↑ „Elabdellaoui høstet ros etter debuten“ (norvegcha). ABC Nyheter. Norwegian News Agency (14-avgust 2013-yil). 20-avgust 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-sentabr 2013-yil.
- ↑ „Disse 17 ungguttene lever proffdrømmen“ (no). vg.no. Verdens Gang (29-yanvar 2009-yil). 2012-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-iyun 2012-yil.
- ↑ „Hvem klemte fingrene da overgangsvinduet lukket?“ (no). dagbladet.no. Dagbladet (1-aprel 2011-yil). 2012-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyun 2012-yil.
- ↑ 31,0 31,1 Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedSW
- ↑ „Archived copy“. 24-yanvar 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-oktabr 2020-yil.
- ↑ „Βραβεία ΠΣΑΠ: "Τσόρι", Καλτσάς και Πετράκης οι κορυφαίοι“ (grekcha). ΤΑ ΝΕΑ (1-fevral 2016-yil). Qaraldi: 4-fevral 2022-yil.
- ↑ TEAM. „Βραβεία ΠΣΑΠ: Κορυφαίος ο Φορτούνης, στην καλύτερη ενδεκάδα πέντε "ερυθρόλευκοι"“ (grekcha). Fosonline.gr. Qaraldi: 4-fevral 2022-yil.
- ↑ „Super League Interwetten: Η καλύτερη ενδεκάδα της σεζόν 2019-20“ (grekcha). www.sport24.gr. Qaraldi: 4-fevral 2022-yil.