Omakase
Omakase (yaponcha: お任せ 任せる dan — „topshirish“) — „sizga ishonaman“ maʼnosini beruvchi yaponcha jumla[1].
Nutqda qoʻllanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu ibora sushi restoranlariga tashrif buyuruvchilar tomonidan qoʻllanadi va mijoz sushi tanlashni oshpazning ixtiyoriga qoldirishini bildiradi[2]. Oshpaz odatda yengilroq taomlardan boshlab, ogʻirroqlarigacha boʻlgan bir qator taomlarni taqdim etadi[3]. Bu ibora faqatgina guruchli va xom baliqdan tayyorlangan sushiga tegishli emas. U gril, qaynatish yoki boshqa pishirish usullarini oʻz ichiga olgan boʻlishi mumkin[4].
Xususiyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Omakase uslubi uchun buyurtma bergan mijozlar oshpazdan taom tanlashga oʻzgacha yondashishi va tayyor ovqatning hayratlanarli boʻlishini kutishadi, bunday taomni sanʼat asari bilan taqqoslash mumkin[5]. Omakase buyurtma qilish baʼzida qimor oʻyiniga aylanib ketadi, bunda mijoz eng yaxshi sifatga ega baliq tatib koʻradi va menyudan taom buyurtma qilgandan koʻra arzonroqqa tushadi[6].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „お任せの英語・英訳 - 英和辞典・和英辞典 Weblio辞書“ (ja). Weblio. 2021-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-may 2016-yil.
- ↑ Trevor Corson. The Zen of Fish, HarperCollins, New York, 2007 — 318–319-bet. ISBN 978-0-06-088350-8.
- ↑ Corson, p. 77.
- ↑ Corson, pp. 98, 113.
- ↑ Corson, pp. 102, 288.
- ↑ Sasha Issenberg. The Sushi Economy: Globalization and the Making of a Modern Delicacy. New York: Gotham Books, 2007. ISBN 978-1-59240-294-6.