Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchixonasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Oʻzbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi
Map
Akkreditatsiya qilingan mamlakat Oʻzbekiston
Mezbon mamlakat Ukraina
Manzili Ukraina bayrogʻi Ukraina , 03150, m. Kiyev, Volodymirska koʻchasi 16-uy
Elchi Alisher Kurmanov
Sayt Elchixona veb sayti


Oʻzbekiston Respublikasining Kiyevdagi elchixonasi Oʻzbekistonning Ukrainadagi rasmiy diplomatik vakolatxonasi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi va Ukraina oʻrtasidagi munosabatlarni saqlash va rivojlantirish uchun masʼuldir.

Elchixona tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ukraina va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida diplomatik munosabatlar 1992-yil 14-avgustda oʻrnatilgan boʻlsa-da, 1991-yil 28-oktabrda Davlatlararo munosabatlar, doʻstlik va hamkorlik asoslari toʻgʻrisidagi shartnoma hamda ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida maslahatlashuvlar oʻtkazish toʻgʻrisidagi protokol imzolangan. Ukrainaning Oʻzbekistondagi elchixonasi Toshkentda 1993-yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchixonasi Kiyevda 1995-yilning aprel oyidan beri faoliyat koʻrsatmoqda.

Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchilari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Alisher Aʼzamxoʻjayev (1995—1998)
  2. Shomansur Shohalilov (1998—2002)
  3. Ravshanbek Olimov (2003—2006)
  4. Ilhom Haydarov (2006—2009)
  5. Botir Yusupov (2009—2012)
  6. Alisher Abdualiyev (2012—2019)
  7. Bahodir Ibrohimov (2019—2020)
  8. Alisher Kurmanov (2020-yildan hozirgacha)[1]