Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan chorvador
Qiyofa
(Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan chorvadordan yoʻnaltirildi)
„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan chorvador“ faxriy unvoni | ||
---|---|---|
| ||
Mamlakat | Oʻzbekiston | |
Turi | faxriy unvon | |
Kimga topshiriladi | Oʻzbekiston fuqarolariga | |
Taqdirlash asosi | xoʻjaliklarning, shuningdek oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va zooveterinariya muassasalarining, loyiha tashkilotlarining chorvachilikni rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan xodimlariga | |
Holati | topshiriladi | |
Statistika | ||
Taʼsis sanasi | 1996-yil 26-aprel. |
„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan chorvador“ faxriy unvoni — jamoa, aksiyadorlik, dehqon, ijara, shaxsiy va boshqa turdagi xoʻjaliklarning, shuningdek oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot va zooveterinariya muassasalarining, loyiha tashkilotlarining chorvachilikni rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan xodimlariga beriladi[1][2][3][4].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
- Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida chorvachilik fermasi fonida oʻtlab yurgan qoʻy podasi va otliq choʻpon, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab „XIZMAT KOʻRSATGAN CHORVADOR“ degan yozuv joy olgan.
- Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq.
- Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini taʼsis etish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi qonuni, 26.04.1996-yildagi 226-I-son
- ↑ Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.08.2021
- ↑ Davlat mukofoti sovrindorlari eʼlon qilindi (toʻliq roʻyxat)
- ↑ Davlat mukofoti sovrindorlari eʼlon qilindi (toʻliq roʻyxat)