Kontent qismiga oʻtish

Nikolay Bloxin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nikolay Nikolayevich Bloxin (1912-yil, 21-aprel, Nijniy Novgorod gubernyasi Lukoyanov shahri — 1993-yil,16-may) — xirurgonkolog, akademik. (1979), Tibbiyot Fanlar akademiyasi akademik (1960) va prezidenti (1960-1968, 1977- 1987), 1952-yildan oʻzi tashkil etgan Tibbiyot Fanlar akademiyasi eksperimental va klinik onkologiya instituti direktori; onkologiya ilmiy markazi direktori (1975-yildan). Ilmiy ishlari toʻgʻri ichak va meʼda rakini plastik operatsiya qilish va jarrohlik yoʻli bilan davolash usullariga bagʻishlangan. Xalqaro rakka qarshi uyushma prezidenti (1966-yildan), shu uyushmaning faxriy prezidenti (1970-yildan)[1].

  1. "Bloxin Nikolay Nikolayevich" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil