Negiz
Negiz — soʻzning shaklini hosil qilish uchun asos boʻlib xizmat qiladigan til birligi; soʻzning "oʻzak yasovchi qoʻshimcha" shaklidagi qismi (ish — oʻzak, chi — soʻz yasovchi qoʻshimcha, demak: ishchi — negiz), undan keyin qoʻshiladigan qoʻshimchalar soʻzning grammatik shaklini hosil qiladi. N.ning hosil boʻlishi yangi lugʻaviy birlik bilan aloqador. Oʻzbek tilida qoʻshimchalar oʻzakdan keyin qoʻshiladigan xususiyatga ega boʻlganligidan, N. asosan "oʻzak yasovchi qoʻshimcha" shak-lida boʻladi, lekin boshqa tillardan kirgan old qoʻshimchalar mavjudligi va bu qoʻshimchalarning soʻz yasovchilarga mansubligi N.ning "old qoʻshimcha oʻzak" (badavlat), shuningdek, "old qoʻshimcha oʻzak yasovchi" (notinch) shakllari ham borligini koʻrsatadi. Demak, N. morfemalarning qoʻshilishidan hosil boʻladi, yaʼni qoʻshimcha or-qali oʻzakdan N. yaratiladi yoki bir N.dan boshqa N. hosil qilinadi (Mas, temirchilik soʻzida temir chi = birlamchi N., temirchi lik ikkilamchi N. N. va yasama soʻz tushunchalari oʻzaro aloqador, lekin boshqa-boshqa hodisalardir. Baʼzi adabiyotlarda asos, oʻzak-negiz terminlari ham N. soʻzining si-nonimi sifatida qoʻllanadi.
Nemat Mahkamov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |