Kontent qismiga oʻtish

Nasdaq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rasmiy logosi

NASDAQ fond birjasi yoki NASDAQ  bu Amerika fond birjasidir. Bu nom National Association of Securities and Dealers Automated Quotations toʻliq nomining qisqartmasidan olingan. AQShdagi eng yirik elektron birja hisoblanadi. NASDAQda 3700 ga yaqin kompaniya roʻyxatga olingan boʻlib, bu uni dunyodagi eng yirik savdo birjasi deb hisoblashga asos boʻladi.

NASDAQ indekslari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

NASDAQda faqatgina yuqori texnologiyali kompaniyalar aksiyalari kotirovka qilinmaydi, shu sababli butun boshli indekslar tizimi paydo boʻlgan, ularning har biri iqtisodiyotning tegishli sektoridagi vaziyatni aks ettiradi. Hozirda NASDAQ elektron tizimida sotiladigan qimmatli qogʻozlarning kotirovkalariga asoslangan bunday indekslar oʻn uchtadir.

Nasdaq Composite

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nasdaq Composite Indeksi NASDAQ fond birjasida joylashgan barcha kompaniyalarning aksiyalarini oʻz ichiga oladi (jami 5000 dan ortiq). Bozor qiymati quyidagicha hisoblanadi: kompaniya aksiyalarining umumiy soni bir aksiyaning joriy bozor qiymatiga koʻpaytiriladi.[1]

Nasdaq-100 aksiyalari NASDAQ fond birjasida sotiladigan, kapitallashuvi boʻyicha 100 ta eng yirik kompaniyalarni oʻz ichiga oladi. Moliyaviy sektordagi kompaniyalar bu indeksga kirmaydi.[2] 2021-yil holatiga koʻra, Nasdaq-100 ning 57 foizini texnologik kompaniyalar tashkil qiladi.[3] Nasdaq birjasida QQQ tiker belgisi ostidagi fond Nasdaq-100 dinamikasini yuqori aniqlikda takrorlaydi.[4][5]

NASDAQning boshqa indekslari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • NASDAQ Bank Index — bank sektoridagi kompaniyalar uchun
  • NASDAQ Biotechnology Index — tibbiyot va farmatsevtika kompaniyalari uchun
  • NASDAQ Computer Index — kompyuterlar uchun dasturiy taʼminot va apparat vositalarini ishlab chiquvchi kompaniyalar uchun
  • NASDAQ Financial Index — moliya sektoridagi kompaniyalar uchun, banklar va sugʻurta kompaniyalari bundan mustasno
  • NASDAQ Industrial Index — sanoat kompaniyalari uchun
  • NASDAQ Insurance Index — sugʻurta kompaniyalari uchun
  • NASDAQ Telecommunications Index — telekommunikatsiya kompaniyalari uchun.
  1. „Index Metology Nasdaq Composite“. indexes.nasdaqomx.com. Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
  2. „Five facts about the Nasdaq 100 index“. morningstar.com.au. Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
  3. „Best Nasdaq 100 Brokers Guide“. comparebrokers.co. Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
  4. „Invesco QQQ Trust, Series 1“. nasdaq.com. Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.
  5. „Q: Why Did QQQQ drop a Q to Become QQQ?“. wsj.com. Qaraldi: 2022-yil 6-yanvar.