Muzaffargarh
Muzaffargarh urdu: مظفر گڑھ | |
---|---|
Shahar | |
30°4′10″N 71°11′39″E / 30.06944°N 71.19417°E | |
Mamlakat | Pokiston |
Viloyat | Panjob |
Tuman | Muzaffargarh |
Asos solingan | Navob Muzaffarxon Sadozai |
Maydon | 8,435[1] km2 (3,257 kv mi) |
Metr | 123 m |
Aholisi (2023[2]) |
235 541 |
Vaqt mintaqasi | UTC 5:00 |
Telefon kodi | 066 |
Pochta indeks(lar)i | 24200 |
Muzaffargarh (urdu: مظفر گڑھ) – Pokistonning Panjob viloyatidagi shahar. Chinob daryosi boʻyida joylashgan, Muzaffargarh tumani maʼmuriy markazi. Aholi soni boʻyicha Pokistonning 39-eng yirik shahri.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hind vodiysi tamadduni davrida Muzaffargarh mintaqasi qishloq xoʻjaligi va oʻrmon hududi boʻlgan. Vedalar davriga kelib Panjob viloyatiga Hind-oriy madaniyati kirib kelgan. Vaqt oʻtishi bilan ushbu qadimiy shahar va atrofidagi hudud bir qancha tamaddunlar – kambojalar, daradalar, kekayalar, madralar, pauravalar, yaudheyalar, malavalar hamda kurular markaziga aylangan.
Miloddan avvalgi 331-yilda Ahamoniylar davlatining qulashi ortidan hozirgi Panjob viloyati hududiga 50 ming kishilik armiyasi bilan Aleksandr yurish qilgan. Turli davrlarda Muzaffargarh hududi Maurya imperiyasi, Hind-yunon podsholigi, Kushon podsholigi, Guptalar davlati, Oq hunlar, Eftaliylar, Turkshohiylar hamda Hindshohiylar tomonidan boshqarilgan.
Milodiy 997-yil Gʻaznaviylar davlatida hokimyatni oʻz qoʻliga olgan Sulton Mahmud Gʻaznaviy 1005-yilda Kobuldagi Shohiylarni zabt etadi va Panjob viloyati ustidan nazorat oʻrnatadi. Keyinchalik ushbu hudud Dehli sultonligi va Boburiylar davlati hukmronligiga oʻtgan. Boburiylar davrida bu hududga missioner soʻfilar kelishi bilan asosan musulmon aholisi shakllangan. Ularning dargohlari haligacha bu hududda mavjud.
Boburiylar davlati tanazzuli ortida sikhlar Muzaffargarh tumanini zabt etgan. 1848-yilda esa Britaniya hukmronligiga oʻtgan.
Shaharga asos solinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1794-yil Moʻlton hokimi Navob Muzaffarxon Muzaffargarh shahriga asos solgan[3]. Muzaffargarh soʻzi „Muzaffar qal’asi“ degan maʼnoni bildiradi, chunki tarixiy tuman hokim qurdirgan qal’a devorlari ichida joylashgan. 1864-yil Muzaffargarh tumani markaziga aylanadi[4].
Bu joy Kala Pani (Qora suv) deb ham ataladi, chunki u Hind va Chinob daryolari orasida joylashgan. Britaniya davrida koʻpriklar qurilib, atrof hududlar bilan bogʻlangan.
1947-yildagi mustaqillik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pokiston mustaqillik harakati davrida musulmon aholi Musulmon ligasi va Pokiston harakatini qoʻllab-quvvatlagan. 1947-yil Pokiston mustaqillikka erishgach, kam sonli hindlar va sikhlar Hindistonga koʻchib oʻtgan, hindistonlik musulmon qochqinlar esa Muzaffargarhga joylashgan.
Geografiyasi va iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muzaffargarh | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Klimatogramma | ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Muzaffargarh maydoni 8,249 km2 (3,185 kv mi) va sharqda Chinob daryosi, gʻarbda Hind daryosi orasida chiziqqa oʻxshash hududni tashkil qiladi. Dengiz sathida 123 metr (404 ft) balandlikda[5]. Ikki daryo orasida joylashgani tufayli Muzaffargarh 2010-yilgi toshqinlarda katta zarar koʻrgan[6]. Shahar deyarli Pokistonning geografik markazida joylashgan[manba kerak]. Eng yaqin yirik shahar – Moʻlton. Shahar atrofi tekis allyuvial tekisliklardan iborat boʻlib, sitrus mevalar va mango bogʻlari uchun juda mosdir[manba kerak]. Tumandagi fermalarni suv bilan taʼminlaydigan sugʻorish kanallari ham bor[manba kerak]. Musson mavsumida Chinob daryosiga yaqin hududlarda suv toshqinlari boʻladi[manba kerak].
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muzaffargarh arid iqlimga ega boʻlib, yoz juda issiq va qish yumshoq oʻtadi. Shahar Pokistondagi eng ekstremal ob-havosi kuzatilgan hududlardan biridir. Eng yuqori harorat taxminan 54 °C (129 °F), eng past harorat esa −1 °C (30 °F) boʻlgan. Oʻrtacha yogʻingarchilik miqdori taxminan 127 millimetr (5.0 in) tashkil etadi. Shahar hududida chang boʻronlari tez-tez kuzatiladi.
Madaniy meros obyektlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Tohirxon Nahar maqbarasi
- Shayx Sadon shahid maqbarasi
Transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muzaffargarh bir necha turdagi transport vositalari yordamida boshqa shaharlar bilan bogʻlangan.
Avtomobil yoʻli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar tumanning qolgan qismi bilan umumiy uzunligi 983.69 km (611.24 mi) boʻlgan asfaltlangan yoʻl bilan bogʻlangan. Moʻltonga avtobuslar tez-tez qatnaydi, chunki ular bir-biriga yaqin joylashgan[manba kerak]. Uzoq manzillarga qatnaydigan avtobuslar ham bor. N-70 milliy avtomagistrali shaharni Pokistonning qolgan qismi bilan bogʻlaydi. Ushbu avtomagistral orqali Islomobod, Faysalobod, Karachi, Lohur va Baxavalpurga toʻgʻridan-toʻgʻri borish mumkin.
Temir yoʻl
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muzaffargarh Pokistonning barcha qismlari bilan temir yoʻl orqali bogʻlangan, chunki u Moʻlton, Miyonavali va Attok oʻrtasidagi tarmoqli yoʻl boʻyida joylashgan. Peshovar-Karachi asosiy temir yoʻl liniyasi Moʻlton tumani orqali oʻtadi.
Kanallari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muzaffargarhda ikkita – Muzaffargarh va Ganesh Wah sugʻorish kanali bor.
Elektr stansiyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muzaffargarh AES
[tahrir | manbasini tahrirlash]The Wall Street Journal maʼlumotlariga koʻra, Pokiston Atom energiyasi komissiyasi (PAEC) Muzaffargarhda uchta yadro reaktorini oʻrnatishni rejalashtirgan[7]. Muzaffargarh AES 1100 megavatt quvvatga ega boʻladi[8].
Muzaffargarh IES
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muzaffargarhda 1350 MVt quvvat ishlab chiqaruvchi 3 ta elektr blogi mavjud. Elektr stansiyasi yoqilgʻi asosida ishlaydi, biroq Rossiya kompaniyasi termal bloklarni ishga tushirish uchun import qilingan koʻmir yetkazib berish boʻyicha kelishuv imzolagan. Dastlab, elektr stansiyasini modernizatsiya qilish Xitoy—Pokiston iqtisodiy yoʻlagi loyihalariga kiritilgan edi, ammo 2017-yilda Xitoy nomaʼlum sabablarga koʻra uni kelishuvdan chiqarib tashladi. Elektr stansiya shaharning asosiy markazidan taxminan 11 km (6,8 mil) uzoqlikda joylashgan.
Diqqatga sazovor joylari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fayyoz parki
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fayyoz parki Muzaffargarhning markazida joylashgan va shahardagi yagona park hisoblanadi. Park shaharning sobiq hokimi Fayyoz Bashir sharafiga nomlangan. Yaqinda park oilaviy hordiq chiqarish uchun yangilangan va foydalanishga tayyor holga keltirilgan. Fayyoz parki Katchehry Chowk yaqinida, Milliy Bank shahar filialining yonida joylashgan. Park joylashgan hudud ilgari hokimning rezidensiyasi boʻlgan[9].
Mashhur kishilari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Navob Muzaffarxon, Muzaffargarh asoschisi
- Sardor Kaurexon Jatoi, Ijtimoiy xizmatlari bilan tanilgan shaxs
- Mushtaq Ahmed Gurmaniy, Gʻarbiy Pokistonning sobiq rahbari
- Navobzoda Nasrulloxon, Pokistonning taniqli siyosiy arbobi
- Hina Rabboniy Xor, sobiq TIV va Pokistonning birinchi ayol tashqi ishlar vaziri
- Gʻulom Mustafo Xor, Panjobning sobiq hokimi va bosh vaziri
- Gʻulomnur Rabboniy Xor, siyosatchi
- Sulton Mehmud, siyosatchi
- Jamshed Dasti, siyosatchi
- Azhar Husayn, kurashchi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Area“. 2006-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Punjab (Pakistan): Province and Major Cities, Municipalities & Towns“. Punjab (Pakistan): Province and Major Cities, Municipalities & Towns. Citypopulation.de. Qaraldi: 2020-yil 4-may.
- ↑ Cotton, James Sutherland; Burn, Sir Richard; Meyer, Sir William Stevenson. Imperial Gazetteer of India ... (en). Clarendon Press, 1908.
- ↑ District Profile: Southern Punjab- Muzaffargarh
- ↑ „Punjab eGazetteer | Muzaffargarh“. gazetteers.punjab.gov.pk. Qaraldi: 2022-yil 29-aprel.
- ↑ „Muzaffargarh, Pakistan: Caught between two rivers – Oxfam International Blogs“.
- ↑ Shah, Saeed „Pakistan in Talks to Acquire 3 Nuclear Plants From China“ (2014-yil 20-yanvar).
- ↑ „Asia News Network“. 2014-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Fayyaz Park“. 2018-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Muzaffargarh haqida turkum mavjud |