Musiqa asari
Qiyofa
Musiqa asari yoki musiqiy asar — kompozitor yoki bastakor tomonidan yaratilgan musiqiy kompozitsiya[1][2].
Raqamlash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ayrim musiqa asarlarining tartiblanishi raqamlar bilan koʻrsatiladi va bu odatda lotincha opus (qisqartirilgan holda op.) soʻzi bilan ifodalanadi. Har bir kompozitor yoki bastakor oʻz asarlarini yaratilish tartibiga koʻra izchil raqamlab boradi. Biroq, baʼzi hollarda faqat nashr etilgan asarlargina raqamlab boriladi, bu esa ularning yaratilish tartibiga emas, balki nashr etilish tartibiga mos keladi. Baʼzan, bir turkumdagi bir necha asar ular soni qancha boʻlishidan qatʼiy nazar bitta raqam bilan ifodalanadi. Bu usul odatda kichik hajmdagi musiqa asarlariga nisbatan qoʻllanadi[1][2].
Turlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 I. A. Akbarov. Музика луғати. Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1987.
- ↑ 2,0 2,1 I. A. Akbarov. Мусиқа луғати. Toshkent: Oʻqituvchi nashriyoti, 1997 — 384-bet. ISBN 5-645-02422-2.