Kontent qismiga oʻtish

Mukurra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mukurra — Nil daryosi vodiysida (Nubiyada) joylashgan kad. davlat (hozirgi Sudan hududi)(milodiy 6 — 7 — 16-asrlar). Poytaxti — Eski Dongola. Aholisi — nobatlar, ular 569 — 570 yillarda xristianlikni qabul qilishgan. 7-asrning boshida Nabateya davlati bilan birlashib, Nubiya davlati tuzilgan. Arablar 652 yilda M.ni bosib olib, ularga oʻlpon (yiliga 360 tadan qul yetkazib berish) solishgan. Musulmonlarning kirib kelishi, mamluklarning qaytaqayta hujumi (13-asr), arablar hukmronligining kuchayishi natijasida islom dini keng tarqalgan. M. 12-asrda chorva, temir va kul savdosi tufayli gullab-yashnagan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil