Muhammad ibn al-Qosim
Muhammad ibn al-Qosim Muhammad ibn al-Qosim | |
---|---|
محمد بن القاسم | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
31-dekabr 695-yil Toif, Hijoz, Umaviylar xalifaligi (hozirgi Saudiya Arabistoni) |
Vafoti |
18-iyul 715-yil (19 yoshda) Mosul, Umaviylar xalifaligi (hozirgi Iroq) |
Turmush oʻrtogʻi | Zaynab (Hajjoj Ibn Yusufning qizi) |
Munosabatlari | Sulb, al-Hajjaj (akasi) |
Onasi | Habibat al-Uzma |
Otasi | al-Qosim ibn Muhammad ibn al-Hakam |
Harbiy xizmatlari | |
Taxallus(lar)i | فاتح سندھ |
Muhammad ibn al-Qosim as-Saqofiy (arabcha: محمد بن القاسم الثقفي; 31-dekabr 695-yil – 18-iyul 715-yil) – Umaviylar xalifaligida xizmat qilgan arab harbiy qoʻmondoni. Sindni (shuningdek, qadimgi Sindning bir qismi hisoblangan Panjobni) musulmonlar tomonidan zabt etilishiga boshchilik qilgan va shu tariqa Umaviylarning Hindistonga yurishlarini boshlagan. Uning harbiy yurishlari ortidan islomiy Sind viloyatining barpo etilishiga va mintaqaning Sind Brahmanlar sulolasi va uning hukmdori Raja Dahirdan tortib olinishiga olib keldi. Keyinchalik boshi kesilgan holda Basradagi al-Hajjoj ibn Yusufga yuborildi. Arab kuchlari tomonidan oʻsha paytdagi poytaxt Arorning zabt etilishi bilan Muhammad ibn al-Qosim Hindiston yerlarini muvaffaqiyatli egallagan birinchi musulmon boʻldi. Bu voqea Janubiy Osiyoda musulmonlar hukmronligining boshlanishini belgiladi.
Muhammad ibn al-Qosim gʻarbiy Arabistondagi Toif shahri atrofida joylashgan arab qabilasi – Banu Saqif qabilasidan boʻlgan. Musulmonlar Fors yerlarini zabt etgach, u amakisi Muhammad ibn Yusuf as-Saqofiyning oʻrniga Fors viloyatining hokimi etib tayinlandi. 708-yildan 711-yilgacha Muhammad ibn al-Qosim Sindni bosib olish harbiy yurishiga boshchilik qildi. U butun mintaqada islom hukmronligini oʻrnatdi va 712-yildan to 715-yilda vafot etgunicha Sind viloyatining hokimi boʻlib xizmat qildi. Moʻltonni bor zabt etgach, Arabistonga qaytdi. Yoʻlda, hozirgi Iroq hududidagi Mosul shahrida vafot etdi. Biroq, baʼzi manbalarda uning jasadi Balujistondagi yarim choʻl sohil mintaqasi boʻlmish Makronda dafn etilganini qayd etilgan.
Al-Qosim haqida turli manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻrta asr arab manbalarida Muhammad ibn al-Qosim va Sindning arablar tomonidan bosib olinishi haqidagi maʼlumotlar, hozirgi zamon musulmonlarining Movarounnahrni bosib olishi bilan taqqoslaganda, ancha cheklangan hisoblanadi[1]. Al-Balozuriyning „Futuh ul-buldon“ („Yerlarni fath etish“) asarida Sindning zabt etilishi va al-Qosim haqida bir necha sahifa mavjud. Al-Qosimning Sindni fath etishi va uning vafoti haqidagi batafsil maʼlumot XIII asrga oid forscha „Chach Nama“ asarida keltirilgan. „Chach Nama“ dagi maʼlumotlar goʻyoki VIII asrda Sindni fath etgan arab askarlarining avlodlari – Aror va Bhakar shaharlaridan boʻlgan qozilar va imomlardan olingan. Ular oʻzlarini Muhammadning Banu Saqif qabilasidan ekanligini daʼvo qilishgan[1]. Sharqshunos Francesco Gabrieli bu hikoyalar taxminan 1000-yildan soʻng paydo boʻlgan deb hisoblaydi va „Chach Nama“ ni „tarixiy roman“ hamda al-Qosim haqidagi maʼlumotlar uchun „ishonchsiz manba“ deb baholaydi[2].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Baloch, Nabi Bakhsh (October 1953). "Muhammad ibn al-Qasim: A Study of His Family Background and Personality". Islamic Culture 27 (4): 242–271.
- Gabrieli, Francesco (September–December 1965). "Muḥammad ibn Qāsim ath-Thaqafī and the Arab Conquest of Sind". East and West 15 (3): 281–295.
- Friedmann, Y. (1993). "Muḥammad b. al-Ḳāsim". in Bosworth, C. E.. Encyclopaedia of Islam. Volume VII: Mif–Naz (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. 405–406 b. ISBN 978-90-04-09419-2. https://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=Muḥammad b. al-Ḳāsim&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&search-go=Search.
- Gier, Nicholas F. (2014), „From Mongols to Mughals : Hindu–Muslim relations in medieval India“, The Origins of Religious Violence: An Asian Perspective, Lexington Books, ISBN 978-0-7391-9223-8
- Nicholas F. Gier, From Mongols to Mughals: Religious violence in India 9th-18th centuries, Presented at the Pacific Northwest Regional Meeting American Academy of Religion, Gonzaga University, May 2006.
- Lane-Poole, Stanley Medieval India under Mohammedan Rule, 712-1764, G. P. Putnam’s Sons. New York, 1970
- Lecker, M. (2000). "Thakīf". in Bearman, P. J.. Encyclopaedia of Islam. Volume X: T–U (2nd nashri). Leiden: E. J. Brill. p. 432. ISBN 978-90-04-11211-7. https://referenceworks.brillonline.com/search?s.q=Thakīf&s.f.s2_parent=s.f.book.encyclopaedia-of-islam-2&search-go=Search.
- Schimmel, Annemarie, Islam in the Indian Subcontinent, Brill Academic Publishers, Jan 1, 1980, ISBN 90-04-06117-7
- Appleby, R Scott & Martin E Marty, Fundamentalisms Comprehended, University of Chicago Press, May 1, 2004, ISBN 0-226-50888-9
- Wink, André (1996) [first published 1990], Al-Hind: The Making of the Indo-Islamic World, Vol 1: Early Medieval India and the Expansion of Islam (Third-nashr), Brill, ISBN 0391041738
- Wink, André (2002) [first published 1990], Al-Hind: The Making of the Indo-Islamic World, Vol 1: Early Medieval India and the Expansion of Islam, Brill, ISBN 9780391041738
- Keay, John, India: A History, Grove Press, May 1, 2001, ISBN 0-8021-3797-0
- MacLean, Derryl N. (1989), Religion and Society in Arab Sind, BRILL, ISBN 90-04-08551-3
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Gabrieli 1965, s. 281.
- ↑ Gabrieli 1965, ss. 281–282.
- 31-dekabrda tugʻilganlar
- 695-yilda tugʻilganlar
- 18-iyulda vafot etganlar
- 715-yilda vafot etganlar
- 8-asr arab kishilari
- Umaviylar xalifaligining 8-asrdagi qatllari
- Banu Saqif
- Chach Nama
- Umaviylar xalifaligi qoʻmondonlari
- Pokiston musulmonlari
- Arab musulmonlari
- Pokistonda islom tarixi
- Sind tarixi
- Umaviylar Sind rahbarlari
- Qiynoq qurbonlari
- Shahar asoschilari
- Hinduizm va islom