Kontent qismiga oʻtish

Modest Musorgskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Modest Petrovich Musorgskiy [1839.9(21).3, Pskov viloyati, Karevo qishlogʻi — 1881.16(28).3, Peterburg] — rus kompozitori. "Qudratli tuda" guruhi aʼzosi. Ijodiy izlanishlari markazida opera janri turadi. "Boris Godunov" (1869) va "Xovanshchina" (N. Rimskiy- Korsakov tomonidan yozib tugallangan) opera ("xalq musiqali drama")lari rus re-alistik musiqasining durdonalariga aylangan. Mazkur asarlarida M. xalq hayoti, orzu-umidlarini haqqoniy aks ettirib, xalq, ayniqsa, ogʻzaki nutq ohanglaridan ijodiy foydalangan. Kishilarning jonli obrazlarini kichik dramatik sahna tarzida yaratgan romanslarida tasvirlar ekan, hayotning ziddiyatli ijtimoiy mavzulariga murojaat etgan ("Kallis-trat", "Yetimcha", "Rayok" va boshqalar). "Sorochinsk yarmarkasi" operasi, "Koʻrgazmadagi rasmlar" fortepiano turkumi, "Oftobsiz", "Ajal qoʻshiq va raqslari", "Bolalik" vokal turkumlari ma-shhur. Oʻzbekistonda "Boris Godunov" operasi, ayrim simfonik va kamer (cho-lgʻu, vokal) asarlari muntazam ijro etilmoqda.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil